2-mavzu: Verbal va noverbal muloqot tо‘g‘risida tushuncha, ularning psixologik mexanizmlari va muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi Reja



Yüklə 163,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.03.2023
ölçüsü163,57 Kb.
#91016
  1   2   3   4
38-m Verbal va nonverbal



2-mavzu: Verbal va noverbal muloqot tо‘g‘risida tushuncha, ularning 
psixologik mexanizmlari va muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi 
Reja: 
1. Verbal va noverbal muloqot tо‘g‘risida tushuncha.
2. Verbal va noverbal muloqotning psixologik mexanizmlari.
3. Verbal va noverbal muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi.
Insonning sezgirligi, intuitsiyaga egaligi haqida fikr yuritganimizda biz uning 
o‘zgalarning noverbal xatti-harakatlarini o‘qiy oladigan va ularni verbal signallar 
bilan taqqoslay oladigan kishilarni nazarda tutamiz. Boshqacha so‘z bilan 
aytganimizda, intuitsiyamiz bizga suhbatdoshimizning yolg‘on gapirayotganidan 
darak berganligini taʼkidlar ekanmiz, aslida bu holat uning aytgan so‘zlari va tana 
harakatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni sezganligimiz tufayli sodir bo‘ladi. 
Demak, intuitsiya yoki “oltinchi sezgi”ning paydo bo‘lishi uchun insonni o‘qish, 
uning noverbal xatti-harakatlariga baho bera olish borasidagi bilim va malakalarni 
rivojlantirish lozim bo‘ladi. 
KOD – asosiy muloqot modelining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Kod 
xabar emas, lekin xabarni tashuvchi belgilardir. Asosiy muloqot kodining 3 xil turi 
mavjud:
1. Til (verbal kod). Og‘zaki yoki yozma so‘zlar fikrlar va tuyg‘ularni ifodalash 
uchun ishlatiladi.
2. Paratil (vokal – tovushga oid kod). Ovoz tembri, ohang, shovqin, urg‘u. 
Bular noverbal muloqot vositalariga ham mansub hisoblanadi.
3. Noverbal signallar (vizual kod). Yuz harakatlari, ko‘z aloqasi, imo-ishoralar, 
ko‘rinish, ofisning hajmi va joylashuvi, uchrashuvlarga yetib borish vaqti.
J.S.Philpopp (1983) olib borgan 23 ta tadqiqot natijasiga ko‘ra, verbal kod (til) 
ma’lumot jo‘natuvchi va qabul qiluvchi orasidagi axborotning 31 foizini, vokal 
(ovoz) va vizual kod (imo-ishora)lar esa 69 foizini taskil etadi. 


Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro 
hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. 
Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat 
muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish 
imkoni bo‘ladi. 
MULOQOT TURLARI – Ta’kidlab otish lozimki, odamlarning amaliy 
faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:
1. «Niqoblar aloqasi» – suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va 
hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot. Bunda haqiqiy 
hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, 
odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining 
to‘plami qo‘llaniladi.
2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi obyekt sifatida 
baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar halal 
beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar. 
3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot 
(boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). 
Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va 
vositalari ularga bo‘ysundiriladi.
4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib 
chiqib, turli usullarni (xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda 
undan foyda olishga qaratilgan.
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan 
iborat, ya’ni odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy 
bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.


7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni 
qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida 
tushunish mumkin.
VERBAL VA NOVERBAL MULOQOT. Odamlar o‘rtasidagi muloqotning 
eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir.

Yüklə 163,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin