2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə3/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

Biriktiruvchi to‘qima. Bu xil to‘qimaga suyak to‘qimasi, tog‘aylar, paylar, bog‘lovchilar, tolali biriktiruvchi to‘qimalar kirib, ular boshqa hujayralarni (to‘qimalarni) birlashtirib turadi. Bu to‘qima hujayra va hujayra oraliq moddasidan tashkil topgan. Hujayra oralig‘i moddasining tuzilishi va xususiyatiga ko‘ra bir necha xilga bo‘linadi.
Suyak to‘qimasi. Organizm skeletini hosil qiladi. U suyak hujayralari (osteotsitlar, osteoblastlar va osteoklastlar) va ular yordamida hosil bo‘lib turadigan suyak asosiy moddasidan tuzilgan. Suyak asosiy moddasi tarkibida ko‘pincha oqsillardan kollagen va kal`siy tuzlari bo‘ladi.
Tog‘aylar. Umurtqali hayvonlarning skeletlari embrional davrida tog‘aydan tashkil topadi va etilgach, suyakka aylanadi. Akula va skatlar bundan mustasno. Odamlarda tog‘ay faqatgina quloq suprasida va burun uchida saqlanib qolgan. Tog‘aylar qattiq va egiluvchan bo‘ladi.
Hayvon organizmidagi muskullar uch guruhga bo‘linadi:
1. Suyak muskullari yoki ko‘ndalang-targ‘il muskullar.
2. Silliq muskul to‘qimalari.
3. Yurak muskul to‘qimalari.
Muskul to‘qimalarining qisqarishi natijasida mexanik ish bajariladi.
YUrak muskullari yurak devorlarini, silliq muskullar esa ovqat hazm qilish hamda ba`zi bir ichki organlarning devorlarini hosil qiladi. Suyak muskullari ko‘p miqdorda uchrab, ko‘pincha suyakka birlashgan bo‘ladilar. Suyak va yurak muskullarini tashkil etuvchi hujayralar boshqa hujayralardan farqli bir nechta yadroli bo‘ladi. Bundan tashqari suyak muskul hujayralaridagi yadrolar hujayraning markazida emas, hujayra membranasi ostida joylashadi.
Qon va limfalar. Bu to‘qimalar organizmning embrional rivojlanish davrida mezodermadan hosil bo‘ladi, keyinchalik ular qon hosil qiluvchi polipotent hujayralardan shakllanadi. Odamlarda dastlabki qon hujayralari qon tomirlari bilan bir vaqtda avval o‘t xaltachalari devorlaridan, keyinchalik jigar va orqa miya hujayralaridan timus va taloq hamda embrionning limfatik tugunchalaridan hosil bo‘lib turadi. Embrionning rivojlanishidan keyin ham qon va limfalarning hosil bo‘lishi davom etadi. Qon oziqlantirish, nafas olish va transport kabi eng muhim vazifalarni bajaradi. Qon murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u odam massasining taxminan 5-9 % ni tashkil etadi.
Qon tarkibi qon plazmasi va shaklli elementlari-eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan (qon plastinkalari) iborat. Qon plazmasi tarkibida 90-93 % suv bo‘lib, u o‘zida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va mineral moddalarni saqlaydi.
Eritrotsitlar yoki qizil qon tanachalari yadrosiz oval shakldagi hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ularning diametri 7,1-7,9 mkm. Erkak odamning 1 ml. qonida 3,9-5,5x10 miqdorda va ayol kishining 1 ml. qonida esa 3,7-4,9x10 miqdorida eritrotsitlar bo‘ladi. Eritrotsitlar asosan kislorod va karbonat angidridni tashish uchun xizmat qiladi.
Leykotsitlar yoki oq qon tanachalari granulotsitlar va agranulotsitlarga bo‘linadi. Granulotsitlar neyrofillar, eozinofillar va bazofillarga bo‘linadi. Agranulotsitlar tarkibida limfotsitlar bo‘ladi. Qon tarkibida limfotsitlar 20-35 % gacha bo‘ladi. Ular kattaligi va shakli bo‘yicha farq qiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra T-limfotsitlar timusdan va V-limfotsitlar orqa miyadan hosil bo‘ladi.
Monotsitlar 18-20 mkr kattalikdagi hujayralardir. Ular leykotsitlarning 6- 7% ni tashkil etadilar. Leykotsitlar organizm immunitetini shakllantirib, organizmni himoya qilishga xizmat qiladi.
Trombotsitlar (qizilqon plastinkalari) yadrosiz hujayralar bo‘lib, kattaligi 2 –3 mk. ni tashkil etadi. Odamning 1 ml. qon tarkibida 3 x 108 ta trombotsitlar bo‘ladi. Ular qonni ivishida qatnashadi.
Limfa- qonga o‘xshash suyuq qismdan va shaklli elementlardan tashkil topgan. Suyuq qismi limfaplazmalardan, shaklli elementlari esa limfotsitlardan tarkib topgan. Limfa tarkibida kam miqdorda monotsitlar ham bo‘ladi. Limfa limfotsitlarni tartibga solib turishda hamda organlarda metabolizm natijasida to‘plangan suyuqliklarni chiqarib tashlashda xizmat qiladi.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin