2-mavzu
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja 1. Ko‘p hujayrali organizmlarning kelib chiqishi.
2. O‘simlik va hayvon to‘qimalari to‘g‘risidagi ta’limot.
3. Organizmdan tashqarida hujayra va to‘qimalarni o‘stirish.
4. Hujayra va to‘qimalar evolyusiyasi.
1. TIRIK ORGANIZMLAR TO‘G‘RISIDAGI TA`LIMOT, HAYOTNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI Ko‘p hujayrali organizmlarning kelib chiqishi Ko‘pchilik hayvonlar (Metazoo) o‘simliklar (Metafyto) va zamburug‘lar ko‘p hujayralardan tashkil topgan. Ko‘p hujayrali organizmlar uchun individual taraqqiyot (ontogenez) xususiyati xos bo‘lib, u ko‘pincha zigotaning bo‘linishidan boshlanadi. Ko‘p hujayrali organizmlar evolyusiya davomida kolonial yashovchi yadroli bakteriyalar va suvo‘tlaridan hosil bo‘lgan. Bu sohada bir qancha gipotezalar (taxminlar) mavjud bo‘lib (Tastrem nazariyasi, fagatsitellar nazariyasi), ular orasida yakdillik yo‘q.
Bu nazariyalar orasida kolonial holda yashovchi (xivchinlilar) oddiy hayvonlarning murakkablashishi natijasida ko‘p hujayrali hayvon va o‘simliklar paydo bo‘lgan degan nazariya xaqiqatga to‘g‘ri keladi.
O‘simlik va hayvonlar to‘qimalari to‘g‘risidagi ta`limot Barcha ko‘p hujayrali organizmlarda bir xil vazifani bajaruvchi va bir – biriga o‘xshash hujayralar sistemasi to‘qima deb ataladi.
To‘qima tushunchasini birinchi bo‘lib fanga 1671 yil ingliz olimi N.Gryu kiritgan. To‘qimalarni o‘rganuvchi fanga gistologiya deb ataladi.
Hujayralar birikib to‘qimalarni tashkil qiladi. O‘simliklar hujayrasini birlashtirib turuvchi mexanizmlar biroz boshqacharoq, o‘simliklarda plazmatik membranalar bo‘lmaydi, biroq ularning hujayrasi hujayra po‘sti bilan qoplangan bo‘lib, ularda maxsus kanalchalar bo‘ladi. Hujayralar mana shu kanalchalar orqali o‘tib turadigan sitoplazmatik iplar (plazmadesmalar) yordamida birlashadilar.
Hayvonlarda to‘qimalar embriogenez natijasida embrionning ekzoderma, endoderma, mezoderma qavatlari hujayralarining bo‘linishidan hosil bo‘ladi. Har xil to‘qimalar birlashib organlarni hosil qiladi. Ichki organlar ko‘pincha hayvonlarga xos bo‘lib, o‘simliklarda bo‘lmaydi. Hayvon organizmlarida organlar yirikroq funksional birlikka-tizimga birlashgan bo‘ladi. Ana shunday sistemalarga ovqat hazm qilish tizimi (oshqozon osti bezi, jigar, meda, 12 barmoq ichak, ingichka ichaklar va b.q.), yurak tomir tizimi (yurak, qon tomirlari) va boshqa shu kabi tizimlar kiradi. Ba`zi to‘qima hujayralari bir xil (tip)da tuzilgan bo‘lsa, (masalan o‘simliklardagi parenxima, kollenxima, po‘stloq to‘qimalari,) hayvonlardagi yassi epiteliy to‘qimalari (ikkinchi bir xil to‘qimalarni hosil qiluvchi hujayralar), har xil tuzilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘simliklardagi floema va ksilema to‘qimalari, hayvonlardagi g‘ovak birlashtiruvchi to‘qimalar.