2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


I. Ota-onalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə153/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

I. Ota-onalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar. Suhbatlar yakka va umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat chog’ida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ma’naviy-axloqiy madaniyat unsurlarini qaror toptirish muvaffaqiyatini ta’minlash kafolati bo’lgan ota-onalar va farzandlarning ijtimoiy onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlarini o’tkazish mumkin.
Dastlabki suhbat va ota-onalar tomonidan to’ldirilgan so’rovnomalar natijalarini tahlil etish ular bilan tashkil etiladigan tadbirlar yo’nalishi va mazmunini belgilab beradi.
II. Ta’lim muassasasining o’quv yili davomida ota-onalar bilan olib boradigan ishlari:
1. Sinf ota-onalar majlisi. Majlis o’quv yili davomida besh marta o’tkaziladi, ya’ni, o’quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida. Majlislarda o’quv yurti ichki-tartib qoidalari, umumjamoa ijtimoiy me’yorlariga rioya etish holatlari, yuzaga kelgan ziddiyatlar tahlil etiladi, navbatdagi davr uchun belgilangan ishlarni rejalashtirish, ularni hal etish yo’llari, chora-tadbirlari belgilanadi. Maktabda ta’lim olayotgan, jamoa hayoti, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlar faollik ko’rsatayotgan, o’qishda, mehnatda alohida o’rnak bo’layotgan o’quvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik izhor etiladi.
Ayrim o’quv yurtida tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmasliklari aytib o’tiladi va buning sabablari aniqlanadi, bunday holatlarga barham berish borasida fikrlashib olinadi.
2. Umummaktab ota-onalar majlisi. Ota-onalarning umumiy yig’ilishida o’quv yili davomida o’quvchilar, ota-onalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning borishi va yakuni muhokama qilinadi. Ota-onalar maktab hayoti va o’quvchilarning intizomi, xulq-atvori, ijtimoiy me’yorlarga amal qilishlari, o’quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash borasida erishayotgan natijalar bilan tanishtiriladi.
O’quv yili yakunida bo’lib o’tgan umummaktab ota-onalar majlisida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etgan, turli fanlar bo’yicha uyushtirilgan tadbirlarda alohida ibrat ko’rsatgan, shuningdek, muayyan fanlar bo’yicha olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashgan o’quvchilar va ularning ota-onalarini rahmatnomalar bilan taqdirlash maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin