ichakning ostki qismlari esa tashqi embrional parda –
ektodermadan taraqqiy qiladi.
Ichak nayi devorining mushak va seroz qavatlari mezenxima
to`qimasidan rivojlanadi.
Og`iz bo`shlig`i
Hazm a`zolari sistemasining boshlang`ich
qismi, ovqat 1- marta shu bo`shliqqa qabul qilinib, tishlar
vositasida maydalanadi va so`lak yordamida namlanib, kimyoviy
parchalanish boshlanib, me`daga o`tkazish uchun tayyorlanadi.
Og`iz bo`shlig`i; og`iz dahlizi va xususiy og`iz dahlizidan iborat.
Og`iz dahlizi old tomondan yuqori va pastki lablar, yon tomondan
lunjlar, orqa tomondan yuqori va pastki jag` tishlar
hamda
milklar bilan chegaralangan.
Lablar – tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan
qoplanib, uning asosini aylanma mimika mushagi tashkil qiladi.
Xususiy og`iz bo`shligi berk turganda ikki yon va old tomondan
tishlar chegaralaydi. Yuqori devorini qattiq
va yumshoq tanglay
hosil qiladi hamda burun bo`shlig`ini og`iz bo`shlig`idan ajratib
turadi. Og`iz bo`shlig`ini shilliq pardasida mayda bezlar
joylashgan.
Og`iz bo`shlig`idan halqumga o`tish joyiga tomoq bo`lib,
yuqoridan yumshoq
tanglay chodiri, ikki yon tomondan tanglay
ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va til ildizi bilan
chegaralanib turadi.
Tishlar
Tishlar ovqatni tishlab uzib olish, maydalash, so`zlarni to`g`ri
talaffuz etishda faol ishtirok etadi. Tishlar og`iz dahlizi bilan
xususiy og`iz bo`shlig`ini orasiga chegara bo`lib joylashgan.
SHilliq pardaning suyaklardan so`rg`ichlari hisoblangan tishlar
epiteliy va mezenximadan rivojlanadi va jag` suyaklarining
maxsus tish katakchalariga mix kabi joylashadi.
Odamlarda tishlar ikki marta almashinadi. Bolalarda sut tishlar 6-
7 oylikdan boshlab 3 yoshgacha chiqishi davom etadi. Ular 20 ta
bo`lib, 6-7 yoshdan boshlab, doimiy tishlar bilan almashina
boshlaydi.
Har bir tish uch qismdan iborat: toj qismi (karona dentis), tish
ildizi, tish bo`yinchasi. Tishlar kimyoviy tarkibiga ko`ra suyakka
yaqin, lekin juda zich joylashgan. Tish
toji dentin moddadan
tuzilgan bo`lib, ustini emal o`rab turadi.
emalning ust tomoni juda yupqa, shoxsimon kutikula pardasi
bilan qoplangan. Til mushaklardan tuzilgan bo`lib, og`iz
bo`shlig`ida joylashgan. Til faqat hazm a`zolariga mansub
bo`lmasdan, so`zlashishda, talaffuzda faol katnashadi. Til uch
qismdan iborat: til uchi, til tanasi, til ildizi.