2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


Ma’ruzada talabalarga beriladigan topshiriq



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə121/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

Ma’ruzada talabalarga beriladigan topshiriq:


Texnologik pasport
11-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
Reja:
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2. Tarbiya metodlarining maqsadi va vazifalari.
3. O’z-o’zini tarbiyalash metodlari.


Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.
Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini to’g’ri tanlash bir qator omillarga bog’liq.


Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to’g’ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo’lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo’lishi zarur.
Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin