2 mavzu valyuta bozorlariningnazariy asoslari. Valyuta bozori tushunchasi va uning turlari


shaxslar tomonidan valyuta bozorida sotib olingan va sotilgan



Yüklə 69,52 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü69,52 Kb.
#181964
1   2
2Mavzu - копия (3)

shaxslar tomonidan valyuta bozorida sotib olingan va sotilgan
valyutalar hajmi55
4.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2017-yilda 2016-yilga
nisbatan yuridik shazslar tomonidan sotilgan valyutalar hajmi kesikin
oshgan. Bu esa, valyuta siyosatini liberallashtirishning boshlanganligi
bilan izohlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-
5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g ‘risida”gi farmoniga muvofiq
respublikamizda valyuta siyosatini liberallashtirish boshlandi va valyuta
siyosatini liberallashtirish bo‘yicha davlat iqtisodiy siyosatining
quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi:
1. Yuridik va jismoniy shaxslaming chet el valyutasini erkin sotib
olish va sotish hamda o ‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin
tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash.
2. Milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini
belgilashda faqat bozor mexanizmlarini qo‘llash.
s' 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017-yildagi faoliyati to‘g ’risida hisobot (120-b.). www.cbu.uz.
783. Valyuta resurslaridan foydalanishda bozor instrumentlarining
rolini oshirish, valyuta bozorida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar
uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, valyuta siyosatining
noan’anaviy tarmoqlarda eksportni rivojlantirishda, mintaqaviy va
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda rag‘batlantiruvchilik
rolini oshirish.
4. Sifatli ish o‘rinlari va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar
ishlab chiqarishni bevosita rag‘batlantirish uchun iqtisodiyotning barcha
sektorlariga to‘g‘ridan to‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar, bilim va
texnologiyalar jalb etishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik va
investitsiya muhitini yaxshilash.
5. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy
monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan
faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari
bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda
davlat qimmatli qog‘ozlarini banklar likvidliligiga garovga berish
bo‘yicha operatsiyalami amalga oshirishni amaliyotga joriy etish.
6. Monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat
byudjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod
o'sishining oldini olish.
7. Bank tizimining barqarorligini ta’minlash va uning
tavakkalchiliklarga bardoshliligini, shu jumladan, valyuta siyosatini
liberallashtirishning vujudga kelishi mumkin boigan salbiy ta’sirini
yumshatishga qaratilgan samarali choralami qoilash hisobiga oshirish.
8. Valyuta siyosatining yangi sharoitlarida tayanch tarmoqlar
korxonalari samarali faoliyat yuritishi uchun davlat tomonidan qoilab
quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish.
9. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush
darajasiga valyuta siyosatini liberallashtirishning salbiy oqibatlarini
kamaytirish imkonini beradigan har tomonlama ijtimoiy qoilab
quvvatlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlami amalga oshirish.
Ushbu Farmonga asosan, 2017-yil 5-sentabrdan boshlab:
79- 0 ‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xaiqaro
operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlami amalga oshirish uchun tijorat
banklarida chet el valyutasini cheklovlarsiz sotib olishlari mumkin;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar
chet el valyutasini tijorat banklarining valyuta ayirboshlash
shoxobchalariga erkin sotishi va konversion bo‘limlarida sotib olingan
mablag‘lami xaiqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish bo‘yicha amaldagi
tartibga asosan sotib olishi va chet elda hech qanday cheklovlarsiz
ishlatishi mumkin;
- iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs
tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga
chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o ‘matilgan tartibda,
banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat beriladi;
- mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha eksportchi
korxonalaming chet el valyutasidagi tushumini majburiy sotish bo‘yicha
talab bekor qilinadi;
- chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil
etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar,
shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisobvaraqlaridagi chet el
valyutasini naqd ko‘rinishida olishi mumkin;
- davlat bojlari, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlar faqat milliy
valyutada undiriladi, konsullik yig‘imlari bundan mustasno;
- xorijiy valyutada kreditlar berish va undirish shartlari kredit
siyosatidan kelib chiqqan holda tomonlaming o‘zaro kelishuviga asosan
tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi;
- banklaming xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan bogiiq operatsiyalar
bo‘yicha tavakkalchiliklari tadbirkorlik tavakkalchiligi hisoblanadi
hamda ulami boshqarish tijorat bankining vakolatiga kiradi;
- xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha komission vositachilik haqi
miqdori tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi;
- tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalami amalga oshirish
bo‘yicha litsenziya berish amaliyoti bekor qilinadi.
Ta’kidlash joizki, 2008-yilning fevral oyidan boshlab, AQSH
dollari bilan birga yevroda ham konvertatsiya uchun buyurtmalar qabul
80qilina boshlandi. Bu esa, o‘z navbatida, konversion operatsiyalar
jarayonida yuzaga keladigan transaktsion chiqimlaming kamayishiga
olib keladi
Yüklə 69,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin