Boshqaruv faoliyatining maqsadi ishning umumiy yo’nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo’llaniladi: muddatli (perspektiv); yillik; yakuniy.
Qabul qilingan rejalarni amalga oshirish uchun pedagogik faoliyat tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo’lishini tashkil etishga e’tibor qaratish lozim. “Tashkil etish” tushunchasi ta’lim muassasasining rahbarlari, o’qituvchilar, shuningdek, o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyatiga nisbatan qo’llaniladi.
Ichki nazorat ham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o’rin tutadi. Nazoratni tashkil quyidagi tamoyillarga rioya qilish lozim: tizimlilik, ob’ektivlik, harakatlilik, to’ldiruvchilik.
Ichki nazoratning turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish muammoli masala bo’lib qolmoqda. Shunday bo’lsa-da, ichki nazoratning quyidagi turlarini ajratilib ko’rsatish mumkin:
Ta’lim muassasasining boshqaruv organlari. Ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o’qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o’stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi Pedagogik kengash faoliyat ko’rsatadi.
Pedagogik kengash ta’lim muassasasi hayotiga doir masalalarni hal qilishda muhim o’rin tutadi. Uning vazifalari quyidagilardir:
Pedagogik Kengash yig’ilishlarining qarorlari, hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o’z aksini topadi:
Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida muassasada saqlanadi.
Ta’lim muassasasida metodik kengash, metodik birlashmalar ish yuritadi.
Metodik kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardir:
Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo’lgan fanlar turkumlari bo’yicha Metodika birlashmalar faoliyat ko’rsatadi.
Metodika birlashmalari o’zida metodika kengashining vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Metodika birlashmasiga Pedagogik kengash qaroriga ko’ra ijodkor va tajribali o’qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug’i bilan rahbar tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: |