Moliyaviy tahlilning metodi va unga qo’llaniladigan usullar Reja: Kiish Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqisodiy tahlili fanining metodi va uning o’ziga hos muhim xususiyatlari
Taqqoslash usuli va uni qo’llashda amal qiladigan shartlar
Guruhlashtirish usuli va uni tahlilda qo’llanilishi
"Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish" MChJni moddiy resurslar bilan ta'minlash tahlili
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Mavzuning dolzarbliligiTahlil metodining ta’rifiga ko’ra xo’jalik jarayonlarini o’rganishda dialektik yondashishlik, ya’ni har bir jarayon, iqtisodiy hodisa bor, mavjud va rivojlanishda deb qaraladi. Bu jarayonlar sondan sifat o’zgarishiga va yangi sifatning paydo bo’lishiga, inkorni-inkor qilish, qarama-qarshilik ko’rashiga, eskining tugashi, yangi-ilg’or jarayonlarning paydo bo’lish hususiyatga ega bo’ladilar. Xullas dialektik-materialistik metod va uning barcha usullari xo’jalik jarayonlarini o’rganishda, tahlil qilishda o’z aksini topadi.
Xo’jalik faoliyati tahlili metodining ta’rifida uning e’tiborli xususiyatlari ham ko’rsatilgan, jumladan, xo’jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil qilishda juda ko’plab ko’rsatkichlardan foydalanish kerakligi.
Bu ko’rsatkichlar tahlil qilinayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni va hajmiga bog’liq bo’ladi, hatto tahlil natijasida yangi, avval mo’ljallanmagan ko’rsatkichlar ham aniqlanishi mumkin. O’rganilayotgan xo’jalik jarayonlarining farqlanishi va o’zgarishi sabablari ta’sir ko’rsatgan omillarni hisoblash tahlil metodining yana bir o’ziga hos xususiyatidir. Chunki tahlil qilinayotgan iqtisodiy jarayonlar doimo bir-biri bilan uzviy bog’liq va aloqada bo’ladi, tahlil esa bu bog’liqlik va aloqalarni aniq o’lchash va o’rganish imkoniyatiga ega. Hatto ayrim olingan xo’jalik jarayoni butun bir yakuniy natijaga sezilarli ta’sir ko’rsatadi va o’zgartirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun ham xo’jalik faoliyatining o’zgarishi sabablari, ta’sir etuvchi asosiy va qo’shimcha omillarni aniqlash tahlil metodining muhim hususiyati bo’lib sanaladi.