2-mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati reja


Asosiy massivni kuzatishd



Yüklə 66,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix05.12.2023
ölçüsü66,39 Kb.
#173111
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu ma\'ruza manti

Asosiy massivni kuzatishd
a о‘rganilayotgan belgi umumiy hajmining 
о‘zgarishiga olib keladigan eng salmoqli о‘rin tutgan birliklar ajratib olib 
о‘rganiladi. Masalan, shaharda 150 oziq-ovqat dо‘koni bо‘lib, shundan 15 tasi 
tovar aylanmasining 70-80 foizini beradi. Demak, 150 ta oziq-ovqat dо‘konining 
barchasini о‘rganib о‘tirmasdan, 15 dо‘konni о‘rganib shaharda oziq-ovqat savdosi 
qanday tashkil qilinganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Tanlab kuzatish
degandabosh tо‘plamdan bir qismini tanlab olibtekshirish 
tushuniladi. Agarda kuzatishning bu turi tо‘g‘ri tashkil qilinsa, qisman 
kuzatishning turlari ichida eng yaxshi о‘rganilgan ma’lumotlar umumiy tо‘plam 
haqida tо‘la-tо‘kis va aniq fikr yuritish imkonini beradi. Bu kuzatishda asosiy 


muammo tanlama tо‘plamning reprezentativligini (vakolatliligini) ta’minlashdir. 
Agrda tanlab olingan tо‘plamda bosh tо‘plamning muhim xususiyatlari 
namoyon bо‘lsa, u tо‘plam reprezentativ deyiladi. Reprezentativlikni ta’minlash 
tanlash usullarini tо‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir. Statistikada tasodifiy, tipik 
mexanik va seriyalab tanlash usullari mavjud. 
Boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish bevosita 
kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi. 
Bevosita kuzatishd
a kuzatuvchi о‘rganilayotgan tо‘plam birliklarini birma-
bir kо‘rib, sanab, tortib va о‘lchab, keyin rо‘yxatdan о‘tkazadi. 
Hujjatli usul
da esa 
kerak bо‘lgan ma’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi. 
Savol-javob usuli
da 
kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar kuzatish varaqasiga 
yoziladi. Bu usulda sо‘raluvchidan hech qanday hujjat talab qilinishi mumkin 
emas. Bu usulga aholi rо‘yxatini misol keltirish mumkin. Sо‘roq-javob usuli о‘z 
navbatida uchga bо‘linadi: og‘zaki usul; о‘z-о‘zini qayd qilish usuli; 
korrespendensiya uchuli. 
Og‘zaki usul
da, kuzatish organlari tomonidan maxsus tayyorlangan shaxslar 
kuzatilayotgan shaxslarga og‘zaki savol berib javob oladilar. Olingan javoblar 
varaqaga yozilib, keyin umumlashtiriladi. 

Yüklə 66,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin