Anatomiya sohasiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlar



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#168345
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Odam anotimiyasi



Anatomiya sohasiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlar 
Anatomiya fani juda uzoq rivojlanish yo`lini bosib o`tdi. Qadimiy Misrda va 
Vavilonda eramizdan III-II ming yil avval murdalarni mumiyolash odat bo`lganligi 
sababli, ba’zi bir a’zolarning tuzilishi to`g`risida yuzaki bo`lsa ham ma’lumotga ega 
bo`lingan. Anatomiyaning haqiqiy taraqqiyoti qadimiy yunonlar (Gretsiya) 
mamlakatidan boshlangan. Yunonistonning Kos va Knidos tibbiyot maktablari 
tashkil qilingan. Qadimiy Yunonistonning ko`p olimlari, jumladan Gippokrat, 
Pifogor, 
Alkmeon 
va 
boshqalar 
shu 
maktablarda 
tarbiyalanganlar.
Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500- yillar yashagan) mashhur faylasuf, matematik 
bo`lib, tirik mavjudotning kelib chiqishini o`rgangan. Pifogor birinchilar qatorida 
„hamma mavjudot (borliq) urug`lardan paydo bo`ladi” — degan tushunchani 
aytgan. Alkmeon (taxminan eramizdan avvalgi 500- yilda tug`ilgan) Galen yozib 
qoldirgan tarixiy ma’lumotlarga qaraganda Pifagorning shogirdi bo`lib, murdani 
yorib ko`rib, odam anatomiyasi sohasida bir qancha ilmiy asarlar yozgan. Alkmeon 
a’zolarning tuzilishini va fiziologiyasini hayvonlarda tajribalar o`tkazish usuli bilan 
o`rgangan. Empidokl (eramizdan avvalgi 473- yilda tug`ilgan) birinchi bo`lib 
organizm evolutsiyasi to`g`risida tushuncha berib, hayvonlar yer yuzida birinchi 
paydo bo`lganlarida oddiy tuzilishga ega bo`lganligini taxmin qilgan. Bu olim 
hayvonlar pushtini (embrionini) o`rganib, uni kindik orqali yo`ldoshdan 
oziqlanishini aniqlagan.Tibbiyot fanining asoschisi (otasi) bo`lib hisoblangan 
Qadimgi Yunon olimi Gippokrat (Buqrot) anatomiya fani rivojiga katta hissa 
qo`shgan. Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-377- yillar yashagan) Yunonistonning 
Kos tibbiyot maktabida tahsil olgan. Gippokrat o`zigacha bo`lgan tibbiyot 
sohasidagi ma’lumotlarni to`plab, bu fan rivojiga katta hissa qo`shgan. Uning 
aytishicha, „shifokor o`z burchini bajarishni xohlasa, odamning tabiatini o`rganishi 
kerak — odam bilan uning ovqati, ichimligi o`rtasidagi munosabatini, ta’sirini 
sinchiklab tekshirmog`i lozim”. Gippokratning tibbiyotga oid 72 ta asaridan bir 
necha asrlar davomida foydalanib kelingan. Uning „Qadimiy tibbiyot”, „Havo, suv 
va boshqa zaminlar to`g`risida”, „Suyaklarning sinishi to`g`risida’ kabi asarlari 
shular jumlasidandir. Bundan tashqari yurak va qon tomirlarning tuzilishi uning bir 


qancha asarlarida o`z aksini topgan. Gippokrat yurakda mushak qavati mavjudligini 
aniqlagan. U kalla suyaklarining ba’zi birlarini (ayniqsa tepa qismlardagi 
suyaklarni) o`rganib, bu suyaklar o’zaro choklar yordamida birlashganliklarini yozib 
qoldirgan. Arteriyalarni o`rganib, ular ichida havo yuradi deb tushuntirgan (aer — 
havo, tereo — olib boradi). Gippokrat embriologiya va fiziologiya bilan ham 
shug`ullanib, hujayraning takomil etishini, tovuq pushtidan (embrion) allantoisning 
paydo bo’lishini aniq kuzatgan. U yetti oylik tug’ilgan bola yashab ketishi 
mumkinligini birinchi marta aniqlab bergan. Gippokrat to`rt xil „suyuqlik”: qon , 
shilliq o`t va qora o`t organizm hayotini ta’minlaydi degan. Uning fikricha, bu 
suyuqliklarning miqdoriy o`zgarishi odamning tabiatini aniqlaydi va mizojdagi 
holat: sangvinik, fiegmatik, xolerik. melanxolik hosil bo`ladi. Platon (eramizdan 
avvalgi 427 347- yillar yashagan) hayvonlarning taraqqiyot davridagi pushtini 
(embrionni) tekshirib, orqa miyaning oldingi qismidan bosh miya hosil bo`lishini 
aniqlagan. Aristotel (Arastu eramizdan avvalgi 384 322- yillar yashagan). 
Yunonistonning 
atoqli 
olimi, 
faylasuf 
Platonning 
shogirdi, 
Aleksandr 
Makedonskiyning tarbiyachisi bo’lgan. U qon tomirlarni—qon tizimining markaziy 
a’zosi yurakdan boshlanishini aniqlagan. Aristotelning fikricha, qon o`pkadan 
keladigan havo bilan birgalikda yurakdan siqib chiqariladi, U birinchi bo`lib 
organizmning embirional davridagi holatini (hayvonlarda) uning anatomiyasi bilan 
taqqoslagan: shu bilan embriologiya va taqqoslash anatomiyasiga asos solgan. 
Aristotel, shuningdek, nervlarning paylardan farqli ekanini aniqlagan, ba’zi 
arteriyalar aortadan boshlanishini aniqlagan, organizm qon, yog`, tog`ay va suyak 
to`qimalaridan iborat ekanligini ta’kidlagan. Uning fikricha, nervlarning ichi 
bo`shliqdan iborat (kovak) bo’lib, bosh miyada hosil bo’ladigan hayvon ruhi shu 
nervlar ichidan tarqaladi. Hayot ruhi esa yurakning chap qismida qon bilan havodan 
hosil bo`lib, aorta va uning tarmoqlari orqali organizmga tarqaladi deb tushuntirgan 
va yurakni uch xonaga (aslida yurak to`rt kameradan iborat) ajratgan. 
Gerofil (eramizdan avvalgi 304- yilda tug`ilgan) — Ptolomey II ning maxsus saroy 
shifokori vazifasida ishlagan. Murdalarni yorib, qanday kasallikdan o`lganini 
aniqlagan va odamning ba’zi a’zolari tuzilishini ham o`rgangan. o`sha davrgacha 


ma’lum bo`lgan tushunchalarni tartibga solgan. A’zolarning tuzilishini, ularni kesib 
o`rganishi natijasida o`zining „Anatomiya to`g`risida” degan kitobini yozgan. U 
anatomiyani xirurgiyadan ajratib, mustaqil fanga aylantirgan.
Malum bo`lishicha Gerofil bosh miyaning tuzilishini, uning qorinchalarini, 
pardalarini, tomir chigallarini, vena bo`shliqlarini va nervlarni tekshirgan. Qon 
tomirlarni paylardan, arteriyani venadan tafovut qilgan va mayda qon tomirlar 
borligini aniqlagan. Bulardan tashqari o`n ikki barmoq ichakni (bu nomni Gerofilni 
o`zi qo`ygan), prostata bezini, ichak charvilaridagi limfa tomirlarini, ko`zdagi 
shishasimon tanani, qon tomirli va to`rsimon pardalarni aniqlagan. Gerofil ko`ruv 
nervining bosh miya bilan ko`z soqqasiga munosabatini o`rgangan. Miya 
venalarininig kalla suyagining ensa qismida to`planishini, qon tomirlarning 
pulsatsiyasini (urib turishini)—yurakning bir me’yorda qisqaribkengayib turishiga 
bog`liq ekanligini aniqlagan. Urug` bezlari to`g`risida tushunchaga ega bo`lgan. 
Erozistrat (eramizdan avvalgi 350-300- yillar yashagan) — birinchi bo`lib 
nervlarning sezuvchi va harakat qiluvchi turlari borligini aniqlagan hamda ularni 
qon tomirlardan farqlagan. Jigarni va o`t yo`llarini birinchi marta to`liq o`rgangan. 
Hayvon va odamlarning yuragini tekshirib, ichida to`siqlar, qopqoqlar (klapanlar) 
borligini topgan va ularning vazifalarini aniqlagan, aorta; kovak vena va boshqa 
katta tomirlar haqida ma’lumot bergan. Mushaklarning qisqarish holatlarini 
o`rganish natijasida Erozistrat tuzgan harakat nazariyasi XVI-XVII asrlarga qadar 
fanda qo`llanib kelingan. Ruf (II asrda yashagan) qadimgi Rim imperiyasining 
taniqli shifokori bo`lgan. Anatomiya fanini boshqa tibbiyot fanlariga bog`lab 
o`rganish sohasida ko`pgina ishlar qilgan. Ruf hayvonlar anatomiyasini o`rganib, 
ularda amaliy tajribalar o`tkazish yo`li bilan o`ng va chap ko`ruv nervlarining 
tolalari bir-biri bilan kesishganligini va ko`z gavhari pardasini birinchi marta 
aniqlagan. U o`z kuzatishlari asosida „Odam gavdasi qismlarining nomlari 
to`g`risida” nomli ilmiy asar yozgan. Klavdiy Galen (Jolinus Hakim) — taxminan 
129-201 – yillarda yasha 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin