2-Мавзу: Юридик шахсларни соликка тортиш тизими


Tovarlar eksporti degan nima tushuniladi?



Yüklə 1 Mb.
səhifə19/67
tarix02.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#123058
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67
Mm Soliq va soliqqa tortish

Tovarlar eksporti degan nima tushuniladi?
Tovarlar ekporti deganda tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bajxona xududidan olib chikish tushuniladi.
Soliq imtiyozlari.
Soliq bo’yicha imtiyozlar Soliq Kodeksining 37-bobani 208-211 moddalarida keltirilgan ya’ni ular to’rt guruhga bo’lib berilgan. Bular quyidagilardir:
I)Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni realizasiya qilish oboroti (208 modda). Ularning soni kodeksda 35–ta punktda qayd qilingan. Shularni ayrimlarini misol tariqasida keltirdik:
- davlat organlari fuqarolarning o’zini o’zi boshqa rish organlari tomonidan ko’rsatiladigan, davlat boji va yig’imlar undiriladigan xizmatlar;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;
- protez – ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlar;
- byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan ilmiy- tarkikot va innovasiya ishlari;
- shahar yo’lovchilar transportining xizmatlari ( taksidan tashqari) va boshqa lar.
II) Soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (209 modda). Shular jumlasiga quyidagilarni misol kilib , keltiramiz:
- kreditlar, zayemlar bo’yicha hisoblab chiqarish va undirish . kreditlar, zayemlar berish;
- to’lovlar , o’tkazmalar, qarz mojburiyatlari, cheklar bilan bog’liq operasiyalar;
- akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko’rsatish;
- pul mablag’larini qonvertasiya qilish bo’yicha operasiyalar va boshqa lar ( xammasi 16 – ta punktda aks ettirilgan).
III) Soliqdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari (210 - modda). Shular jumlasiga quyidagi xizmatlarni misol kilib ko’rsatamiz:
1. Sug’urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagi larni olsa, Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi ;
- sug’urta qilish, birgalikda sug’urta qilish va kayti sug’urta qilish shortnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlari;
- sug’urta agenti, sug’urta va kayita sug’urta brokeri va hamda sug’urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
- qayta sug’urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo’yichaa sug’urta to’lovlari ulushining qayta sug’urtalovchilar tomonidan to’lanadigan to’lovini va boshqalar (13–ta punkta ko’rsatilgan).
2. Sug’urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi:
-sug’urta to’lovi (sugorta tovoni)
-sug’urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug’urtalovchi to’laydigan mablag’lar;
-sug’urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag’lar.
IV) Soliqdan ozod qilinadigan import. Bular Soliq Kodeksining 211–moddasida 10 punkta qayd qilingan . Shulardan ayrimlarni quyida misol tarakasida keltirdik :
-jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to’g’risidagi qonun xujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kiriloyetgan tovarlar;
- Vazirlar maxkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar;
- davlatlar, xukumatlar va Xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yerdami maksodida olib kirilayotgan tovarlar;
- dori vositilari va tibbiy ( vetirinariya) buyumlari hamda ularni ishlab chiqarish uchun olib kirilayetgan xam ashyo va boshqa lar.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin