2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


Anomal bolalar yoshini inobatga olish tamoyili



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə180/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

8. Anomal bolalar yoshini inobatga olish tamoyili muayyan guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalar qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni tekshirish va maxsus yordam ko’rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Anomal bolalarning yoshi, nuqsonlarining turlari, darajasi psixologik-pedagogik tekshirish asosida aniqlanadi. Bunday tekshirishlar quyidagi metodlar yordamida tashkil etiladi:



  1. Suhbat metodi. Suhbat shaxs bilan aloqa o’rnatish vositasi bo’lib, anomal bola shaxsi, hissiy-irodaviy sifatlari, xulqi, rivojlanishidagi nuqsonlarning sabablariga oid ma’lumotlarni to’plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitishida nuqsoni bo’lsa yoki ijtimoiy munosabatga qiyin kirishsa suhbat uyushtirish tavsiya etilmaydi. Bunday holatda bola qiziqadigan ko’rgazmali materialdan foydalanish to’g’ridir.

  2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning maslahatga kelishidan avval boshlanib, yaxlit tekshirishlarni o’tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o’tkaziladi. Bolani o’yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda o’yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o’tkaziladi.

  3. Rasmlarini o’rganish metodi. Rasmlar bolani o’rganishda muhim vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg’otsa, unga erkin rasm chizish taklif etiladi. Bolaning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun muhim ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular syujetlar yaratmay, predmetlarni alohida tasvirlashga harakat qiladilar.

  4. Psixologik tadqiqotlar metodi maxsus o’rganilishi talab etilayotgan ruhiy jarayonning sodir etadigan vaziyatlarni yaratishga yordam beradi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holat sabablari, mexanizmlari to’g’risida ma’lumot olish mumkin.

  5. Test metodi bolalarni psixodiagnostik tekshirishda qo’llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test ommaviylashgan bo’lib, undan foydalanish individual-psixologik tekshirishlarni o’tkazishda bola haqida qo’shimcha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.




Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin