Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 soat
|
Talabalar soni – 60 nafar
|
O’quv mashg’ulotining shakli va turi
|
Ma’ruza (Umumlashtiruvchi-qisqa ma’lumotli ma’ruza)
|
O’quv mashg’uloti
ning tarkibiy tuzilmasi
|
1. “Savol-javob” metodi yordamida talabalar tomonidan avvalgi mavzuning o’rganilish darajasini aniqlash.
2. Tashkiliy masalalarni hal qilish, ma’ruza mavzusi va uning o’ziga xos jihatlari to’g’risida ma’lumotlar berish.
3. “Raqamlar” metodi asosida guruhlarga ma’ruza matnini tarqatish.
4. Mavzuga oid tayanch tushunchalarni aniqlash.
5. Ma’ruza mohiyatini “Taqdimot” metodi asosida yoritib berish.
6. “Loyihalash” metodi yordamida talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash.
7. Mashg’ulotni yakunlash.
|
O’quv mashg’ulot
ning maqsadi
|
Talabalarga maxsus (korrektsion) pedagogikaning predmeti, vazifalari, asosiy kategoriyalari, rivojlanishdagi nuqsonlarni tasniflash, shuningdek, rivojlanishi va hulqida nuqsonlari bo’lgan bolalarni o’qitish hamda tarbiyalashga oid nazariy bilimlarni berish
|
Pedagogik vazifalar:
1) talabalarni maxsus (korrektsion) pedagogikaning predmeti va vazifalari bilan tanishtirish;
2) talabalarni maxsus pedagogikaning asosiy kategoriyalari to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish;
3) talabalar tomonidan rivojlanishdagi nuqsonlarning tasnifi, ularning sabab va oqibatlariga oid ma’lumotlarni o’zlashtirishlishiga erishish;
4) talabalarni rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxislash tamoyillari va metodlari bilan tanishtirish;
5) talabalarda rivojlanishi va hulqida turli nuqsonlari bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqidagi tushunchalarni hosil qilish
|
|