4.3 Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i
18-vazifa
Samarqand shaxrida jismoniy shaxslarning yakka tartibda uy-joy kurishi uchun yer
solig’i stavkasi 1-zona bo’yicha 1 kv.m yer uchastkasiga 2009 yilda 53,1 so’m kilib belgilangan. 2010 yilda Prezidentining 2009 yil 24- dekabrda qaroriga ko’ra yer solig’i stavkasi 1,15 baravarga indeksasiya qilingan.
Ushbu ma’lumotlar asosida aniqlang:
1. Jismoniy shaxslar uchun yer solig’i stavkasi 2010 yilda 2009 yilga nisbatan necha
foizga oshganligini;
2. 2010 yilda 1 kv. m yer uchastkasi uchun belgilangan Soliq stavkasini;
3. Xulosa yozing
19-vazifa
Samarqand viloyati Oktosh shaxrida yashovchi fuqaro 2010 yil 25 yanvarda 4 sotik yer
uchastkasini uy-joy kurish uchun sotib oldi. Yer uchastkasi Oktosh shaxrining 2-zonasida joylashgan.
Ushbu ma’lumotlar asosida aniqlang:
1kv.m uchun belgilangan yer solig’i stavkasini;
Yer solig’i so’mmasini;
To’lash muddatlarini belgilang:
20-vazifa
Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi fuqaro Salimov Tulkinning yer uchastkasi 6
sotikni tashkil qiladi, u 2008-2009 yillar davomida yer uchastkasidan foydalangan emas. U
Sug’oriladigan aholi punktining 8-30 sida joylashgan. Shulardan foydalanib aniqlang:
1 gektar uchun Soliq stavkasini;
1 sotik uchun Soliq stavkasini;
3. Yer uchastakasi uchun to’lanadigan haqikiy Soliq miqdori so’mmasini;
Yer solig’i so’mmasini;
4.4 Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan Soliq
21-vazifa
2010 yilning yanvar oyida benzin, dizel yonilg’isini sotuvchi xo’jalik yurituvchi subyekt jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun 20 tonna benzin sotgan, uni sotishdan olingan daromadi 34000 ming so’mni tashkil qiladi.
Ushbu ma’lumotlar asosida aniqlang:
Bir litr uchun O’zbekiston xududi bo’yicha belgilangan Soliq stavkasini;
Sotilgan benzin uchun Soliq so’mmasini;
Sotilgan benzinning chakana baho bo’yicha sotilgan qiymatini;
1 litr benzinni chakana sotish bahosini:
22-vazifa
2010 yil yanvar oyida jismoniy shaxslarning transport vositalari uchun 15 tonna gaz
sotildi. Soliq so’mmasini aniqlang:
Dostları ilə paylaş: |