Har bir jamoa o’z-o’zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog’lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g’oyaviy yo’nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o’z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda jamoani tashkil qilishda qanday usuldan foydalanilganlikni bilish muhim hisoblandi.
Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa a’zolari o’rtasida o’zaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun g’amxo’rlik, o’zaro yordam, jamoa manfaati uchun qayg’urish, mazkur yo’lda amaliy harakatlarni tashkil etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi. Shunga ko’ra jamoa o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uyg’ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik hissini paydo bo’lishiga ko’maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo’lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o’zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko’pincha o’z-o’zidan paydo bo’ladi hamda ular o’qituvchiik ta’sir ko’rsatish uchun qo’l keladi. Jamoa a’zolari o’rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo’lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog’liqdir.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko’rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy jihatlari ko’zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo’lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |