3.7-rаsm. Resurslar narxi o`zgarishi tasirida tаklifning o`zgаrishi
Taklif chizig`idagi (S) o`zgarishni tahlil qilishdan boshlaymiz. 3.7- rasmdan ko`rinib turibdiki, narx P1bo`lganda, ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdori Q1ga teng. Endi xomashyo narxi pasaydi deb faraz qilaylik. Bu taklifga qanday ta′sir qilishi mumkin?
Xomashyo narxining pasayishi, mahsulotni ishlab chiqarish xarajatini kamayishiga olib keladi. Xarajatning kamayishi esa ishlab chiqarish samaradorligini oshib, ko`proq foyda olish imkoniyatini yaratadi. Bu o`z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag`batlantiradi va ilgari foyda ko`rmagan firmalar uchun bozorga o`z tovarlari bilan kirib kelish imkonini yaratadi. Demak, resurslar narxining arzonlashuvi tovarning narxi o`zgarmagan taqdirda bozordagi mahsulot taklifini ilgaridagiga nisbatan oshiradi va natijada taklif egri chizig`i o`ngga suriladi. Bunda P1narxga Q1emas Q2hajmdagi mahsulot miqdori to`g`ri keladi. Bu holatda mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi tovarning narxiga bog`liq emas. Shu sababli taklif egri chizig`i (S)o`ngga (S′holatga) suriladi (3.7-rasm).
Agar xomashyo (resurslar) narxi qimmatlashsa, ishlab chiqarish xarajatlari oshib ketib, mahsulot hajmi qisqaradi va bu holatda taklif chizigi chapga (S dan S′′ holatiga) suriladi. Taklif egri chizig`ining narxga bog`liq bo`lmagan o`zgarishiga, yani o`ngga yoki chapga surilishiga taklifo`zgarishi deyiladi.
Tехnоlоgiyalаr. Fan-texnika taraqqiyoyi ta′sirida tехnоlоgiyalаrning tаkоmillаshuvi mаhsulоt ishlаb chiqаrish sаmаrаdоrligini оshirаdi, ya′ni kаmrоq sarf-хаrаjаt evaziga ko`prоq mаhsulоt ishlаb chiqаrish mumkin bo`lаdi. Bu tаklif hаjmini оshirаdi vа tаklif chizig`ini o`nggа surilishigа оlib kеlаdi. Masalan, avtomobilni robotlar yordamida konveyer usulida yig`ishni joriy etilishi avtomobil ishlab chiqarish hajmi va taklifini keskin oshishiga olib keldi. Yoki tomchilatib sug`orish va boshqa ilg`or agrotexnologiyalarni qo`llanishi natijasida keyingi yillarda ekinlar hosildorligi va qishloq xo`jaligi mahsulotlari taklifi sezilarli darajada oshdi. Аksinchа, eski tехnоlоgiyalаrni qo`llanishi tаklif hаjmini qisqarishigа olib kelаdi.