Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar rо‘y berishi bilanoq qayd qilinadigan
kuzatish tushuniladi. Masalan, bola tug‘ilishi, nikohdan о‘tish kabi voqea
(hodisa)lar sodir bо‘lishi bilanoq ya’ni о‘sha kunning о‘zidayoq qayd etiladi.
Fursatli kuzatish deganda ma’lum muddatlarda о‘tkaziladigan kuzatishlar
tushuniladi. Masalan, aholi rо‘yxati va boshqalar.
Bir yо‘la kuzatish deb birorta masalani yechish uchun о‘tkazilgan
kuzatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalari jihozlanish darajasining bozor
iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini о‘rganish uchun maxsus
kuzatish о‘tkazish. Bunday kuzatish keyinchalik о‘tkazmaslik ham, zaruriyat
tug‘ilsa, yana о‘tkazish mumkin.
О‘rganilayotgan tо‘plam birliklarini о‘z ichiga qamrab olishiga qarab,
statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bо‘linadi.
Yoppasiga kuzatishd a tо‘plam birliklarining barchasi kuzatiladi. Masalan,
О‘zbekistonda aholi rо‘yxati о‘tkaziladigan bо‘lsa, respublika fuqarolarining
barchasi (qayerdaligidan qat’iy nazar) rо‘yxatga olinadi. Bu degani fuqaro chet
davlatdami, dengizdami, okeandami va hatto kosmosdagi kishi ham rо‘yxatdan
о‘tishi kerak.
Qisman kuzatishd a о‘rganilayotgan tо‘plam birliklarining bir qismi
kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish tо‘rtta turga: anketa orqali kuzatish,
monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bо‘linadi.
Anketa orqali kuzatishd a savollar yozilgan varaqalar kuzatish birliklariga
tarqatilib, ular tо‘ldirilgandan sо‘ng yig‘ishtirib olinadi va umumlashtiriladi.
Bunday kuzatish jamoatchilik fikrini aniqlashda va ayniqsa, bozor iqtisodiyoti
sharoyitida ayrim hodisa va voqealar bо‘yicha maxsus mustaqil ekspertlarning
fikrlarini bilishda yaxshi natija beradi.
Monografik tasvirlash deganda tо‘plamning bir bо‘lagini har tomonlama
va chuqur о‘rganish tushuniladi. Masalan, viloyatda bir jinsli 104 ta korxona bor,
shundan 4 tasi juda ham ilg‘or. Nima sababdan ilg‘or ekanligini bilish va ularning
ilg‘orlik tajribasini boshqa korxonalarga yoyish va ommalashtirishda qо‘llaniladi.