2-mavzu: Verbal va noverbal muloqot tо‘g‘risida tushuncha, ularning psixologik mexanizmlari va muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi Reja


soha (45-120  sm), ijtimoiy soha



Yüklə 163,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.03.2023
ölçüsü163,57 Kb.
#91016
1   2   3   4
38-m Verbal va nonverbal

soha (45-120 
sm), ijtimoiy soha (120-400 sm), ommaviy soha (400 smdan ortiq)). 
Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu 
mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi 
muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil (teri orqali sezish), ko‘rish, 
eshitish, hid bilish hamda boshqa sezgi va tasavvurlar. 
Noverbal muloqotning besh xil shakli mavjud: kinesika, paralingvistika, 
proksemika, vizual muloqot va takesika.
Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bolgan muloqot 
vositalari tizimi.
Paralingvistik 
va 
ekstralingvistik 
belgilar 
tizimi, 
shuningdek, 
nutq 
kommunikatsiyasi «qo‘shimchalar»idan iborat. Paralingvistik tizim – bu 
vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi. Ekstralingvistik 
tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgi, 
nutq jadalligini kiritish. 
Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish 
talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi 
amerikalik antropolog E.Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot 
vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi.
Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. Shuni takidlab otish joizki, servis 
sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‘yicha o‘z 
malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.
Takesika jismoniy muloqot. Masalan, silab qo‘yish, urib-urib qo‘yish, qo‘l 
berib ko‘rishish, itarib yuborish, o‘pishish. 


Mimika, nigoh, imo-ishoralar – noverbal muloqotning ko‘proq ma’lumot 
olish mumkin bo‘lgan vositalari. Peshona, qoshlar, og‘iz, ko‘zlar, burun, iyak – bu 
yuz qismlari insonning asosiy hissiyotlari: hijron, g‘azab, shodlik, ajablanish, 
qo‘rqinch, nafrat, baxt, qiziqish, qayg‘u va boshqalarni ifodalaydilar.
Muloqot turlaridan tashqari, uning ba’zi shakllarini ham ajratish mumkin, 
bular: rasmiy-ish yuzasidan, mutaxassislik, xususiy, ommaviy, pedagogik muloqot, 
autokommunikatsiya (o‘zi bilan muloqot)lardir.
Muloqot o‘zining maxsus masalalari hal etiladigan ma’lum davrlarga 
ega. Eng mas’uliyatli davr tayyorgarlik davri – muloqotni rejalashtirish, o‘zi 
uchun muloqot natijalariga qaratilgan mayllarni aniqlab olish zarur. Muloqotning 
birinchi bosqichi – aloqaga kirishish. Bunda vaziyatga kirishish, sherikning holati, 
kayfiyatini his etish, o‘zi kirishib ketib, boshqasiga ham yo‘nalishini belgilab 
olishga imkon yaratish muhimdir. Bu davr ruhiy aloqa o‘rnatilishi bilan 
yakunlanadi. So‘ngra qandaydir muammo, tomonlarning vazifasi va mavzuni 
ishlab 
chiqishda diqqatni 

Yüklə 163,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin