2 mavzu valyuta bozorlariningnazariy asoslari. Valyuta bozori tushunchasi va uning turlari



Yüklə 69,52 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü69,52 Kb.
#181964
  1   2
2Mavzu - копия (3)


2 mavzu VALYUTA BOZORLARININGNAZARIY ASOSLARI.
Valyuta bozori tushunchasi va uning turlari
Valyuta bozori deganda valyutalami oldi-sotdi qilish maqsadida
tashkil etilgan maxsus markazlarga aytiladi.
Valyuta bozorining 3 turi mavjud:
1. Milliy valyuta bozori.
2. Mintaqaviy valyuta bozori.
3. Jahon valyuta bozori.
Milliy valyuta bozori 2 qismdan iborat bo‘ladi:
1. Valyuta birjasi
2. Birjadan tashqari valyuta bozori.
0 ‘zbekiston Respublikasining Valyuta birjasi respublikamizda birja
bozori hisoblanadi.
Milliy valyutamiz-so‘mning nominal almashuv kursi Respublika
valyuta birjasida aniqlanadi.
Respublikamizda so‘mning nominal biija kursi valyutalaming
buyurtmali savdosi asosida amalga oshiriladigan oldi - sotdi mexanizmi
orqali shakllanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, 0 ‘RVBga
a’zo bo‘lgan tijorat banklari ikki xildagi buyurtmalami biijaga beradilar: a)
AQSH dollarini sotib olish maqsadida so‘mda berilgan buyurtmalar; b)
AQSH dollarini sotish maqsadida berilgan buyurtmalar (dollarda berilgan
buyurtmalar). Markaziy bankning Bosh dileri buyurtmalami qabul qilishni
to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruqni bergandan so‘ng har ikkala xildagi
buyurtmalar bo‘yicha jami nominal miqdorlar aniqlanadi. Shundan keyin
so‘mda berilgan buyurtmalaming jami summasini AQSH dollaridagi
buyurtmalar summasiga bo‘lish yo‘li bilan o ‘zbek so‘mining 1 AQSH
dollariga nisbatan nominal bitja kursi aniqlanadi. So‘mning valyuta kursini
1 AQSH dollariga nisbatan aniqlanayotganligi so'mning to‘g‘ri kotirovka
rejimiga ega ekanligidan dalolat beradi.
750 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal birja kursi
tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi aktiv va passivlarini qayta
baholash, boj hisobi hamda moliyaviy va statistik hisobotlami yuritish,
xo‘jalik yurituvchi subyektlar valyuta tushumlarining ma’lum qismini
majburiy tartibda sotishda qoilaniladi.
Respublikamizda valyuta operatsiyalarining asosiy qismi tijorat
banklari orqali o‘tadi.
2018-yilning 1-yanvar holatiga, respublikamiz bank tizimida 28 ta
tijorat banki mavjud. Shundan:
- davlat banklari - 3 ta
- aksiyadorlik-tijorat banklari - 12 ta
- xususiy banklar - 8 ta
- xorijiy kapital ishtirokidagi banklar - 5 ta
Rivojlangan xorijiy mamlakatlaming amaliyotida, xususan, AQSH,
Yaponiya, Kanada davlatlarining amaliyotida milliy valyutaning kursi
fiksing shaklida aniqlanadigan bozor mexanizmiga asoslanadi. Mazkur
mexanizmning mohiyati shundaki, maklerlar va tijorat banklari dilerlari
ishtirokida kun davomida amalga oshiriladigan valyuta savdosi
jarayonida shakllangan talab va taklif asosida, operatsion kunning aniq
bir vaqtida, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan birja kursi
aniqlanadi. Operatsion kunning aniq bir vaqtida milliy valyuta kursining
aniqlanishi fiksing deb ataladi.
Birjadan tashqari valyuta bozori banklararo bozordir. Bunda valyuta
savdosi tijorat banklari dilerlarining telefon yoki internet orqali
so‘zlashuvlari orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari spred shaklida, ya’ni valyutalami sotish kursi bilan
sotib olish kursi o ‘rtasidagi farq sifatida daromad oladilar. Bundan
tashqari, xorijiy valyutadagi aktivlami qayta baholash, mavjud bitimga
qarama-qarshi operatsiyalami amalga oshirish orqali ham tijorat banklari
valyuta operatsiyalaridan daromad oladilar.
2002-yilning 1-yanvaridan boshlab naqd Yevroning muomalaga
kiritilishi natijasida Yevropa banklari Germaniya markasi, Fransiya
franki, Italiya lirasi, Belgiya franki, Avstriya shillingi, Ispaniya peseti
kabi qator naqd valyutalaming muomaladan chiqib ketishi yuz berdi va
76buning natijasida ular 5 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi spred
shaklidagi daromaddan mahrum bo‘lishdi.
2003-yilning 8-oktabrida 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati
Xaiqaro Valyuta Fondi Nizomi VIII moddasining 2-bo‘lim a bandi, 3 va
4 bo‘limlari bo‘yicha belgilangan majburiyatlami qabul qilinganligi va
uning o ‘sha yilning 15 oktabridan boshlab kuchga kirganligi konversion
operatsiyalami rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Ushbu majburiyatlar
so‘mni to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha xorijiy
valyutalarga erkin almashtirishni o ‘z ichiga oladi. VIII moddaning 2-
bo'lim a bandiga muvofiq, mamlakatimiz hukumati joriy operatsiyalar
bo‘yicha valyutaviy cheklashlami joriy qilishga haqli emas. Ushbu
moddaning 3-bo‘limiga muvofiq, 0 ‘zbekiston hukumati diskriminatsion
valyuta siyosatini amalga oshirishga haqli emas. Nihoyat, VIII
moddaning 4-bo‘limiga muvofiq, boshqa davlatlar tomonidan taqdim
etilgan so‘mlar yo o‘sha mamlakatning milliy valyutasiga yoki SDRga
konvertatsiya qilib berilishi lozim. Ammo 2003-yilning 15-oktabriga
qadar olingan so‘mlar bo‘yicha 0 ‘zbekiston hukumati 4-bo‘lim
majburiyatlarini o ‘z zimmasiga olmaydi. Bundan tashqari, xorijiy
davlatlarining fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ishlab topilgan
so‘mlar faqat joriy operatsiyalardan ishlab topilgan bo‘lishi kerak.
Xaiqaro valyuta bozorlari valyutaviy cheklashlar mavjud bo‘lmagan
mamlakatlaming yirik shaharlarida joylashgan: London (Buyuk
Britaniya), Nyu-York (AQSH), Frankfurt-na-Mayne (GFR), Tokio
(Yaponiya), Tsyurix (Shveytsariya) va h.k.
Valyuta operatsiyalarining hajmi bo‘yicha dunyoning eng yirik oltin
bozori bo‘lib, London bozori hisoblanadi. Bu esa, Londonning yirik
xaiqaro moliya bozori ekanligi bilan izohlanadi.
4.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2016-yilda yuridik shaxslar
tomonidan sotib olingan valyutalar hajmi sotib olingan valyutalar
hajmiga nisbatan sezilarli darajada katta bo‘lgan. Bu esa,
respublikamizga xorijiy investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb
etilayotganligi tufayli asbob-uskunalar importining oshib borayotganligi
bilan izohlanadi.
777294,8
2016 yil
HSotilgan valyuta
2017 yil
■ Sotib olingan valyuta
4.1-rasm. 0 ‘zbekiston Respublikasida 2016-2017-yilIarda yuridik

Yüklə 69,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin