Organizmni chiniqtirish usullari 106 guruh talabasi Eshnazarov Sanjar



Yüklə 54,1 Kb.
tarix24.04.2023
ölçüsü54,1 Kb.
#101947
Sanjar organizmni chiniqtirish-WPS Office

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Organizmni chiniqtirish usullari

106 guruh talabasi Eshnazarov Sanjar

Reja:

1. Adaptatsiya

2. Organizmni sovuq va issiqga chiniqtirish

3. Chiniqtirish rejimini yaratish

4. Turli yosh vakillarini chiniqtirish


Organizmni chiniqtirish-organizmning noqulay iqlim sharoitlari (havoning past va yuqori
harorati, past atmosfera bosimi va boshqalar) taʼsiriga chidamini oshirish tadbirlari. Organizmni
chiniqtirishni bolalikdan boshlash muhim. Odam organizmi oʻzgarib turadigan tashki muhit
sharoitlariga muvofiqlashgan holda (Adaptatsiya) chiniqib boradi. Biror omil (sovuq, issiq va boshqalar)ning muntazam, koʻp marta taʼsir etishi va ular dozasini tobora oshira borish yoʻli bilan chiniqtiruvchi effektga erishiladi, chunki shunday sharoitlardagina organizmda
moslashadigan uzgarishlar rivojlanadi: neyrogumoral va moddalar almashinuvi jarayoni takomillashadi, atrof muhitdagi no-xush omillar taʼsiriga organizmning umumiy qarshiligi oshadi.
Sovuqga chidamlilik-organizmni sovuqqa chidamli qilishning amalda ahamiyati muhim, chunki sovqotish juda koʻp hollarda oʻtkir respirator kasalliklarga sabab boʻladi. Sovqotish darajasini asta-sekin oshira borish yoʻli bilan organizmni sovuqqa chidamli qilinadi. Sovuqqa oʻrgangan kishilar organizmida issiqlik hosil boʻlishi birmuncha jadal boradi, bu — terining qon bilan yaxshiroq taʼminlanishiga imkon beradi va yuqumli kasalliklarga hamda sovuq urishiga chidamini oshiradi. Teri muguz qavatining bir oz qalin tortishi hisobiga ham sovuq sezish pasayadi, natijada terining issiklikni izolyasiya qilish xossasi kuchayadi.
Sovuqqa oʻrganmagan kishilarda gavdaning hatto ozgina qismining sovqotishi va umumiy sovqotish burun shilliq pardasi tomirlarining kengayishiga, uning yalligʻlanib, sekretor suyuklikning koʻp ajralishiga, yaʼni yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir respirator
kasalliklariga olib keladi. Sovuqqa chiniqqan kishilarda yuqori nafas yoʻllari shilliq pardasida bunday reaksiya kuzatilmaydi.
Issiqga chidamlilik-atrof muhit issiq boʻlganda bunday haroratga odatlanmagan odam organizmi issiqlab ketishi mumkin (Issiq urishi). Koʻp marta va uzoq muddat issiq taʼsir etishi natijasida organizmning yuqori temperatura taʼsiriga chidami oshadi, gʻaraq-gʻaraq terlash va ter tarkibining oʻzgarishi hisobiga organizm koʻp issiqlik ajrata boshlaydi. Yuqori temperaturaga chidamli kishilarda issiklik ajralishining yaxshilanishi tufayli issiq iklim sharoitida ishlaganda tomir oʻrtacha tezlikda urib, mehnat qobiliyati pasayib ketmaydi. Organizmni past atmosfera bosimiga chiniqtirish maqsadida aksari togʻlarga chiqiladi.
Chiniqtirish rejimi -organizmni chiniqtirish rejimini kishining yoshi, individual xususiyatlari va sogʻligʻiga qarab vrach
belgilaydi. Kasallik belgilari paydo boʻlgan taqdirda Organizmni chiniqtirish vaqtincha toʻxtatilib,
kishi sogʻaygandan soʻng yana davom ettiriladi. Kishilar uchun havo bilan Organizmni chiniqtirishning har xil turlari — xonalarda, ravonlarda, dovdaraxtlar soyasida havo vannalari qabul qilish, yengil kiyimlarda asta-sekin sayr etishga oʻrganish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy mashqlardan keyin xoʻl sochiq bilan artinish, boshdan suv quyish yoki dushga tushish, yozda esa suv va havo temperaturasi kamida 20— 22° boʻlganda choʻmilish lozim.
Keksa yoshdagi kishilarni chiniqtirishni ehtiyotlik bilan bevosita vrach nazoratida oʻtkazish lozim.
Bu yoshda Organizmni chiniqtirishda jismoniy taʼsirlarga moslashuvning yomonlashishini va muolajalardan keyin fiziologik funksiyalarning birmuncha sekin tiklanishini hisobga olish
lozimhayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu
infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan
ehtiyot qilishi kerak.
Bolalarni chiniqtirish yosh avlodni sogʻlom qilib tarbiyalashga imkon beradigan asosiy profilaktik tadbirdir. Bolalar sof havo yetishmasligiga juda sezuvchan boʻladi. Uzoq muddatgacha yaxshi shimollatilmaydigan xonalarda boʻlgan bolalar lanj, injiq boʻladi. Uyqusi buziladi, ishtahasi boʻlmaydi, boshi ogʻriydi, koʻngli aynib turadi, kamqonlik roʻy beradi. Goʻdak atrof muhitning fizik omillariga asta-sekin moslashadi, chunki uning muhofaza reaksiyalari sust rivojlangan boʻladi. Bolani qayotining birinchi kunlaridan boshlab ehtiyotlik bilan muntazam chiniqtira borish, lekin bunda uning aʼzo va sistemalari funksional jixatdan hali yetilmaganligini yoddan chiqarmaslik
kerak.

Xulosa

Organizmni chiniqtirishga organizmning muayyan fizik omillar taʼsiriga sezuvchanligini astasekin pasaytirish orqali erishiladi. Chunonchi, maʼlum darajadagi sovuq bilan muntazam taʼsir koʻrsatish, asosan, past harorat taʼsiriga, issiq bilan taʼsir koʻrsatish esa yuqori harorat taʼsiriga chidamlikni oshiradi.


Yüklə 54,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin