2.1Moliyaviy hisobot auditining maqsadi 2.2.Auditorning mijoz oldidagi xat-majburiyati 2.3.Tekshirish o’tkazishda shartnoma 2.4. Biznesni bilish 2.5. Auditning ishchi hujjatlarini tuzish 2.6. Auditorlik tekshiruvida aldash va xatoni aniqlash 2.7. Auditor ishi sifatini tekshirish 2.8. Moliyaviy hisobotning auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib chiqish
2.1Moliyaviy hisobot auditining maqsadi Moliyaviy hisobot auditining maqsadi bo’lib auditorga moliyaviy hisobot barcha ahamiyatli jabhalar bo’yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan kontseptual asosga muvofiq tayyorlanganligi haqida o’z fikrini bildirish uchun imkoniyat yaratishdir. Auditorlik xulosasini tayyorlashda qo’yidagi iboralardan foydalaniladi: “To’g’ri va haqqoniy aks ettiradi” yoki “Barcha ahamiyatli jabhalar bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan”. Bu ikkala atama bir-biriga to’g’ri keladi. Auditorlik xulosa moliyaviy hisobotga nisbatan ishonchni oshirganligi bilan bir qatorda, foydalanuvchi ushbu xulosani sub’ekt kelajakda barqaror faoliyat ko’rsatish uchun ishonch, hamda sub’ekt rahbariyati tomonidan mukammal va samarali ish yuritish kafolati deb hisoblay olmaydi. Auditor Buxgalterlarni xalqaro federatsiyasi tomonidan chop etilgan “Axloq Kodeksi”ga rioya qilishi lozim. Auditor auditni XASga muvofiq o’tkazishi lozim. Ular tushuntirish va boshqa materiallar shaklida taqdim etilgan tegishli qo’llanma va asosiy tamoyillar hamda kerakli muolajalardan iborat. Auditor, moliyaviy hisobot ahamiyatli darajada buzib ko’rsatilishiga olib keladigan vaziyatlar mavjud bo’lishi mumkinligini tan olib, auditni ma’lum darajada rejalashtirishi va bajarishi lozim. Masalan, odatda auditor sub’ekt Auditor auditni XASga muvofiq o’tkazishi lozim. Ular tushuntirish va boshqa materiallar shaklida taqdim etilgan tegishli qo’llanma va asosiy tamoyillar hamda kerakli muolajalardan iborat. Auditor, moliyaviy hisobot ahamiyatli darajada buzib ko’rsatilishiga olib keladigan vaziyatlar mavjud bo’lishi mumkinligini tan olib, auditni ma’lum darajada rejalashtirishi va bajarishi lozim. Masalan, odatda auditor sub’ekt rahbariyatining taqdimotlarini isbotlash uchun dalillar topishni nazarda tutadi va ushbu taqdimotlar so’zsiz to’g’ri deb hisoblamaydi. “Auditning ko’lami” atamasi muayyan vaziyatlarda audit maqsadiga erishish uchun kerakli bo’lgan auditorlik muolajalarga taalluqli. Auditni XAS talablariga muvofiq amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan auditorlik muolajalar auditor tomonidan XAS talablari, tegishli kasbiy idoralar, amaldagi qonunchilik, me’yoriy hujjatlar va, kerak bo’lsa, audit bo’yicha kelishuv shartlari va hisobotni taqdim etish talablarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim. XASga muvofiq audit umumiy holda ko’rilayotgan moliyaviy hisobot ahamiyatli yanglishlarga ega emas ekanligi to’g’risida kerakli ishonchlilikni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Kerakli ishonchlilik - bu auditor umumiy holda ko’rilayotgan moliyaviy hisobot ahamiyatli chetga chiqishlarga ega emas degan xulosaga kelishi uchun unga kerakli auditorlik dalillarini to’plash bilan bog’liq kontseptsiya. Oqilona ishonchlilik kontseptsiyasi audit o’tkazish jarayoniga umumiy holda aloqadordir. Biroq, auditor tomonidan ahamiyatli yanglishlarni aniqlash imkoniyatiga ta’sir etuvchi auditga xos cheklovlar mavjud. Bunday cheklovlar quyidagi omillardan kelib chiqadi:
testlardan foydalanish;
buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning har bir tizimga xos bo’lgan cheklovlar (masalan, til biriktirish imkoniyati);
aksariyat auditorlik dalillar o’zining mohiyatiga ko’ra yakuniy emas, balki isbotlovchi bo’lishi. Bundan tashqari, auditor tomonidan fikr shakllantirish uchun bajariladigan ish kasbiy fikr yuritishni, xususan quyidagilar bo’yicha fikr yuritishni takozo etadi:
(a) auditorlik dalillarni to’plash, masalan auditorlik muolajalar tavsifi, muddati va hajmini belgilashda;
(b) to’plangan auditorlik dalillar asosida qilingan xulosalar, masalan moliyaviy hisobotni tayyorlashda sub’ekt rahbariyati tomonidan berilgan baholarni oqilonaligini aniqlash.
Bundan tashqari, moliyaviy hisobotning alohida ta’kidlari bo’yicha xulosa chiqarish imkonini beruvchi mavjud dalillar ishonarliligiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan cheklovlar mavjudligi (masalan, o’zaro bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalarga nisbatan.). Bunday holatlarda ayrim auditning xalqaro standartlari alohida tasdiqlashlarning tavsifiga binoan quyidagilar mavjud bo’lmaganda etarli darajada tegishli auditorlik dalillar ta’minlash uchun aniq muolajalarni belgilaydi;
(a) odatda nazarda tutiladigan tavakkalchilik darajasidan yuqoriroq ahamiyatli yanglishlar tavakkalchiligini oshiruvchi g’ayri odatiy vaziyatlar; yoki
(b) ahamiyatli yanglishish vujudga kelayotganligigi to’g’risida har qanday belgi. Auditor moliyaviy hisobot bo’yicha fikr shakllantirish va bildirish uchun mas’ul bo’lganligiga qaramasdan, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish bo’yicha mas’uliyat sub’ekt rahbariyati zimmasida qoladi. Moliyaviy hisobot bo’yicha audit taqdim etiladigan moliyaviy hisobot yuzasidan sub’ekt rahbariyatini mas’uliyatdan ozod etmaydi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shakllari uslubiy xarakterga ega bo’lganligi tufayli ko’pincha uni auditni o’tkazish texnikasi ham deb atashadi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish muddati, tekshiruvda foydalaniladigan manbalarning hajmi va turi, uni amalga oshi-rishning usullariga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvini o’tkazishning turli xil shakllari farqlanadi. Audit o’tkazishning muddatiga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvi quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Dastlabki auditorlik tekshiruvi;
2. Joriy auditorlik tekshiruvi;
3. Yakuniy auditorlik tekshiruvi.
Dastlabki auditorlik tekshiruvi hali boshlanmagan ishlarni nazorat qilishni ko’zda tutadi. Bunday auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan maqsad keyinchalik har xil xatoliklar va qonunbuzarlik holatlarini oldini olishdan iborat. Korxona va tashkilotlarda dastlabki auditorlik tekshiruvi asosan mehnat munosabatlari, moddiy va moliyaviy resurslar bo’yicha o’tkaziladi.
Tekshiruvni amalga oshirish usuli nuqtai nazaridan auditorlik tekshiruvlari quyidlagi turlarga bo’linadi:
– kamomad va xatolarning aybdorlarini qidirish;
– xo’jalik tortishuvi;
– iqtisodiy tahlil.
Auditorlik tekshiruvlari manbalari nuqtai nazaridan ikkiga bo’linadi:
1. Hujjatli tekshirish;
2. Haqiqiy tekshirish.
Auditorlik tekshiruvidan oldin audit guruhi boshlig’i tomonidan dastur ishlab chiqiladi va unda quyidagilar ko’rsatiladi:
– auditning maqsadi;
– tekshirishga qo’yilgan korxonaning asosiy uchastkalari va hisob bo’limlari;
– guruh a’zolari o’rtasida vazifalarning biriktirilishi;
– tekshirish boshlanishi va tugatilishining muddati va davom etish muddati