Javob: 100000 y.e.
Masala 2. Bank mijozga 1 yil muddatga 10% lik stavka bilan 100000 soʻm kredit ajratdi. Kreditni qaytarmaslik riski meʼyoriy javobgarlik tizimi boʻyicha sugʻurtalandi, shuningdek sugʻurtalovchining javobgarlik chegarasi zararning miqdorining 30% qilib belgilandi. Kreditni qaytarmaslik holatida sugʻurta qoplamasini aniqlang.
Yechish. Dastlab kreditni qaytarmaslik holatida bankning zararini U ni aniqlaymiz. Quyidagi formula(1.5.1) boʻyicha hisoblaymiz
U = 100000*0.1 – (-100000) = 110000 (soʻm)
Endi formula(1.2.2) boʻyicha Sb sugʻurta qoplamasini aniqlaymiz:
Sb = 110000*0.3 = 33000(soʻm)
Javob: 33000 soʻm
Masala 3. Qarzdor 01.01.21da 1yil muddatga 21%lik yillik stavka bilan bankdan 800000$ kredit oldi. Kredit toʻlovi( foizlar bilan birga ) har kvartalda teng miqdorlarda toʻlab borilishi kerak. Bank kreditning qaytmaslik riskini sugʻurtaladi. Sugʻurtalovching javobgarlik chegarasi – 90%, sugʻurta mukofoti sugʻurta summasining 3.5%ini tashkil etadi. Sugʻurta mukofoti kvartallik sugʻurta badallari orqali boʻlib-boʻlib toʻlanadi, boʻlib toʻlanganligi uchun komission toʻlov olinmaydi. Sugʻurta badallarining grafigini tuzing.
Yechish. Dastlab qarzdor bankka qaytarishi kerak boʻlgan umumiy K summani va foiz toʻlovi P ni aniqlaymiz:
K = 800000*1.21 = 968000 ,
P = 800000*0.21 = 168000 .
Qarzdor har kvartalda asosiy qarzning quyidagi summasini toʻlab borishi kerak
Foiz toʻlovi esa quyidagi summada
Endi kreditni toʻlash grafigini tuzsak boʻladi.
1-Jadval.
Sana
|
31.03
|
30.06
|
30.09
|
31.12
|
Asosiy qarzni soʻndirish
|
200000
|
200000
|
200000
|
200000
|
Asosiy qarzning umumiy summasi
|
800000
|
Foiz toʻlovlari
|
42000
|
42000
|
42000
|
42000
|
Foiz toʻlovlarining umumiy summasi
|
168000
|
Soʻndirish summasi
|
242000
|
242000
|
242000
|
242000
|
Umumiy qaytim summasi
|
968000
|
Shuningdek sugʻurta badallari hisobini ham jadvalda koʻrsatish qulaydir
2- Jadval.
Dostları ilə paylaş: |