2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə179/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o’z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o’z vaqtida yaratib berishdan iborat bo’lib, u bolani izchil va batafsil o’rganish, uning yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llari va vositalarini izlashni talab etadi.

  • Bolalarni majmuaviy (kompleks) o’rganish tamoyili bolaga tashhis qo’yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo’yicha olingan ma’lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo’lsa, bola qayta tekshiruvdan o’tkaziladi.

  • Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish tamoyili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko’zda tutadi. Unga ko’ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish uning o’quv, mehnat va o’yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.

  • Bolani dinamik o’rganish tamoyilga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o’qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vo’gotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” – bolalarning o’qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.

  • Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani echish uchun tanlangan yo’lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qa’tiylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.

  • Ma’lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili har bir maxsus ta’lim muassasasi o’zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.

  • Rivojlanishdagi nuqsonlar darajasiga ko’ra tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko’ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o’qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ularni o’qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko’zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo’yicha), yomon ko’ruvchilar esa ko’rish asosida o’qitiladi).


    Yüklə 1,84 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin