2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


O‘simlik va hayvonlarning mineral oziqlanishi



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə25/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

O‘simlik va hayvonlarning mineral oziqlanishi
Avtotrof oziqlanishda yashil o‘simliklar SO2 va suvdan organik moddalarni sintez qilish bilan birga mineral moddalar (nitratlar, sulfatlar, fosfatlar va hokazo) dan oqsillar, nuklein kislotalarni ham hosil qilib turadilar. Mineral moddalardan geterotrof organizmlar ham foydalanadi. Organizmlarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan elementlarni asosiy elementlar deyiladi. Ulardan eng muhimlari uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, magniy, kal`siy va xlordir. Organizmlar uchun juda kam talab qilinadigan ba`zi bir elementlarni mikroelementlar deyiladi. Bularga marganets, temir, kobal`t, mis, rux, molibden, xrom, bor, kremniy, ftor, yod va boshqalar kiradi. YAshil o‘simliklar o‘zlariga kerakli mineral elementlarning uglerod, vodorod, kisloroddan tashqari hammasini tuproqdan oladilar.
Organizm uchun ko‘p miqdorda kerak bo‘luvchi elementlarni makroelementlar deyiladi. YUqorida nomi zikr etilgan makro yoki mikro elementlardan birortasi etishmasa organizmda turli xil kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin. Odatda o‘simliklar mineral moddalarni ionlar va anionlar yoki kationlar tariqasida qabul qiladilar.
Kationlar 2 guruhga: engil metall ionlari va og‘ir metall ionlariga bo‘linadi. Ikkinchi guruhga kiruvchi metallar, masalan temir va mis ko‘pincha mitoxondriyalar va xloroplastlarda ko‘proq uchraydi. Hayvonlarda esa biroz boshqacharoq, ular asosiy elementlarni ko‘pincha asosiy organik moddalardan oladilar. Masalan, kerakli azotni asosan oqsilli oziqalardan oladilar. Tabiatda elementlar ayniqsa mikroelementlar bir tekisda uchramaydi. O‘simliklarning er yuzida tarqalishining asosiy omillaridan biri ham ana shu elementlarning tuproqdagi miqdoriga bog‘liq. Tuproqning unumdorligi ham ana shu elementlarning ma`lum nisbatda bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. U yoki bu elementlarning o‘simliklarga ta`sirini aniqlash hamma vaqt ham osonlikcha kechmaydi. Masalan, o‘simliklardagi xloroz kasalligi magniy yoki temir etishmasligidan bo‘lsada, bu ikki elementlar xlorofilni sintez qilishda bir xil ahamiyatga ega emas. Qo‘ylar va qoramollarda uchraydigan ich ketish kasalligi ular organizmida mis etishmasligi yoki molibdenning ko‘pligidan bo‘ladi.
O‘simlik organizmining turli xil moddalarga ehtiyoji har xil (kislorod va vodorodni eng ko‘p qabul qiladi). Oziq elementlarining birortasini o‘rnini boshqasi bosa olmaydi.
Sanoat ahamiyatiga ega mineral o‘g‘itlar XIX asrdan tarqala boshlagan. SHungacha o‘g‘it sifatida asosan go‘ng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. Mineral o‘g‘itlar ekin hosildorligini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zig‘ir va lub tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini ko‘paytiradi. Mineral o‘g‘itlar organik o‘g‘itlar bilan qo‘shib ishlatilsa yanada yaxshi natija beradi.
Mineral o‘g‘itlar bevosita va bilvosita ishlatiladigan o‘g‘itlarga bo‘linadi. Bevosita ishlatiladigan o‘g‘itlar tarkibida o‘simliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar bo‘ladi. Bu guruh o‘g‘itlar asosan bir oziqa elementli, masalan azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks ya`ni aralash va murakkab o‘g‘itlardan iborat. Aralash mineral o‘g‘itlar zavodda yoki xo‘jalikning o‘zida bir necha xil o‘g‘itni aralashtirib, murakkab o‘g‘itlar esa, zavodda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar (masalan, ohakli o‘g‘itlar, gips va boshqalar), asosan tuproqning agroximik va fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qo‘llaniladi. Mineral o‘g‘itlar qattiq ya`ni kukunsimon va donador hamda suyuq-ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida bo‘ladi.
Mineral o‘g‘itlar azotli o‘g‘itlar, fosforli o‘g‘itlar va kaliyli o‘g‘itlarga bo‘linadi.
Mineral o‘g‘itlarning samaradorligi o‘simlikning biologik xususiyatiga, har gektar erga beriladigan o‘g‘it normasiga, organik o‘g‘itlar bilan qo‘shib ishlatilishiga, qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar sifatiga va boshqalarga bog‘liq. Masalan, normal sharoitda o‘stirilayotgan g‘o‘zaga berilgan 1 sentner azot evaziga 14 sentner, 1 sentner fosfor evaziga 6 sentner va 1 sentner kaliy evaziga 2 sentner paxta xosili olish mumkin. Mineral o‘g‘itlar erga kuzda yoki erta bahorda (asosiy o‘g‘itlash), ekish vaqtida va o‘suv davrida solinadi. Mineral o‘g‘itlarni noto‘g‘ri qo‘llash tuproq unumdorligining pasayishiga, o‘simlik va hayvonlarning nobud bo‘lishiga, daryo hamda suv havzalarining ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda kompleks o‘g‘itlar (ammofos, diammofos, nitrofoska va shu kabilar) ko‘plab ishlab chiqarilmoqda.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin