6) iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to’ldirish, kichik va o’rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko’nikma, malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boylikni asrash, ularni ko’paytirish borasida qayg’urish tuyg’ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;
7) huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarga davlat Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarishga oid huquqlar mohiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga oid tushunchani hosil qilish, huquqiy munosabatlar borasida tasavvurga ega bo’lishlarini ta’minlash, huquqiy ong hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish;
8) g’oyaviy-siyosiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarga siyosiy bilimlarni berish, O’zR Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, respublikaning ichki va tashqi siyosati mazmunini o’rganishni ta’minlash asosida o’quvchilarda siyosiy faoliyat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar.
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo’yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, jamiyat mafkurasi g’oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi: