2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə4/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

Nerv to‘qimasi. Ushbu to‘qima embrionning ekzodermasidan hosil bo‘ladi. U bir-biri bilan zich joylashgan va bog‘langan nerv hujayralari - neyronlardan tashkil topgan. Neyronlarning birgina odam miyasidagi mikdori 1010 taga tengdir. Neyronlar olingan ta`surotni (nerv impulslarini) doimo o‘tkazib turadi. Nerv to‘qimasi retseptor hujayralarni o‘zida saqlaydi. Ko‘pincha nerv to‘qimalari atrofida tomirlar ko‘p bo‘lgan biriktiruvchi to‘qima joylashadi. Nerv sistemasining funksional birligini neyronlar tashkil etadi. Ular qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, olingan ta`sirlarni (impulslarni) to‘qima va organlargacha o‘tkazib turadi. YA`ni retseptorlar (qo‘zg‘aluvchanlikni qabul qiluvchi organizmlar) bilan effektorlar (qo‘zg‘aluvchanlikka javob beruvchi to‘qima va organlar) o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradi. Impulslarni markaziy nerv sistemasigacha olib boruvchi neyronlarni efferent yoki sensor neyronlar deyiladi. Bu neyronlar o‘z navbatida yana impulslarni markaziy nerv sistemasidan effektorlarga yuborib turadi.
Har bir neyron diametri 3- 100 mk keladigan yadro va boshqa organoidlari bo‘lgan tana hujayralari hamda undan hosil bo‘lgan bir qancha sitoplazmatik o‘simtalardan tashkil topgan. Impulslarni tana hujayralariga olib boruvchi o‘simtalar dendridlar deb ataladi, ular qisqa va yo‘g‘on bo‘lib, ingichka shoxchalarga ajralib ketadi. Impulslarni tana hujayralardan boshqa hujayralarga yoki periferik organlarga o‘tkazuvchi o‘simtalar aksonomlar yoki nerv tolalari deyiladi. Bular dendritlarga nisbatan ingichka bo‘lib, uzunligi bir necha metr bo‘lishi mumkin.
Aksonlarning distal qismi ya`ni to‘qimalarga borgan qismi uchi kengaygan bir nechta shoxchalarga bo‘linadi. Bir neyron aksonlarining ikkinchi neyron dendritlari bilan birlashishi sinaps deyiladi. Sinapslar qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi bo‘ladi. Akson tarmoqlarining kengaygan uchlari maxsus modda (neyromediatorm, atsetilxolin), hamda mitoxondriylar bilan to‘lgan bo‘ladi. Tana hujayrasida esa oqsilni sintez qiluvchi ribosomalar guruhi va Goldji apparati joylashadi. Neyronlarning aksoplazmasida mikronaychalar, neytrofibrillar, mitoxondriylar va granulali endoplazmatik to‘rlar bo‘ladi.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin