2-mavzu: Tashkiliy muhit va madaniyat


Marketingni ustuvor rolining o‘zgarishi



Yüklə 236,91 Kb.
səhifə3/3
tarix04.04.2023
ölçüsü236,91 Kb.
#92998
1   2   3
1-mavzu KORXONADA MARKETINGNING ROLI.

1.4. Marketingni ustuvor rolining o‘zgarishi


Biz hozir ko'rayotgan marketing kontseptsiyasi ko'proq 18-19-asrlar sanoat inqilobi davridagi o'zgarishlar bilan bog'liq. Bu texnologik va ilmiy innovatsiyalar ta'siri ostida tez ijtimoiy o'zgarishlar davri edi. Natijalardan biri shundaki, birinchi marta mahsulot ishlab chiqarish ularning iste'molidan ajratildi. Ommaviy ishlab chiqarish, transport infratuzilmasini rivojlantirish va ommaviy axborot vositalarining o'sishi ishlab chiqaruvchilarga tovarlarni taqsimlashni boshqarishning yanada murakkab usullarini ishlab chiqishlari kerakligini va ishlab chiqilishini anglatardi.
Marketingning bugungi kundagi rolini yaxshiroq anglab olish uchun ushbu evolyusiyaning tarixini ko‘rib chiqish qiziqarlidir.
Bu yerda uch bosqichni ajratib olish mumkin, ularning har biri marketingning ustuvor maqsadi bilan tavsiflanadi: passiv marketing; tashkiliy marketing; faol marketing.

Passiv marketing cheklangan taklif sharoitida yirik potensial bozor mavjud bo‘lgan, ishlab chiqarish quvvatlari bozor ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lmagan iqtisodiy muhitga xosdir. SHunday qilib, talab taklifdan ko‘p. Passiv marketing mazkur bozordagi ehtiyojlarning ma’lum va barqaror bo‘lishini, texnologik jarayonning esa sekinlik bilan borayotganligini ko‘zda tutadi.

Tashkiliy marketing sotish konsepsiyasiga e’tiborni jalb etadi. Bu davrda talab tez o‘sdi, ishlab chiqarish quvvatlari yetarli bo‘ldi, sotish tizimi esa ko‘pincha samarasiz va unumsiz edi.


Marketing boshqaruviga yangi yondashuvning bo‘lishiga iqtisodiyotdagi quyidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ldi:
  • ommaviy sotuv talablariga moslashmagan odatdagi sotish tarmoqlarida unumdorlikning yuksalishiga imkon bergan yangi sotuv shakllarining, asosan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shakllarining paydo bo‘lishi;
  • -bozorlar hududining kengayishi va buning natijasida ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi jismoniy va ruhiy ajralish, bu esa o‘z navbatida kommunikasiyaning bevosita sotuvlar va ayniqsa ommaviy axborot vositalaridagi reklama kabi ko‘rinishlariga o‘tish zaruratini yuzaga keltirdi;
  • -tovar markalari sohasidagi siyosatining rivojlantirilishi, bu siyosat savdoda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish talablaridan kelib chiqqan va firmalar tomonidan pirovard talabni boshqarish usuli sifatida foydalanilgan.

Faol marketing bosqichida strategik marketing rivojlanadi va uning roli kuchayib boradi. Bu rivojlanishning zamirida uchta omil yotadi:
-texnologik taraqqiyot tarqalish tezligining ortishi;
-bozorlarning yetukligi va asosiy bozor ehtiyojlarining progressiv to‘yinishi;
-xalqaro savdo yo‘lidagi to‘siqlarning birin-ketin bekor qilinishi oqibatida bozorlarning yanada baynalminallashuvi.
Texnologik taraqqiyotga kelsak, bu davrni ixtirolar davridan ko‘ra innovasiyalar davri deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Innovasiya bilan ixtiro o‘rtasidagi farqni ajratib olish muhim. Ixtiro - innovasiyaning zamirida yotuvchi ijodiy ishdir. Innovasiya esa konsepsiya, kashfiyot yoki ixtironing ijodiy va muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarilishidir.
Marketing - ITTKI - ishlab chiqarish zanjiri
Marketing strategiyasini tashkil qiluvchi qaror qabul qilishning maqsadi - iste’mol talabiga ta’sir qilishdir. Uning vositalari esa tovarning sifati va assortimenti, baholar, ustama va chegirmalar, xizmatlar to‘plamlari, etkazib berish tizimi va boshqalardir.
Yüklə 236,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin