2-mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati reja



Yüklə 66,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix05.12.2023
ölçüsü66,39 Kb.
#173111
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu ma\'ruza manti

Kuzatish birligi
– bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega 
bо‘lgan birlikdir. Kuzatish birligi bо‘lib, aholi rо‘yxatida har bir shaxs, korxonalar 
rо‘yxatida har bir korxona hisoblanadi. 
Kuzatish birligidan hisob birligini farq qilishi lozim. Ular ayrim vaqtda bir-
biriga teng. Masalan, aholi rо‘yxatida har bir shax, ham kuzatish birligi, ham 
tо‘plam birligi hisoblanadi. Ayrim paytda, ular о‘zaro teng emas. Masalan, sanoat 
korxonalarida jihozlar rо‘yxatga olinganda sanoat korxonasi kuzatish birligi, har 
bir jihoz esa tо‘plam birligi hisoblanadi. 
Hisob birligini tо‘g‘ri aniqlash statistik tekshirishning muvaffaqiyatli va 
samarali bо‘lishida muhim rol о‘ynaydi. 
Kuzatish dasturi
da savollarga javob maxsus hujjatlarda aks ettiriladi. Bu 
hujjat statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan. 
Hisobot formasi. Tabel’, nakladnoy, rо‘yxati olish varaqasi va hokazo. 
Statistik formulyar ikki xil bо‘ladi: 

alohida shakldagi formulyar; 

rо‘yxat shaklidagi formulyar.
Alohida kо‘rishidagi formulyaga korxonalarning yillik hisoboti formulfr 
misol bо‘la oladi. Rо‘yxat kо‘rinishidagi formulyada bittasi emas, balki bir necha 
hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi. 
Kuzatish dasturidagi savollarni talqin qilish va bir xilda tushinishni 
ta’minlash maqsadida statistik formulyarlarni tо‘ldirishi uchun yо‘riqnoma 
tuziladi. 
Yо‘riqnoma 

statistik kuzatish maqsadi va vazifalari; 

kuzatish obyekti va birligi; 

ma’lumotlarni qayerdan kimdan olish; 

kuzatish muddati; 

hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi; 

materiallarni topshirish va jо‘natish muddati; 

kо‘rsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga о‘xshash kuzatilayotgan 
hodisa bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan masalalar yoritiladi. 
Yо‘riqnoma odatda kо‘p mutaxasislar ishtirokida muhokama qilinishi 


lozim. 
Statistik kuzatishning asosiy tashkiliy shakllari, turlari va usullari
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quydagilardan iborat 

kuzatish organi; 

kuzatish vaqti va muddati; 

kuzatish joyi; 

kadrlarni tanlash va о‘qitish; 

kuzatish varaqalarini kо‘paytirish va joylarga jо‘natish. 

Yüklə 66,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin