Anatomiya sohasiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlar


Teri tuzilishi va funksiyasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#168345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Odam anotimiyasi

Teri tuzilishi va funksiyasi 
 
Teri ko‘p qavatli epiteliy to‘qimasidan tashkil topgan bo‘lib, odam tanasini 
tashqi tomondan o‘rab turadi. Uning sathi o‘rta yoshli odamlarda 1,5—2 m2 
gacha bo‘ladi. Terining qalinligi tananing turli sohalarida turlicha bo‘ladi. 
Tananing orqa, son, qo‘lning kaft, oyoqning tovon sohalarida terining 
qalinligi 4 mm gacha, qovoq terisi undan o‘n marta yupqa — 
0,4 mm bo‘ladi. Teri uch qavatdan iborat: 1) epidermis — 
terining eng ustki qavati; 2) derma 
— asl teri qavati; 3) giðo- derma—
teriosti yog‘ qavati (51-rasm). 
Epidermis epiteliy to‘qimasining ko‘p qavatli yassi hujay- ralaridan tashkil 
topgan. Uning ustki qavatidagi hujayralar tez-
tez yemirilib (po‘st tashlab), 
ularning o‘rniga yangi hujayralar hosil bo‘lib turadi. Epidermisning ustki 
qavati har 7
—11 kunda butunlay yangilanadi. 
Derma epidermisning tagida joylashgan bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimadan 
tashkil topgan. Unda juda ko‘p mayda qon va 1 limfa tomirlari, nerv tola- 

5 I 
— terining epidermis qavati: 
1
— epidermisning sirtqi qavatidagi o‘lik hujayralar; 2— epidermisning ichki 
qismidagi tirik hujayralar 
qatlami. 
II 
— derma chin (asl) teri qavati: 3 — teridagi retseptorlar; 4 — ter bezlari; 
5
— jun (tuk) xaltachalari. 

88 
3 4 
51- 
rasm. Òerining tuzilishi: 
III 
— giðoderma — teriosti yog‘ qavati: 6— yog‘ bezlari. 


larining uchlari, retseptorlar, soch va tuk ildizlari, ter va yog‘ bezlari, mayda 
muskul tolalari bo‘ladi. 
Giðoderma asl teri qavatining tagida joylashgan bo‘lib, u yumshoq 
biriktiruvchi to‘qima va yog‘ moddasidan tashkil topgan. 
Òeri organizmda xilma-xil: himoya, sezish, ayirish, nafas olish va chiqarish, 
tana haroratining doimiyligini ta’minlash kabi funksiyalarni bajaradi. 
Òerining himoya funksiyasi. Òeri odam tanasining ustki qis- mini qoplab 
turadi va uning ostida joylashgan barcha to‘qima- larni tashqi muhitning 
noqulay (kimyoviy, fizik, mexanik) ta’siridan hamda mikroblar kirishidan 
himoya qiladi. 
Òerining sezish funksiyasi. Òerida to‘rt xil ta’sirni sezuvchi retseptorlar 
joylashgan: ular og‘riqni, issiqni, sovuqni sezuv- chi va taktil retseptorlardir. 
Òeri retseptorlari tashqi muhitning turli xil ta’siriga moslashish xususiyatiga 
ega. 
Òerining ayirish funksiyasi. Asl teri qavatidagi ter bezlarining soni tananing 
turli sohalarida har xil bo‘ladi. Òer bezlari ayirish funksiyasini bajaradi. Bir 
kecha-
kunduzda katta odamda o‘rtacha 500 ml ter ajraladi va uning 
tarkibida 2 g osh tuzi, 1 g atrofida azot qoldig‘i ajraladi. Òashqi muhit 
harorati yuqori bo‘lgan sharoitda ter ajralishi kuchayadi. Bundan tashqari, 
odam tanasining harorati ko‘tarilganda, jismoniy mehnat, sport mashqlarini 
bajarganda, ruhiy (emotsional) ta’sirlanish vaqtida ter ajralishi ko‘payadi. 
Ayollar terisinin
g ko‘krak sohasida bir juft sut bezlari joy- lashgan. Bu 
bezlardan ajraladigan sut tarkibida 1,5% oqsil, 4,5% yog‘, 6,5 % uglevodlar, 
0,3 % har xil mineral tuzlar, 87 % suv hamda vitaminlar va har xil fermentlar 
bo‘ladi. Ona suti bola bir yoshga kirguncha unga asosiy va muhim oziq 
bo‘lib hisoblanadi. Ona sutida antitelolar bo‘lib, ular bolani har xil yuqumli 
kasalliklardan himoya qiladi, ya’ni immunitet vazifasini bajaradi. Sog‘lom 
ayolning ko‘krak bezlaridan bir kecha-kunduzda 1—1,5 l va undan ko‘proq 
sut ajraladi. 
Òerining nafas olish funksiyasi. Òeri organizmda gazlar al- mashinuvida 


ishtirok etadi. Hujayra va to‘qimalarda moddalar almashinuvi natijasida 
hosil bo‘lgan karbonat angidrid gazining 2 % i teri orqali, qariyb 98 % i 
nafas organlari orqali tashqi 89 muhitga ajratiladi. Odam organizmiga bir 
kecha-
kunduzda zarur bo‘lgan kislorodning 1 % i teri orqali, 99 % i nafas 
organlari orqali qabul qilinadi. 
Odam hammomda yuvingandan so‘ng o‘zini juda yengil sezishi terining 
nafas olishda ishtirok etishidan da
lolat beradi, ya’ni toza teri orqali nafas 
olish yaxshilanadi. 
Òerining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi. 
Odam va yuksak hayvonlarning tana harorati deyarli doimiy bir xil 
saqlanadi, ya’ni 36,2—36,8°C atrofida bo‘ladi. Òashqi mu- hitning ob-
havosi o‘zgarishidan qat’i nazar, sog‘lom odamning tana harorati yuqorida 
ko‘rsatilgan darajada saqlanadi. 
Ob-
havo issiq bo‘lgan vaqtda teridagi issiqni sezuvchi retseptorlar 
qo‘zg‘alib, undagi qon tomirlarini kengaytiradi. Shuning uchun bunday 
vaqtda od
amning terisi qizaradi. Odam ko‘p terlaydi va teri orqali issiqlik 
ajralishi ko‘payadi. Òeri organizmda xilma-xil: himoya, sezish, ayirish, nafas 
olish va chiqarish, tana haroratining doimiyligini ta’minlash kabi 
funksiyalarni bajaradi. 
Òerining himoya funksiyasi. Òeri odam tanasining ustki qis- mini qoplab 
turadi va uning ostida joylashgan barcha to‘qima- larni tashqi muhitning 
noqulay (kimyoviy, fizik, mexanik) ta’siridan hamda mikroblar kirishidan 
himoya qiladi. 
Òerining sezish funksiyasi. Òerida to‘rt xil ta’sirni sezuvchi retseptorlar 
joylashgan: ular og‘riqni, issiqni, sovuqni sezuv- chi va taktil retseptorlardir. 
Òeri retseptorlari tashqi muhitning turli xil ta’siriga moslashish xususiyatiga 
ega. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin