2-mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati reja



Yüklə 66,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix05.12.2023
ölçüsü66,39 Kb.
#173111
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu ma\'ruza manti

Kuzatish organi
– bu statistik kuzatish bevosita tashkil qiladigan va 
о‘tkazadigan tashkilotlardir. Ularning noma-nom rо‘yxati hamda huquq va 
vazifalari kuzatishning tashkiliy rejasi belgilab olinadi. 
Kuzatish vaqti
va muddati kuzatishni qachon va necha kunda amalga 
oshirishni aniqlaydi.
Hisob vaqti olinayotgan ma’lumot qaysi vaqtga tegishli bо‘lgan davr bilan 
о‘lchanadi. Hisobot vaqtini kuzatish vaqtidan farq qilishi lozim. Masalan, bir oylik 
hisobotda joriy oy hisobot vaqti bо‘lsa, kuzatish vaqti esa ushbu taqdim etilishi 
lozim bо‘lgan muddat bilan belgilanadi. 
Kritik fursat
(moment) deyilganda ma’lumotlarni ma’lum vaqtga tо‘g‘rilab 
rо‘yxatga olish tushuniladi. Aynan shu holatga nisbatan hodisalar rо‘yxatga 
olinadi. 
Kritik fursatni belgilash tartibi quydagicha: 

birinchidan, rо‘yxatga olinadigan ma’lumotlarni bir fursatning о‘zida 
tushirgandek bо‘ladi; 

ikkinchidan, takror (ya’ni bir kishini ikki marotaba) hisobga olishdan 
holi qiladi; 

uchinchidan, rо‘yxatga belgilangan muddatda tugatishni ta’minlaydi. 
Kuzatish joyi
deyilganda kuzatish qayerda о‘tkazilishi lozim bо‘lgan joy 
tushiniladi. Uni belgilash ayniqsa joyi о‘zgarib turishi mumkin bо‘lgan hodisalarni 
kuzatayotganda juda katta ahamiyatga ega. Agar о‘rnatilgan stanoklar rо‘yxati 
olinayotgan bо‘lsa, u holda kuzatish joyini belgilab olish uncha qiyin emas, 
chunki bu stanoklar doimo bir joygga biriktirib qо‘yilgan. 
Agar aholini rо‘yxzatga olinayotgan bо‘lsa, u holda kuzatish joyini 
aniqlab olish juda ham qiyin, chunki aholini aynan iqaysi joyda rо‘yxatga olish 
kerak: yashayotgan joyidami yoki ishlayotgan joyidami, degan savolni yechib olish 
zarur. 
Statistik kuzatish о‘tkazilgandan sо‘ng uning natijalarini qabul qilish 
boshlanadi. Statistik kuzatish materiallarini tekshirish usullari uchga bо‘linadi: 
tashqi nazorat, mantiqiy tekshirish va arifmetik tekshirish. 
Tashqi nazorat
da asosan hujjatlarning tо‘g‘ri rasmiylashtirilishi, ya’ni 
yо‘riqnoma talabiga javob berish darajasi va ma’lumotlarning tо‘laligi tekshiriladi. 

Yüklə 66,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin