2-mavzu. Valyuta munosabatlari va valyuta tizimi reja


Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari



Yüklə 236 Kb.
səhifə2/3
tarix31.03.2023
ölçüsü236 Kb.
#91873
1   2   3
2 TIAda xalqaro valyuta munosabatlarining roli

1.2. Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari
Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi.
Rezident shaxs – bu muayyan davlat hududida yashayotgan va ushbu davlat fuqarosi bo‘lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Norezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko‘rsatayotgan, ammo shu davlat fuqarosi bo‘lmagan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarining bo‘linmalari hamda shu kabilar.
Shu bilan birgalikda bu erda shuni ta’kidlab o‘tmoq lozimki valyuta munosabatlarining keng tarqalgan ishtirokchilaridan biri bu tijorat banklaridir. Ular xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarning asosiy hajmini amalga oshiradilar. Banklarda bozorning boshqa ishtirokchilari o‘z hisob raqamlarini ochgan bo‘lib, ushbu hisob raqamlar orqali ular zarur bo‘lgan konversiya va depozitli-kreditli operatsiyalarni amalga oshiradilar. Banklar bozorning valyuta konversiyalariga hamda mablag‘larni jalb qilish va joylatirishga bo‘lgan yalpi ehtiyojlarini mijozlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar orqali o‘zlarida mujassam etadilar . Mijozlar buyurtmalarini qondirishdan tashqari ular operatsiyalarni mustaqil, o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirishlari mumkin.
Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlarida nafaqat o‘z manfaatlari, balki birinchi navbatda o‘z mijozlari manfaatlarining ximoyachisidir. Jahonning yirik tijorat banklari o‘z mijozlarining topshiriqlarini talab darajasida bajarish, ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o‘z tijoriy maqsadlarida jahon moliya bozorining yirik markazlarida o‘z filiallarini ochganlar.
Tijorat banklari mijozlarida va tijorat banklarining o‘zlarida turli sabablarga ko‘ra hamda turli maqsadlarda xorijiy valyutaga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Masalan, tijorat bankining mijozi eksportyor bo‘lsa u xorijiy valyutada tushum oladi va valyuta kursi tebranishi oqibatida hosil bo‘ladigan xatarlarni hisobga olgan holda unda ushbu xorijiy valyutada olingan tushumni xavf-xatardan ximoyalash zarurati tug‘iladi. Shu sababli eksportyor eksport tushumini ehtimolli yo‘qotishlardan sug‘urtalash maqsadida o‘z bankiga murojaat etadi. Agar bankning mijozi importyor bo‘lsa, eksportyor bilan o‘zaro tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq hisob-kitobni amalga oshirish uchun unga ma’lum bir miqdorda xorijiy valyuta zarur bo‘ladi. Bunga muvofiq importyor-mijoz ushbu xorijiy valyutani sotib olish maqsadida o‘z bankiga murojaat etadi.
Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valyutaga bo‘lgan o‘z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish, valyuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta tavakkalchiliklarining oldini olish maqsadida xedjinglash bilan bog‘liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi xududida “so‘m”ning ichki konvertatsiyasiga muvofiq naqd valyuta oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar bilan ham shug‘ullanadilar. Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq 1994 yilning 15 oktyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida pul sifatida muomalada faqat respublikaning milliy valyutasi “so‘m” yuradi. Boshqa davlatlarning milliy valyutalari, ya’ni xorijiy valyutalarning O‘zbekiston hududida pul sifatida muomalada bo‘lishi qonun bilan taqiqlangan.
Umuman olganda valyuta bozori banklararo bitimlar bozoridan iborat bo‘lib, valyuta kurslari va foiz stavkalar harakatlari haqida gap ketganda barcha keyingi o‘rinlarda ko‘z oldiga banklararo valyuta bozorini keltirish lozim.
Kunlik operatsiyalari hajmi milliard AQSh dollarlarini tashkil qiluvchi jahonning yirik banklari valyuta bozoriga sezilarli ta’sir qiladi. Bularga Deutsche Bank, Barclays Bank, Union Bank of Switzerland, Citibank, Chase Manhattan Bank, Standard Chartered Bank kabi banklar kiradi.
Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi firmalar. Xalqaro savdoda ishtirok etuvchi importyor-komapniyalar xorijiy valyutaga bo‘lgan barqaror talabga, eksportyor-komapniyalar esa ushbu valyutaning taklifiga ega. Shuningdek mazkur kompaniyalar ozod valyuta qoldiqlarini qisqa muddatli depozitlarga joylashtiradi hamda qisqa muddatlarga jalb qiladi. Shu bilan birgalikda tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar bevosita valyuta bozoriga chiqa olish imkoniyatiga ega emas va konversiya hamda depozit operatsiyalarini tijorat banklari orqali amalga oshiradilar.
Xorijda aktivlarni joylashtiruvchi kompaniyalar (Investment Funds, Money Market Funds, International Corporations). Ushbu kompaniyalar turli mamlakatlarning hukumatlari hamda korporatsiyalari qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish orqali aktivlar portfelini diversifikatsiyali boshqarish siyosatini amalga oshiruvchi turli ko‘rinishdagi investitsiyalash fondlari sifatida taqdim qilingandir. Bunday kompaniyalarni dilerlar slengida oddiy qilib fondlar deb atashadi. Ularning ichida valyuta chayqov operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshiruvchi eng mashxur fond bo‘lib Djordj Sorosning «Quantum» fondi hisoblanadi.
Ularinng qatoriga shuningdek filiallar, qo‘shma korxonalar va boshqa shu kabilarni barpo etish bilan bog‘liq xorijiy ishlab chiqarish investitsiyalarini amalga oshiruvchi Kseroks, Nestle, Djeneral motors, British petroleum kabi yirik xalqaro korporatsiyalar kiradi.
Markaziy banklar. Ularning funktsiyalariga valyuta zahiralarini boshqarish, ayirboshlash kursining darajasiga ta’sir qiluvchi valyuta interventsiyalarini amalga oshirish hamda milliy valyutadagi qo‘yilmalarning foiz stavkalari darajalarini muvofiqlashtirish kiradi.
Jahon valyuta bozorlariga sezilarli ta’sir etadigan banklardan biri bu AQShning Markaziy banki, ya’ni Federal Zahira Tizimidir (US Federal Reserve yoki qisqacha FED). Undan keyin Germaniyaning Markaziy banki - Bundesbank (Deutsche Bundesbank) va Buyuk Britaniya Markaziy banki – Angliya Banki (Bank of England boshqacha nomi Old Lady).
Xususiy shaxslar. Jismoniy shaxslar xorijiy turizm, ish haqi, pensiyalar, gonorarlar, naqd valyutani sotib olish va sotish borasida nosavdo operatsiyalarning keng turkumini amalga oshiradilar.
Valyuta birjalari. O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan ayrim mamlakatlarda valyuta birjalari faoliyat ko‘rsatadi. Ularning asosiy funktsiyalari yuridik shaxslar uchun valyuta almashuvini amalga oshirish hamda bozor valyuta kursini shakllantirishdan iboratdir. Davlat odatda birja bozorining ixchamligidan foydalangan holda ayirboshlash kursining darajasiga faol ta’sir etadi.
Valyuta brokerlik firmalari. Ularning funktsiyalariga xorijiy valyutani sotib oluvchisi va sotuvchisini o‘zaro uchrashtirish hamda ularning o‘rtasida konversiya yoki ssuda-depozit operatsiyalarini amalga oshirish kiradi. O‘z vositachilik operatsiyalari uchun broker kompaniyalari bitim summasidan ma’lum bir foiz ko‘rinishidagi brokerlik vositachilik haqini oladilar.
So‘ralayotgan kurslar va stavkalar haqida axborotga ega bo‘lgan broker kompaniyasi tuzilgan bitimlar bo‘yicha real valyuta kurslari hamda real foiz stavkalar shakllanadigan joy bo‘lib hisoblanadi. Tijorat banklari joriy kursning darajasi haqidagi axborotni broker firmalardan oladilar.
Jahon bozorida broker firmalari orasida Lasser Marshall, Bierbaum, Harlow Butler, Tullet and Tokyo, Coutts, Tradition va boshqa shu kabi kompaniyalar mashxurdir.
Rossiya Federatsiyasi bozorida konversiya va depozit operatsiyalari bo‘yicha xizmatlarni In­termoney Financial Products, Banklararo moliyaviy uy, Rossiya xalqaro valyuta-fond birjasi, ADIKS firmasi kabi broker kompaniyalari ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi bozorida konversiya va depozit operatsiyalari bo‘yicha xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi hamda tijorat banklari ko‘rsatadi.

Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin