Taktik rejalashtirishning roli va o‘rni Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unga qo‘yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategik rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik rejalashtirishda o‘rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo‘lib qisqa muddatlilik hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‘yicha ta’minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jixozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. Marketing nazorati va uning turlari - Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.
- Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Marketingda ranglarning ahamiyati - Qizil – Stop, sotib bittirish (rasprodaja), tezda bozorni egallash uchun hujum.
- Sariq – kulgu, pozitivlik, yorqinlik, do‘stona munosabat, keng qo‘llaniluvchi.
- Ko‘k – ishonch, suvdek soflik, sovuqlik, negativ reaksiya (aks ta’sir) bildirmaydi, e’tiborni tortishga kam urg‘u beradi.
- Olov rang – sport, quyosh, mevalar, kayfiyatni ko‘taruvchi, ishtahani ochuvchi, energiya (quvvat) beruvchi rang.
- Yashil – iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit muhim tabiat bilan uyg‘unlik, shuningdek, ....
- Siyoh rang – ko‘z oldiga keltirish, ... , soxtalik, tasviriy san’at faoliyati, ... jodu, sehr.
- Qora – o‘ziga xos uslub, o‘ziga ishonch, elita, nazoratga bo‘ysunish.
- Oq – yaxshilik qilish, kenglik, tozalik.
Dostları ilə paylaş: |