2-Mavzu. Xalqaro audit standartlari asosida auditni tashkil qilish 1Moliyaviy hisobot auditining maqsadi


Auditorning mijoz oldidagi xat-majburiyati



Yüklə 26,77 Kb.
səhifə2/10
tarix03.03.2023
ölçüsü26,77 Kb.
#86385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-MAVZU XA

2.2.Auditorning mijoz oldidagi xat-majburiyati

Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishi lozim bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki tashabbuskorlik bilan audit o’tkazadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar auditorlik firmalariga uning xizmatidan foydalanish maqsadida xat shaklida o’z hohishini bildiradi. Bunday paytda auditorlik firmasini tanlashdek ma’suliyatli ish xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldida turadi. Xo’jalik yuri-tuvchi sub’ektlar auditorlik firmasini tanlashda iqtisodiy gazeta va jurnallardagi reklama, e’lonlardan audit xizmatini ko’rsatish bo’yicha ma’lumotlarni yig’adi. Mijoz biror-bir auditorlik firmasini tanlaganidan so’ng, o’sha mijoz auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik firmasiga xat-taklifnoma jo’natadi. Xatda korxonaning to’liq nomi va uning asosiy tavsiflari ko’rsatilishi kerak: – davlat ro’yxatidan o’tkazish sanasi va nomeri; – ta’sischilar tarkibi; – yuridik manzili; – ustav kapitali miqdori; – faoliyat turi va boshqalar. Rasmiy taklif oferta deb ataladi. Oferta biror-bir yoki bir nechta shaxslarga jo’natiladigan taklif bo’lib, unga ko’ra ushbu taklif qabul qilinadigan holda jo’natiladi. Oferta shartnoma ko’rinishiga ega bo’ladi va unda shartnoma shartlari keltirib o’tiladi. Auditorlik firmasi ofertani qabul qilib olgach, unga javob beradi. Ushbu javob xalqaro auditorlar amaliyotida «Auditorning mijoz oldidagi xatmajburiyati» deb nomlanadi. Xat-majburiyat auditorning shartlariga rozilik berilganini tasdiqlovchi hujjat bo’lib, unga binoan auditorning uning oldiga qo’yilgan vazifalarini tushunganligini bildiradi. Auditorlik firmasi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ba’zi-bir holatlarni oldindan ko’ra bilishi va ularni tekshirish boshlanishidan oldin, hatto shartnoma imzolanishidan avval mijozga tushuntirishi lozim. Auditorlik firmasining mijozga yuborgan xat-majburiyati auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichida – mijozning moliyaviy hisobotlari to’g’riligi borasida yakuniy fikr aytishda ba’zi-bir kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam beradi. Xat-majburiyatning mundarijasi quyidagilardan iborat bo’ladi:


– audit ob’ektlarini yozish (buxgalteriya hisobi, ichki nazorat tizimi, moliyaviy hisobot);
– audit chegaralarini belgilash, ya’ni amaldagi qonuniy hujjatlar bo’yicha ish ko’rishi, auditorlik firmasining qoidalariga bo’ysunish;
– Auditorlik xulosasi turlarini sanash, auditorlik xulosasi tarkibiy qismlarini bayon qilish;
– hisobda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarni hisobga olgan holda tavakkalchilik darajasini belgilash;
– auditga ma’no kasb etadigan hisob hujjatlari va axborotlar bilan ta’minlash;
– iqtisodiy sub’ekt xodimlari tomonidan yordam berishni ta’minlash;
– tijorat sirini saqlash bo’yicha auditorning majburiyati. Quyidagilar xat-majburiyatda albatta ko’rilishi kerak:
– xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi, ichki nazorat tizimi, moliyaviy hisoboti holatini tekshirishning maqsadi;
– iqtisodiy sub’ektning tekshiruvga taqdim etilgan hujjatlarining ishonchliligini ta’minlashdagi majburiyati;
– tekshiruv davomida auditorning foydalaniladigan qonuniy va normativ hujjatlari;
– qilingan ish natijasi bo’yicha auditorlik hisobotining shakli. Odatda xat-majburiyat mijozga birlamchi auditdan oldin jo’natiladi. Qayta audit o’tkazilganda quyidagi hollardagina xat-majburiyat mijozga jo’natiladi:
– mijoz audit ob’ektlarini, audit ko’lamini, auditorlik faoliyatining chegarasini, taqdim qilingan hujjat bo’yicha o’zining javobgarlik darajasini noto’g’ri tushunganida;
– audit o’tkazish muddati, haq to’lash hajmi va boshqa shartlar o’z-garganida;
– mijoz korxona rahbariyatida yoki hisobot tuzishda ma’sul bo’lgan xodimlar tarkibida o’zgarish bo’lganida;
– tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt faoliyatining turi va ko’lami sezilarli darajada o’zgarganda.



Yüklə 26,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin