Hazm tizimi filogenezi va buzilishlari.
Ovqat hazm qilish - organizm iste'mol qilgan oziq moddalarni tarkibiy jihatdan
o‘zlashtira oladigan darajagacha fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlaridir.
“Ovqat hazm qilish fiziologiyasi” “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”ning bir bo‘limi
bo‘lganligi uchun mazkur fanga aloqador bo‘lgan barcha yo'nalishlar bilan yaqindan
bog'liqdir. Hazm fermentlari tomonidan oziqa polimerlarining parchalanishi
biokimyoviy usullar bilan, so‘rilish jarayonlari esa biofizikaviy va biokimyoviy
yondashishlar orqali o‘rganilganligi va tushuntirilganligi uchun mazkur fanda
ma’lumotlar faqat fiziologik usullardan tashqari biokimyoviy va biofizikaviy usullar
asosida ham olinadi. Hazm fiziologiyasini o‘rganishda turli fizikaviy (ballonografiya,
elektrogastrografiya va boshqalar), matematik (statistika, kimyoviy va fizikaviy
yuklamalarni berish, matematik modellash, turli a’zolarning funksional sig‘imlarini
aniqlash va boshqalar) usullar qollanganligi bu fanning flzika, matematika kabi fanlar
bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Tarixiy va individual rivojlanish davomida hazm tizimi organizm murakkablashuvi
tufayli ham o‘zgaradi. Shuning uchun hazm fiziologiyasi evolutsion, solishtirma va
yoshga oid fiziologiya bilan bog‘liq. Organizmning rivojlanish darajasiga qarab unda
hazm jarayoni turlicha amalga oshadi. Eng sodda hayvonlarda oziq moddalaming
gidrolizi, asosan, vakuola va sitoplazma ichida bo'lsa, yuqori rivojlangan hayvonlarda
oziq moddalaming hujayraviy parchalanish jarayoni lizosomalarda va vakuolalarda
ro‘y beradi. Enterotsitlar va hazm kanali devorining boshqa qismalarida tarkibiy
farqlar hazm jarayonining samaradorligini belgilaydi. Demak, hazm fiziologiyasi
fanida sitologik va gistologik ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Odam va hayvonlar
hazm tizimida 400 dan ortiq obligat, simbiont va parazit mikroorganizmlarning va
qator gelmintlaming mavjudligi ovqat hazm qilish fiziologiyasi mikrobiologiya, tibbiy
parazitologiya va gelmintologiya fanlari bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Hazm jarayonini
amalga oshirishda hazm tizimidan tashqari asab va
gumoral boshqaruv
mexanizmlari
, qon bilan ta’minlanish, muskullarning harakati, ayiruv a’zolar ishtirok
etganligi uchun bu fan barcha funksional tizimlarning (asab, yurak-tomir, ayiruv,
endokrin) fiziologiyasi bilan bog'liq bo'lib, ovqatlanish fiziologiyasining nazariy asosi
sifatida xizmat qiladi. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi qator fanlar bilan bog'liq
bo'lishiga
qaramay,
uning
quyidagi
xususiy
vazifalari
mavjud:
- Turli sharoitda hazm tizimidagi tarkibiy va funksional o'zgarishlar o‘rtasidagi
bog'liqlikni
aniqlash;
- Hazm tizimining boshqa funksional tizimlar bilan aloqasini o'rganish;
- Hazm jarayonini o'rganuvchi usullarni takomillashtirib, yangi usullarni yaratish;
- Hazm a’zolarining ovqatning assimilatsiyasi bilan bog'liq bo'lmagan funksiyalarini
o'rganish;
- Ekologik omillar hamda kasalliklar ta’sirida hazm a’zolarining oziqaning
о'zlashtirishidagi ishtirokini tekshirish, individual hayot davomida hazm tizimining
ta’sirchanligini
aniqlash;
- Hazm a’zolarining boshqa funksional tizimlar bilan aloqalarini aniqlash, amaliy
diyetologiya
va
gastroenterologiya
uchun
tavsiyalar
ishlab
chiqish
;
- Hazm jarayonining biokimyoviy, biofizikaviy, molekular va genetik asoslarini
yoritish;
- Hazm jarayonining tarixiy va individual evolutsiyasini o'rganish, uning yanada
rivojlanishi
haqida
aniq
fikrlar
ishlab
chiqish.
Hazm tizimining anatomiyasi Ovqat hazm qilish yo'li diametri turlicha bo'lgan uzun
kanal shaklidagi tuzilma bo'lib, u qorin bo‘shlig'ida joylashgan Asosiy sekretor a’zolar
hazm kanalining tashqarisida joylashgan bo‘lib, bularga ovqat hazm qilish jarayonida
og'z bo‘shlig'iga ochiladigan uch juft so'lak bezi (quloq oldi, til osti va jag‘ osti),
ingichka ichakning o'n ikki barmoqli ichak bo'limiga ochiladigan jigar (o't yo'li orqali)
va me'da osti bezlari kiradi. Butun hazm yo'lining shilliq qavatida joylashgan juda ko'p
sonli mayda bezlarning yo'lari ham hazm kanaliga ochiladi. Tishlar hazmda ishtirok
etuvchi yordamchi moslama bo'lib, oziq moddalarning mexanik ishlovida ishtirok
etadi. Ovqat hazm qilish kanali o‘z ichiga og'iz bo‘shlig'i, xalqum (tomoq),
qizilo'ngach, ingichka va уo'g'on ichaklarni olib, anal teshigi bilan tugalianadi. Hazm
kanali atrofidagi organlarga barcha hazm bezlari, tishlar va qorin pardasi kiradi.
Og'iz boo'shligi (cavum oris) old tomondan lablar, yon tomondan lunj, yuqori
tomondan tanglay, past tomondan til va ogiz bo'shlig'ining tubini hosil qiluvchi
mushaklar hamda orqa tomondan xalqum bilan tutashtirib turuvchi kichik tilcha
(isthmus faucium) bilan chegaralangan . Jag'ning alveolar o'simtalari tishlar bilan
birgalikda og'izni oldingi (vestibulum oris) va asosiy og'iz bo‘shlig'iga (cavum oris
proprium) ajratadi. Lablar (labia oris), asosan, tashqi tarafdan teri va shilliq qavatlar
bilan qoplangan ikkita mushak buramalardan - yuqori (labium superius) va pastki
(labium inferius) lablardan iborat bo'lgan tuzilmalardir. Lablarning mushaklari
ogizning yumaloq mushagi va g'ovak biriktiruvchi to'qima hisobiga hosil bo'lib, uchta
qismga bo'linadi: teri (pars cutanea), hamda oraliq (pars intermedia) va shilliq
qavatlar
(pars
mucosa).
Lunjlar (buccae)
tashqaridan teri bilan
, ichki tomondan og'izning shilliq qavati (tunica
mucosa oris) bilan qoplangan. Ikkala qavat o‘rtasida lunj mushagi (m. buccinators)
joylashgan. Lunjlarning shilliq qavatida bezlar (glandulae buccales) mavjud boiib,
ularning yo'lari og'iz bo'shlig'iga ochiladi. Ikkinchi katta oziq tishning ro'parasida har
bir lunj shilliq qavatida quloq oldi bezning so'ig'ichi (papilla parotidca) bo'lib, undan
quloq oldi bezining so'lak yo'li (ductus parotideus) og'iz bo'shlig'iga ochiladi. Tanglay
(palatum) yumshoq va qattiq tanglaylarga ajratiladi. Tanglayning oldingi qismi suyak
asosiga (palatum osseum) ega. Bu soha qattiq tanglay (palatum durum) deb
nomlanib, uning suyakli asosi yuqori jag'ning tanglay o'simtalaridan va tanglay
suyaklarining gorizontal o'simtalaridan hosil bo'lgan. Tanglayning orqa tarafi -
yumshoq tanglay (palatum molle), asosan mushaklar, aponevroz va bezlardan tashkil
topgan. Uning tanglay pardasi (velum palatinum) deyiluvchi oldingi gorizontal qismi
uzunchoq bo‘yinni (isthmus faucium) hosil qilib, kichik o‘simta shakliga ega bo'lgan
tilcha
(uvula)ga
aylanadi.
Til (lingua, s. glossa) da oldingi erkin qism yoki tilning tanasi (corpus linguae) va orqa
qismi - tilning ildizi (radix linguae) farqlanadi . Tilning yuqori sathi g‘adir-budursimon
shilliq qavat (tunica mucosa linguae) bilan qoplangan bo'lib, u til ildizi va tilning pastki
sohasida silliq bo'ladi. Tilning ustida juda ko‘p so‘rg‘ichlar mavjud bo'lib, ular to‘rt
guruhga ajratiladi: ipsimon so‘rg‘ichlar (papillae filifonnes), butun tilning tanasida
joylashgan; zamburug‘simon so‘rg‘ichlar (papillae fungiformes), 150 dan 200 gacha
bo'lib, asosan, tilning tana qismida joylashgan; eng katta tarnovsimon so‘rg‘ichlar
(papillae vallatae) tilning tanasi va ildizi chetida, har tomonda 7 tadan 11 tagacha
bo'ladi va yaproqsimon so‘rg'ichlar (papillae foliatae) tilning yon tomonida bo'ladi.
Til bezlari (glandulae linguales) shilimshiq, seroz va aralash bezlarga bo'linadi. Shilliq
va aralash bezlar o‘rtasida oldingi til bezi (glandula lingualis anterior) va tildagi
bodomsimon o‘simtaning bezlari (glandulae tonsillae lingualis) farqlanadi. Til
mushaklari (mm. linguae) ikki guruhdan iborat bo'ladi: birinchi guruhi skelet
mushaklari bo' lib, til suyaklardan uning tanasigacha cho‘ziladi, ikkinchi guruh esa
uning asosiy massasini tashkil qiladigan tilning
xususiy mushaklaridir
Halqum (pharynx) ovqat luqmasini ogiz bo‘shligidan qizilo'ngachga o'tkazuvchi
naydir. Shu bilan birga, halqum burun bo'shlig'i va hiqildoq o‘rtasida havo
o'tkazuvchi rolini ham bajaradi. Halqum umurtqa pog‘onasining oldingi qismida, VI
bo'yin umurtqasi ro‘parasida joylashgan. U torayib, qizilo‘ngachga o'tib ketadi.
Halqum bo'shlig'i uch qismga bo'linadi yuqori burunhalqum (pars nasalis); o'rta ogiz
(pars oralis) va pastki hiqildoq (pars laryngea). Halqumning oldingi tomonidagi
halqumga kirish teshigi (aditus larvngis) uni hiqildoq bo‘shligi (cavum laryngis) bilan
tutashtiradi. Hiqildoq devori uch qavatdan: adventitsial (tashqi biriktiruvchi qavat,
tunica adventitia); mushak qavati (tunica muscularis) va shilliq qavatdan (tunica
mucosa)
tashkil
topgan.
Qizilo‘ngach (esophagus)da uchta bo'lim ajratiladi: bo‘yin bolimi, ko'krak bo'limi va
qorin bo'limi . Qizilo‘ngach umurtqa pog‘onasining oldida joylashgan boiib, ikkita
sagittal va ikkita frontal tekisliklarda bo'lingan to'rtta egrilikka ega. Qizilo‘ngachning
diametri bir xil emas. Uning uchta toraygan (sfinkter) va ikkita kengaygan qismlari
mavjud. Uzunligi bo'yicha mushak qavatlari bir xil darajada rivojlanmagan.
|