2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll
Organizmlarning kimyoviy tarkibi Tirik organizm tarkibida 100 ga yaqin kimyoviy elementlar uchraydi. Biroq, organizmning hayot faoliyati uchun ulardan 16 tasi eng muhim hisoblanadi. Tirik organizmlar tarkibida ko‘p uchraydigan kimyoviy elementlarga vodorod, uglerod, kislorod va azot kiradi. Bu elementlar organizmning 99 % foizini tashkil qiladi. Organizm hayot faoliyatida ayniqsa, uglerod bir qancha muhim kimyoviy moddalar tarkibida uchrab muhim rol o‘ynaydi.
Planetamizda suvsiz hayot bo‘lmaydi. Suv dastlabki tirik organizmlar uchun eng zaruriy muhit bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari u tirik hujayraning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi.
Suv – eng muhim erituvchi moddadir. Eritilgan moddalar tarkibidagi ionlar va molekulalar erkin harakatda bo‘ladi. SHu sababli hujayradagi ko‘pgina reaksiyalar suv eritmasida o‘tadi.
Suv o‘zida har xil moddalarni eritib ularni turli joylarga tashib transport vazifasini ham bajaradi. Suv xuddi shunday vazifani qonda, limfatik sistemalarda, ovqat xazm qilish organlarida, o‘simliklarning floema va ksilemasida bajaradi.
Suv issiq o‘tkazuvchi muhit hamdir. Issiqlik energiyasi suvga ko‘proq ta`sir etganda ham suvning harorati shu darajada ko‘tarilmaydi. Suvga ta`sir ettirilgan energiyaning ko‘p qismi vodorod bog‘lamini uzishga sarf bo‘ladi. Ko‘pchilik hujayra va organizmlar uchun suv ko‘pincha ularning yashaydigan muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Suv bug‘lanish xususiyatiga ham ega. Bug‘lanish bilan birga uning sovishi ham bo‘lib, bu hodisa hayvonlarda yaxshi kuzatiladi. Suvning bu xususiyatidan yashil o‘simliklarning bargi ayniqsa yaxshi foydalanadi. YA`ni, suv barg yuzasi orqali bug‘langanda barg yuzasi ancha soviydi.
Suv organizmdagi modda almashinish jarayonining asosiy komponentlaridan biridir yoki boshqacha aytganda modda almashinish jarayoni suvsiz o‘tmaydi. Fotosintez jarayonida suv vodorod manbai bo‘lib xizmat qiladi hamda gidrolizda ishtirok etadi.
Tarixiy taraqqiyot davrida tabiiy tanlanish davomida turlarning paydo bo‘lish jarayoniga ta`sir etuvchi muhim omillardan biri suvdir.
YUqorida aytilganlardan tashqari suv biologik tizimni ushlab turadi, urug‘lanish uchun muhit bo‘lib xizmat qiladi. O‘simliklarning urug‘larini, mevalarini, suvda yashovchi organizmlarning gametalari, lichinkalarini tarqatishga yordamlashadi, fotosintez jarayonida qatnashadi, urug‘larning o‘sishini ta`minlaydi.