O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari.
O‘zbek xalqi qadimda
turli yozuvlardan
foydalanib kelgan. Asosiy yozuv tizimini fonografik, ya`ni
tovush yozuvi, harfiy
yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O‘zbek
xalqi oromiy, yunon, sug`d, xorazm,
ko‘shon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyg`ur, arab, lotin, rus
grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalangan.
Eramizdan oldingi UI-IU -klinopis, mix yozuv, oromiy yozuvi.
III-I yunon, karoshta.
Eramizning I asridan sug`d
II—III xorazm
V-VIII urxun-runik (rus xizm.Remezov-XVIII, shved Iogann Stralenberg, XIX asr
Grigor’yan Spasskiy,1891 akad.V.V.Radlov,
daniyalik Vilgilm Tomsen,
keyinchalik P.M.Melioranskiy, S.E.Malov).VI-VIII asrlar uyg`ur, VII-VIII
arab, 1929-lotin, 1940-rus, 1993.02.09.lotin (26 harf, 3 harf birikmasi va 1
tutuq belgi).
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek alfavitida 33 ta harf va ikkita maxsus belgi bor.
Ularning yutuq va kamchiliklari. Unlilar sistemasi. Singormanizm. Yangi alfavit.
Uning siyosiy ahamiyati.
Yozuvning xalqlar tili va madniyati taraqqiyotidagi
ahamiyatini quyidagi
faktdan ham bilsa bo‘ladi: Tillarning
standart tillar, klassik tillar, mahalliy
tillar
tarzida tasniflanishi bevosita bu tillar yozuvi mavqeiga asoslangan.
1. Adabiy til me`yoriga ega bo‘lgan, jamiyatda davlat tili, adabiy til sifatida
xizmat qiluvchi tillar
standart tillar
sanaladi. Masalan, o‘zbek, rus, tojik, turkman,
ukrain kabi tillar.
2. Yozuvga ega bo‘lib, o‘z davrida
mukammal takomiliga etgan, buyuk
asarlar
yaratilgan tillar
klassik tillar
sanaladi. Klassik tillar o‘z davri uchungina
emas, balki tillarning keyingi taraqqiyoti uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday tillarning adabiy tillardan farqi shundaki, ular o‘lik tillardir. Masalan, lotin
tili, sanskrit tili, sug`d tili, xorazmiy tili.
3. Son jihatidan ko‘p bo‘lmagan kichik
xalqlarga xizmat qiluvchi, o‘z
yozuviga ega bo‘lmagan tillar
mahalliy tillar
sanaladi. Masalan, Amerika mahalliy
hindularining tili.
1-topshiriq:
“Qanday?” sxemasini to‘ldiring.
Nazorat savollari
1.Til nima? Til nimaga ijtimoiy hodisa? Yozuv nima? Til bilan yozuvning
munosabatiga ta`rif bering?
2. Yozuvning qanday turlarini bilasiz? O`zbek xalqi
qadimda qanday yozuvdan
foydalangan?
3. Tilshunoslikning grafika bo`limi nimani o`rganadi?
4. Tilshunoslikning orfografiya bo`limi nimani o`rganadi?
5. O`zbek tilining imlo qoidalari qachon qabul qilingan?