2-Mavzu. Xalqaro audit standartlari asosida auditni tashkil qilish 1Moliyaviy hisobot auditining maqsadi



Yüklə 26,77 Kb.
səhifə10/10
tarix03.03.2023
ölçüsü26,77 Kb.
#86385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-MAVZU XA

M) Hamkor yoki hamkorlar. Hamkor yoki hamkorlar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hajmidan kelib chiqqan holda mazkur auditorlik tashkilotida amal qilib kelayotgan sifat ustidan nazorat qilish tizimi samaradorligi uchun javobgar bo’lishlari kerak. Maqsad bunday nazorat qilish qoida va jarayonlari, vazifalarning taqsimlanishi va xizmatchilarga belgilangan qoida va jarayonlarning ma’lum qilinishi xuddi avvalgidek o’z maqsadiga qanchalik javob berishini amaliyotining o’z vaqtida aniqlab olinishidan iborat.
2.8. Moliyaviy hisobotning auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib chiqish
Auditorlik muolajalarini rejalashtirishda va amalga oshirishda hamda ular natijalariga baho berishda va hisobot taqdim etishda auditor sub’ekt faoliyati qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emasligi moliyaviy hisobotga ahamiyatli ta’sir ko’rsatishi mumkinligini his etishi lozim. Biroq, audit faoliyatning barcha qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiq bo’lmagan holatlarini aniqlab beradi deb bo’lmaydi. Faoliyat muvofiq emasligini aniqlash, ahamiyatligidan qati nazar, sub’ekt rahbariyati yoki xodimlarning halolligiga oid masalalarni va ular auditning boshqa jabhalariga ta’sir ko’rsatishligi ehtimolini ko’rib chiqishni talab qiladi. 250-XAS qo’llaniladigan “muvofiq emaslik” atamasi audit qilinayotgan sub’ektning amaldagi qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga zid bo’lgan, ataylab va bilmasdan turib qilgan harakatlari va u tomondan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklardir. Bunday harakatlar sub’ektning o’zi tomonidan yoki uning nomidan, rahbariyat yoki uning nomidan xodim tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalardan iborat. XASning maqsadi uchun “muvofiq emaslik” atamasi sub’ekt rahbariyat yoki xodimlar tarkibidagi shaxsning qonunga to’g’ri kelmaydigan axloqini o’z tarkibiga kiritmaydi. Xarakatlar “muvofiq emas” deb aniqlash huquqiy doiraga taalluqli va, odatda, auditorning kasbiy xabardorligidan tashqarida bo’ladi. Auditorning kasbiy tayyorgarligi, tajribasi, sub’ekt va uning tarmog’ini tushunishligi, auditorning diqqatini jalb qilgan ayrim harakatlar qonunlarga va amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq emas deb tan olishga asos bo’lishi mumkin. Odatda, alohida bir harakat “muvofiq emas”ligi yoki bunday bo’lishligi mumkinligi tegishli ma’lumotga ega bo’lgan va malakali, huquq doirasida amaliyot bilan shug’ullanadigan mutaxassis maslahatiga asosan aniqlanadi, lekin yakuniy baho faqat sud qarori bilan berilishi mumkin. Qonunlar va me’yoriy hujjatlar moliyaviy hisobotga taalluqligi bo’yicha ahamiyatli farqlanadi. Ayrim qonunlar va me’yoriy hujjatlar sub’ekt moliyaviy hisobotining shakli va mazmuni, hisobga olinadigan summalar yoki moliyaviy hisobotda yoritiladigan ma’lumotni belgilaydi. Boshqa qonunlar va me’yoriy hujjatlarga sub’ekt rahbariyati rioya qilishi lozim yoki ular sub’ekt o’z faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan sharoitlarni belgilaydi. Ayrim sub’ektlar qattiq tartibga solinadigan tarmoqlarda harakat qiladilar (masalan, banklar yoki kimyo sanoati korxonalari). Boshqalar faoliyati faqat biznesning xo’jalik jabhalariga umumiy taalluqli bo’lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi (masalan, xavfsizlik texnikasiga, xodimlar sog’lig’ini saqlashga va ishga qabul qilishda teng huquqlik tamoyillariga rioya qilishda). Faoliyat qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emasligi sub’ekt uchun moliyaviy oqibatlarga, masalan jarimalarga, sudda ko’rishlikka va hokazolarga olib keladi. Odatda, muvofiq emaslik qanchalik moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan hodisalar va operatsiyalardan uzoqroq bo’lsa, shunchalik u auditor tomonidan aniqlanishi yoki taxmin qilinayotgan muvofiq emaslikni tan olish ehtimoli kam Qonunlar va me’yoriy hujjatlar turli mamlakatlarda turlichadir. Buxgalteriya hisobi va auditning milliy standartlari, ehtimol, audit uchun qonunlar va me’yoriy hujjatlarning ahamiyatiga oid yanada ham aniqroq qoidalaridan iborat bo’lishi mumkin. 250-xalqaro standart moliyaviy hisobot auditi uchun qo’llanishi mumkin, lekin auditor sub’ekt faoliyati aniq qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish va hisobot tayyorlash uchun alohida ataylab jalb qilingan boshqa kelishuvlar uchun qo’llab bo’lmaydi. Moliyaviy hisobotni audit qilishda auditorning tovlamachilik va yanglishlarni ko’rib chiqish uchun mas’uliyatiga oid qo’llanma 240-XAS “Aldash va xato”da taqdim etilgan.
Faoliyatni qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirish uchun sub’ekt rahbariyatining mas’uliyati Faoliyatni qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirish uchun mas’uliyat sub’ekt rahbariyatining zimmasiga yuklatilgan. Muvofiq emaslik holatlarini oldini olish va aniqlash yuzasidan sub’ekt rahbariyati mas’uldir.
Yüklə 26,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin