muammo tanlama tо‘plamning reprezentativligini (vakolatliligini) ta’minlashdir.
Agrda tanlab olingan tо‘plamda bosh tо‘plamning
muhim xususiyatlari
namoyon bо‘lsa, u tо‘plam reprezentativ deyiladi. Reprezentativlikni ta’minlash
tanlash usullarini tо‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir. Statistikada tasodifiy,
tipik
mexanik va seriyalab tanlash usullari mavjud.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab,
statistik kuzatish bevosita
kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi.
Bevosita kuzatishd
a kuzatuvchi о‘rganilayotgan tо‘plam birliklarini birma-
bir kо‘rib, sanab, tortib va о‘lchab, keyin rо‘yxatdan о‘tkazadi.
Hujjatli usul
da esa
kerak bо‘lgan ma’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi.
Savol-javob usuli
da
kuzatilayotgan
shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar kuzatish varaqasiga
yoziladi. Bu usulda sо‘raluvchidan hech qanday hujjat
talab qilinishi mumkin
emas. Bu usulga aholi rо‘yxatini misol keltirish mumkin. Sо‘roq-javob usuli о‘z
navbatida uchga bо‘linadi: og‘zaki usul; о‘z-о‘zini qayd qilish usuli;
korrespendensiya uchuli.
Og‘zaki usul
da, kuzatish organlari tomonidan maxsus tayyorlangan shaxslar
kuzatilayotgan shaxslarga og‘zaki savol berib javob oladilar.
Olingan javoblar
varaqaga yozilib, keyin umumlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: