2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: Sportchini tayyorlash tizimi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix11.10.2022
ölçüsü340,1 Kb.
#64874
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti

Ko‘rgazmalilik uslublari 
Ko‘rgazmalilik uslubi harakatni namoyish qilish usuli yoki boshqacha aytganda 
ko‘rgazmali usul bilan aralashtirib yuborish mumkin yemas. Gap shundaki, harakat 
ko‘rgazmaliligi metodlari harakatni ko‘rish orqali idrok yetishni tashkil qilishga asolangan. 
Buning ma’nosshundaki, murabbiy sportchiga harakatni uning o‘zida "yetaklab" his qilishga 
yordam beradi. Texnikaning aosiy holatlariga E’tibor bergan holda majburan "yetaklab" harakat 
qildirish uning texnik xususiyatini tezroq yegallashga imkon yaratadi. 
Masalan: nayza uloqtiruvchi qo‘lini dastlabki holatidan snaryadni uloqtirguncha bo‘lgan 
holatlariGimnastikada (snaryaddagi mashqlar) sportchini (maxsu trenajyorda yoki past 
o‘rnatilgan snaryad) butun o‘rganayotgan harakati davomida kuzatib boriladi.
Tez axborot uslublari 
Bajarilgan harakatning sifati mushaklar tarangligi kuchi, aniqligi, uzoqligi va x.k. 
haqidagi axborot. 
Masalan: video yozuv, boksda, tennisda zarb kuchi, to‘p, snaryadining uchish tezligi 
yugurish, suzish va x.k. tezligi, tranish kuchi xaqidagi axborot. Bu yo‘nalishdagi uslublardan 
foydalanish quidagi imkoniyatlarni beradi: 
1.xar qanday murakkab xarakatlarga urgatish. 
2.tananing xar qanday qismiga tanlab ta’sir yetish. 
3.yuklamaning oz - ozdan yeng yuqorisigacha qat’iy qismlarga bo‘lib olib borish. 
4.ayrim harakat sifatlarini tanlov asosida takomillashguncha rivojlantirish. 
Harakat faoliyatiga o‘rgatish uslublari 
Harakatlarni yaxlitligicha qismlarga bo‘lgan holda ikki hil uslub bilan o‘rgatish mumkin 
yaxlitligicha o‘rgatish uslubi harakatni yaxlitligicha bir necha marta qaytarish yo‘li blina 
o‘rganiladi va takomillashtiriladi. Uslubni ijoboy tomoni shundaki, harakat texnikasi to‘laligicha


yegallanadi, uning barcha qismlari o‘zaro bog‘liq holda o‘rganiladi, harakat tarkibi, uning 
ritmiga zarar yetmaydi.
Birinchidan, o‘rganilayotgan mashqni to‘laligicha bajarilganda murabbiy sportchi yo‘l 
qo‘yayotgan hatolarning barchasiga E’tibor beraolmay qoladi. Shuning uchun murabbiy
asosiy ko‘zga ko‘ringan xatolarga E’tibor berib texnikadagi ayrim yetishmovchiliklarni
ko‘rmay qolishi mumkin, ularni tuzatishga E’tibor bermasiligi mumkin.
Ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘laligicha(ko‘p marta) takrorlayverish ayniqsa 
o‘rganishning boshida sportchini tez charchashiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu uslub odatda 
texnik jixatdan murakkab bo‘lmagan yoki qismlarga bo‘lganda texnikani qo‘pol ravishda 
buzilishiga olib keluvchi mashqlardan foydalaniladi. Masalan : to‘p tutish, tortilish va x.k.
Yaxlitligicha o‘rgatish metodi harakatni mustaxkamlash va takomillashtirishda ayniqsa 
yaxshi samara beradi. Yaxlitligicha bajarish uslubidan quyidagi ko‘rinishlarda qo‘llaniladi. 
a) harakatlar qismlarini sekin asta ishlab borib qayta bajarish
b) texnika qismlarga ishlov berish bilan bajarish
v) ko‘nikmani mustaxkamlash maqsadida bajarish. 
g) o‘sib boruvchi kuchlanish yoki tezlik bilan bajarish (harakat tezligiga qarshilik, uni 
oshirish). 
d) tashqi muhit (zal, maydon, tomoshabinlar, raqiblar va x.k) o‘zgargan sharoitda 
bajarish. 
ye) tananing turli xatolari bajarish
Xarakatni qismlarga bo‘lib o‘rgatish uslubi 
Tarkibiga ko‘ra murakkab bo‘lgan xarakatlarni qismlarga bo‘lib o‘rgangan ma’qul.Bu uslubda
harkatlar tizimi nisbatan mustaqil qismlarga (tizimchalarga) bo‘linadi, ular alohida o‘rganiladi 
va keyinchalik bir butun qilib birlashtiriladi. Masalan : "Oldinga cho‘zilib dumalash".
Ijobiy tomonlari :

o‘rganish uchun lozim bo‘lgan qismga barcha yetibor qaratiladi; 

xatoga yo‘l qo‘yilgan qismlarini qayta bajarilmaydi

mashqni to‘laligicha bajarishga qaraganda kamroq charchaydi. 
Uslubning kamchiliklari :
uni xarakatlar kismga ajralmaydigan yoki ajralsa xam texnikaga putur yetadigan holatlarga 
qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan : bir oyoqni siltab va ikkinchisi bilan itarilib qo‘llarda turish.

mashqlarni xar qanday va xatto omilkorlik bilan qismlarga ajratish harakatning qaysidir 
hususiyatlarini (vaqt, kuch, ritmikliligi) yo‘qotishga olib keladi. 

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin