-
harakat qismlarini ketma ket o‘rganish va ularni bir birini asta sekin bog‘lash ( sport
gimnastikasi-snaryadda mashqlar)
-
aniqlik kiritish maqsadida harakat qismlarini qisqa muddatga ajratish
-
harakat qismlarini "o‘rganish mashqlari" shaklida ishlash.
-
asosan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan usullar (rivojlanish usullari) tashqi
yuklama va dam olishning turli shakllarini aql bilan biriktirish (qo‘yilgan vazifaga muvofiq
ravishda) uslubning asosini tashkil yetadi.
Yuklamaning turlari :
Standart yuklama - mashq davomida mushaklar ishining jadalligi va yuklamaning tashqi
tomoni doimiy ravishda kattaligi saqlanadi. Yuklamaning ichki tomoni (fiziologik , ruhiy) ham
doimiy bo‘ladi va ishning doimiyligi proporsional ravishda o‘zgaradi. Masalan : aynan bir
hildagi og‘irlikni ko‘tarish (ko‘p marta).
-
aytilgan tezlikda yugurish.
O‘zgaruvchan yuklamalar - mashq jarayonida yuklamaning jadalligi o‘zgaradi agar u
ko‘payish tomonga bo‘lsa, o‘suvchi hisoblanadi. Agar kamayuvchi tomonga bo‘lsa pasayuvchi
hisoblanadi. Agar har ikki tomonga bo‘lsa o‘zgaruvchan yuklama hisoblanadi.
O‘suvchan yuklama organizmning funksional holatini oshiradi. Pasayuvchi yuklama
mushaklar ish hajmini oshirishga imkon beradi. O‘zgaruvchan yuklama tanani uning faoliyati
turli darajalarini oson qo‘shilishiga moslaydi.
Standart yuklama bilan mashq usullari.
Standart yuklamaning ma’nosi shundaki, mashq jarayonida mushak ishlarini doimiy
jadalligi, boshqacha aytganda yuklamaning tashqi tomonining doimiy kengligi saqlanadi.
Yuklamaning ichki tomoni (fiziologik, ruhiy) doimiy bo‘lib qolib, ish davomiyligiga mos
ravishda ortadi. Standart yuklama mashqlar usullari tanani anashu yukka moslashtirishga va
yerishilgan qayta qurishni mustaxkamlashga qaratiladi. Ular bir tekkisdagi bajarish uslubi
mansub. Yuklama dam olish oraligi bilan uzilmaydi va tashqi kattaliklar (uzoq bir hildagi
yugurish, yeshkak yeshish, suzish) bo‘yicha o‘zgarmaydi. Masalan : bir hildagi tezlikda
yugurish, tortilish, arqon bilan sakrash va x.k.
O‘zgaruvchan yuklamaning mashqlar uslublari o‘zgaruvchan yuklamalar-mushak
ishlarining jadal o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ular quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-
tana vazifaviy imkoniyatlarini oshishiga olib keluvchi o‘suvchan yuklama asta sekin
tezlikni oshirib boruvchi yugurish, borgan sari og‘irroq yuk ko‘tarish, snaryadni uloqtirish
masofasini uzaytirib borish.
-
mushaklar ish hajmini ko‘paytirish imkonini beruvchi kamayuvchan yuklama. Tezlikni
kamaytiruvchi yugurish, kamroq og‘irlikdagi yukni ko‘tarish, snaryad otiladigan masofani
kamaytirish.
Dostları ilə paylaş: