Pijn tillari ham Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga kelgan. Lekin pijin tillarida so‘zlashadigan jamiyat yo‘q (kreol tili jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi). Pijin tillaridan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi.
Koyne zamonaviy sotsiolingvistikada aholi turli guruhlarining ijtimoiy va lisoniy aloqalari jarayonida shakllangan dialektlararo og‘zaki muloqot vositasi hisoblanadi. Koyne termini (yunoncha “umumiy til”) birinchi marta eramizdan avval IV–III asrlarda shakllangan umumyunon tiliga nisbatan qo‘llangan.
Turli hududiy dialektlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan qurama dialektlar yoki ushbu mintaqada mavjud bo‘lgan tillardan biri koyne rolini bajarishi mumkin. Koynelar oldi-sotdi, harbiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar maqsadida qo‘llanadigan, muayyan dialektlar yoki tillar asosida shakllangan dialektlararo yoki millatlararo muloqot tili sifatida namoyon bo‘ladi.
Koynelarni shahar va qishloq koynesiga ajratish mumkin. “Koyne” tushunchasi ayniqsa, ko‘pchilikning turli nutqiy malakalari aralashgan katta shaharlarning lisoniy hayoti uchun dolzarb hisoblanadi. Shahar sharoitidagi guruhlararo muloqot hamma uchun tushunarli bo‘lgan kommunikatsiya vositalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shahar aholisi turli guruhlarining kundalik muloqot ehtiyojiga xizmat qiluvchi shahar koynelari ana shunday paydo bo‘ladi.
Shuningdek, koynelar mintaqalarga, ya’ni muayyan til (yoki tillar) tarqalgan ma’lum hududlarga ko‘ra ham ajratiladi. Masalan, ko‘p tillilik mavjud bo‘lgan Mali Respublikasida (Afrikada) qurama dialektlar shakliga ega bo‘lgan baman tili koyne sifatida qo‘llanadi.
“Koyne” tushunchasi, odatda, og‘zaki muloqot vositasini ifodalasa-da, ba’zan bu tushuncha tilning yozuv shakllariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, London koynesi ham kundalik so‘zlashuvda, ham shahar boshqaruvi, mahkama tizimida ishlatilgan. Yoki “koyne” termini o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa davlatlarida ilm, din, huquqshunoslik, san’at sohalarida millatlararo muloqot vositasi vazifasini o‘tagan lotin yozuviga nisbatan ham qo‘llangan.
Shuni ham ta’kidlash joizki, muayyan koynelar ayrim adabiy tillarning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, London koynesi ingliz adabiy tiliga, Pekin koynesi xitoy adabiy tiliga, Edo koynesi esa yapon adabiy tiliga asos bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, butun boshli adabiy tillar ham koyne rolini bajarishi mumkin. Masalan, “Ispan tili o‘qituvchilari Yevropa Assotsiasiyasi” (АЕРЕ)ning ma’lumotlariga ko‘ra, ispan tili hozir dunyoda o‘rganilayotgan xorijiy tillar orasida birinchi o‘rinni egallaydi.
“Odatda ma’lum hududda yashovchi ko‘pchilik xalqning tili umumiy til deb ataladi. Tarixda yunon tilining Afina antik dialekti umumxalq tili sifatida qabul qilingan. Bunda Afina shahrining Gretsiya madaniy, siyosiy va iqtisodiy markazi ekani ham hisobga olingan. Bunday umumiy til koyne (grekcha koine – dialektos – "umumiy nutq") deb ataladi6.
Dostları ilə paylaş: |