Образование и инновационные исследования (2022 год №7)
ISSN 2181-1717 (E)
259
http://interscience.uz
ahamiyati, barcha rakurslarda (foto, televidenie, kompyuter va boshqa vositalar yordamida),
balanddan kuzatish imkoniyati, o‘ziga jalb qilishi – voqea, hodisa, qiziqarli dalil va misollar,
qiziqarli axborot, afsona hamda unutilmas me’moriy-badiiy obraz talqiniga ega bo‘lishi,
estetik xususiyat va emotsional ta’sir kuchiga egaligi kabilar hisobga olindi.
O’quvchilarida kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda modulli, dasturlashtirish, klaster,
insayt, “breynstormingli”, “girlyanda”, “virtual ekskursiya”
metodi kabilar ham muhim
o’rin tutadi. Bu xil metodlar qo’llanilganida eksklyuziv yangilik, tugallanmaganlik, ijodiy
davom qildirish, relaksatsiya, to’satdan o’zaro interv`yu olish, kutilmagan so’rov kabi
psixologik-pedagogik ta’sirdan oqilona foydalaniladi. O’zbekiston qadimiy me’morchilik
yodgorliklariga (foto-kino-tele – komp`yuter vositasida) “Virtual ekskursiya” uyushtirishda
quyidagi o’quv-biluv bosqichlari ketma-ketligiga rioya qilinadi.
Virtual metod asosida o’quv materialini bayon qilish jarayonida quyidagilarga e’tibor
qaratiladi:
me’moriy yodgorlikning funktsiyaviy vazifasining
nimalardan iborat ekanligi;
inshootning maqsadi inshoot qurilgan davrning tarixi va madaniyati;
yodgorlik tarixi haqida ma’lumot berish; yodgorlikning umumiy me’moriy, badiiy
qiyofasini
tavsiflash;
o’quvchilarning ushbu qadimiy me’morchilik san’atini emotsional-hissiy (ixtiyoriy)
badiiy-tahliliy, algoritmlashgan, estetik (yo’nalgan) idrok qilishi;
o’quvchilarni
yodgorlik milliy boylik, jahon merosi ekanligi to’g’risida mulohaza
yuritishga yo’naltirish[7].
Yuqori sinfda o‘quvchisining o‘z intellektual-ijodiy mahsuloti ijtimoiylashuvini
mustaqil baholay bilishi, unda kreativlik qobiliyati rivojlanganini belgilovchi parametrlar
kreativ rivojlanishni
baholashning motivatsion, nazariy-tushunchaviy, axborot-bilishga
oid, nazariy-amaliy, intellektual-ijodiy, o‘z-o‘zini o‘stirish, ijtimoiylashtirish va o‘z-o‘ziga
baho berish kabi mezonlar bilan hamohangdir. Bunda axborotlarni topish, jamlash, ajratish,
badiiytahliliy va ifodalovchi intellektual-ijodiy faoliyat ustuvorlik qiladi.
O’qitishning maxsus printsiplariga rioya etish hamda ta’lim
jarayoniga oqilona
rahbarlik qilish orqali o’qituvchi mashg’ulotning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
O’quvchilarning guruhli va jamoviy faoliyatini tashkil etishda ularga jamoa yutug’i va
kamchiligiga umumiy daxldorlik tuyg’usini singdirish bilan ularni sotsiumga erkin kirib
keta olishi, ya’ni ijtimoiylashuvini yo’lga qo’yadi.
Yuqori sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish bilan aloqador
bo‘lgan asosiy nazariy va amaliy psixologik-pedagogik yo‘nalishlar tadqiq qilingan
muammoni hal etishning asosiy shart-sharoitlari belgila beradi. Jumladan, o‘quvchi shaxsiga
oid psixologik yosh xususiyatlari – qobiliyat, qiziqish, ehtiyoj va moyillik; intellektual-
ijodiy, kreativ faoliyat; sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda yuqori sinf o‘quvchisi kreativlik
qobiliyatlarining
rivojlanish sxemasi, modeli, tizimi, tuzilmaviy-mazmunli negizi;
tarixiy-madaniy materialni intellektual-ijodiy-emotsional-hissiy idrok qilish algoritmlari
(yo‘l-yo‘riqlar, mo‘ljallar); qadimiy me’morchilik asarlarini idrok qilish–tahlil qilish,
O‘zbekiston tarixiy-madaniy yodgorliklariga nisbatan qadriyatli munosabat; intellektual-
ijodiy ishlarda
tarixiy-madaniy bilimlar, taassurot va his-tuyg‘ularni aks ettirish kabilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:
Mirziyoev SH. Bugun ma’rifatga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.
Elektron resurs: https://www.gazeta.uz Murojaat sanasi: 05.09.2019.
Karimov I.A. Yukcak ma’naviyat – yеngilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. –
176 b.
Мурадова Д.Д. Освоение новых знаний и умений посредством инновaционных
методов как стержневая основа развития креативности // Халқ таълими. – Тошкент,
2006. – №7. – 152-155 б.
5. Эстетическое воспитание обучаюшихся в протсессе вне-учебного изучения
памятников архитектурии Узбекистана: Пед. фанлари номзоди дисс. автореф. – Т.,
1995. – С. 22.
6. Немов Р.С. Психология. Учебник для студентов высш. учеб. Заведений. В
2-х кн. Кн.1 – «Общие основы психологии». – М.: Владос, 1994. – 217 б., Кн.2 –
«Становление личности в ранней юности». – М.: Владос, 1998. –606 б. - 238-244 б.
7.Tilakova M.A. VIII-IX sinf o’quvchilarida sinfdan tashqari mashg’ulotlarda kreativ