2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


Oila tarbiyasini tashkil etish shakl, metod va vositalari



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə152/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

Oila tarbiyasini tashkil etish shakl, metod va vositalari. Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko’rsatuv, eshittirish, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g’oyalar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faollik, mas’ullik, e’tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi.
Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to’g’risidagi ma’lumotlarni berib borish, o’z navbatida huquqlaridan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi.
Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularini hosil qiluvchi o’ziga xos maskan sanaladi. Bolalar “Vatan”, “xalq” tushunchalarining mohiyatini dastlabana shu maskanda o’zlashtiradilar. Binobarin, oilaning o’zi Vatanning bir bo’lagidir. Oila sha’nini himoya qilish, uni saqlash to’g’risida qayg’urishning Vatanning sha’ni, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg’ulari bilan uzviy bog’liq bo’lishiga erishish oila tarbiyasining asosi bo’lishi lozim.
Ota-onalarning muayyan darajada pedagogik bilimlarga ega bo’lishlari ahamiyatlidir. Oila va ta’lim muassasalari o’rtasida tashkil etilgan hamkorlik ota-onalar uchun pedagogik yordam ko’rsatishni nazarda tutadi.
Farzand dastlabki ma’lumot va ijtimoiy me’yorlarga amal qilish borasidagi ko’nikmalarga oilada ega bo’ladi. Chunki oilaviy ijtimoiy munosabatlar, xususan, madaniy-maishiy, iqtisodiy-moliyaviy, mulkiy muosabatlar hamda mehnat faoliyatini tashkil etishda farzandlar o’zlari sezmagan, mohiyatini tushunib etmagan holda mazkur munosabatlar jarayonida ishtirok etadilar, demakki, ijtimoiy masalalar bilan to’qnash keladilar, natijada bu tarzidagi muloqotlarning doimiy, qisqa muddatlarda takrorlanib turishi ular uchun ota-onalar, farzandlarning huquq, burch, majburiyat va mas’uliyatlarini tushunib etishga yordam beruvchi ijtimoiy ob’ektiv shart-sharoitlarni yaratadi.
Oila tarbiyasining farzandlarga tarbiya berish, ularda ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash yuzasidan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Quyida ota-onalar bilan olib borilgan ishlar, tashkil etiladigan tadbirlardan namunalar keltiriladi:
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar quyidagilardir:

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin