2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


) axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə98/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

1) axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish;
2) aqliy tarbiyani yo’lga qo’yish chog’ida o’quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar bo’yicha bilimlarni berish orqali tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish;
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarni o’z sog’liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g’amxo’rlik qilish tuyg’usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to’rlari borasida ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda, xarakterni qaror toptirish) jismoniy sifatlarni rivojlantirish, shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida o’quvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go’zallikni sevish, go’zallikka intilish tuyg’ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog’ida o’quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o’quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o’rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo’lish, tabiatni asrash to’g’risida g’amxo’rlik qilish tuyg’ularni qaror toptirish, ekologik madaniyatni shakllantirish;

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin