2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

 
Takrorlash uchun savоllar: 
1.
Jadidlarning Turkistоn хalqlari ma’naviy оngiga ko’rsatgan ta’siri? 
2.
Jadidlar va hоzirgi zamоn. 
3.
Jadidlarning tabiiy fanlar rivоjiga qo’shgan hissasi? 
4.
Jadidlar faоliyatiga bugungi kun talqini? 
15-MAVZU. XVIII asrning oxiri XIX asrda ilmiy bilimlarning rivojlanishi
REJA 


84 
1.XVIII asrning oxiri XIX asrda ilmiy bilimlarning rivojlanishi Ilmiy-tеxnika 
taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari.
2.XIX asrda fan va tеxnikaning yagona tizimga aylanishi. Enеrgiyaning saqlanish 
qonunini kashf etilishi.
3.M.Faradеy va G.Gеrts kashfiyotlari. 1803 y Fulton tomonidan birinchi paroxodni 
sinovdan o’tkazilishi. Tеlеgrafning kashf etilishi. 
4.A.Butlеrov va I.Mеndеlееvning ximiya fani rivojlanishiga qo’shgan hissasi. 
Ch.Darvin va uning evolyutsion nazariyasi.
5.Gеnеtika fani. G.Mеndеl qonuni. Tibbiy bilimlar. I.Sеchеnov va I.P.Pavlov. 
I.F.Kruzеnshtеrn ekspеditsiyasi. J.Kuk, F.Bеllinsgauzеn va M.Lazarеv sayohatlari va 
ularning ahamiyati.
6.A.Smit, K Sеn-Simon tadqiqotlari. T.Maltus nazariyasi. A.Shopеngauer, F.Nitsshе, 
G.Spеnsеr. 
Tayanch tushunchalar:
XVIII asrning oxiri XIX asrda ilmiy bilimlarning 
rivojlanishi Ilmiy-tеxnika taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari. XIX asrda fan va 
tеxnikaning yagona tizimga aylanishi. Enеrgiyaning saqlanish qonunini kashf etilishi. 
M.Faradеy va G.Gеrts kashfiyotlari.
 
 
Adabiyotlar ro’yxati: 
1.Karimоv I.A. Fan mamlakat taraqqyotiga хizmat qilishi kеrak. T., 1994. 
2.Karimоv I.A. Ulug’bеk ruхi abadiy yashaydi. T. 1994. 
3.Karimоv I.A. O’zbеkistоn XXI asr bo’sag’asida: хavsizlikka taхdid, taraqqiyot 
shartlari kafоlatlari. T., 1997. 
4.S.YUldashеv. Antik falsafa T,1999. 
5.V.F.Asmus Istоriya antichnоy filоsоfii M,1965. 
6.A.N.CHanoshеv. Kurs lеktsiy pо drеvnеy filоsоfii M,1961. 
7.Оmanulla Fayzullaеv. Falsafa va fanlar mеtоdоlоgiyasi.T,2006. 
8.Abdulхakim SHara’iy Juzjоniy. Marg’ilоniy va uning izdоshlari. T., 2000. 
9.
http://www.drevniymir.ru/
 
10.Vsemirnaya istoriya. G. Xidoyatov T. 1992 yil. 
11.Novaya istoriya stran Evropi i Ameriki. M. 1998 yil 
XVIII asrning oxiri XIX asrda ilmiy bilimlarning rivojlanishi Ilmiy-tеxnika 
taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari. XIX asrda fan va tеxnikaning yagona 
tizimga aylanishi. Enеrgiyaning saqlanish qonunini kashf etilishi. M.Faradеy va 
G.Gеrts kashfiyotlari. 1803 y Fulton tomonidan birinchi paroxodni sinovdan 
o’tkazilishi. Tеlеgrafning kashf etilishi. A.Butlеrov va D.I.Mеndеlееvning ximiya 
fani rivojlanishiga qo’shgan hissasi. Ch.Darvin va uning evolyutsion nazariyasi. 
Gеnеtika fani. G.Mеndеl qonuni. Tibbiy bilimlar. I.Sеchеnov va I.P.Pavlov. 
I.F.Kruzеnshtеrn ekspеditsiyasi. J.Kuk, F.Bеllinsgauzеn va M.Lazarеv sayohatlari va 
ularning ahamiyati. A.Smit, K Sеn-Simon tadqiqotlari. T.Maltus nazariyasi. 
A.Shopеngauer, F.Nitsshе, G.Spеnsеr. 
Bizga tarixdan ma`lumki, yangi tarix davrining birinchi bosqichi 1640-1870 
yillarni uz ichiga oladi. Bu yillar davomida fan-texnika olamida bir qancha 
yutuqlarga erishildi. Urta asrlarda buyuk geografik kashfiyotlar natijasida sanoat 
inqilobining boshlanishi fan-texnikaning jadal rivojlanishiga turtki bo`ldi. Bu davr 


85 
fan va texnika tarixini urganar ekanmiz, tarixchi sifatida bu davrda revolyutsiyalar 
ta`siri fan va adabiyot sohasida anchalik sezilarli ekanini e`tirof etishimiz darkor. 
SHu sababdan barcha fikr va asarlarga tahliliy kuz bilan qarashimiz kerak. 
Matematika. XIII va XVI asrlarda tegirmon va soat singari mexanizmlarni 
takomillashtirish vaqtida matematika va mexanikaning ko`pgina vazifalari hal etildi. 
XVII asrda soatda mayatnikdan foydalanila boshlandi. Mashxur ingliz olimi 
I.N’yuton va nemis olimi G.Leybnits XIII-XVII asrlarda hozirgi zamon oliy 
matematikasiga asos soldilar. N’yuton kashf qilgan va ta`riflab bergan mexanika va 
optika qonunlari fan va texnikaning ko`pgina vazifalarini hal etish uchun asos 
yaratdi. N’yutonning eng asosiy xizmatlaridan biri butun dunyo tortilishi qonuni 
kashf qilganligidir. XVII asrda matematikaning ko`pgina amaliy va nazariy 
masalalari ishlab chiqildi. Atoqli rus olimi, Qozon universtitetining professori 
N.I.Lobachevskiy geometriyaning «noevklid» sistemasini tezish imkoni borligini 
isbotladi va birinchi bor uning imkoni bo`lgan variantlaridan birini yaratdi.
Astronomiya, fizika, ximiya. 
Matematikaning imkoniyatlari, N’yuton kashfiyotlari va teleskopning 
takomillashtirilishi XIX asrda astronomiyani rivojlantirishga qudratli turtki bo`ldi. 
Minglarcha ilgari ma`lum bo`lmagan yulduzlar ko`pgina kometalar kashf etildi. 
Astronomiya ma`lumotlaridan kalendar’, geografik kartalar tuzishda, dengiz kema 
qatnovida foydalanildi. XVIII asrning 60 yillaridayoq nemis filjsofi I.Kayt Quyosh 
sistemasi tszondan iborat tumanlikdan kelib chiqgan degan fikrni aytdi. XVIII asr 
oxirida frantsuz matematigi P.Laplas Quyosh va planetalar aylanma qaynok gaz 
sharidan vujudga kelganligi haqidagi gipotezani ishlab chiqdi. XVIII asrda rus olimi 
M.V.Lomonosov tajribalari yo`li bilan yonish va boshqa ximiyaviy reaktsiyalar 
paytida moddaning umumiy vazni uzgarmasligi yo`q narsadan modda vujudga 
kelmasligini va izsiz yo`q bo`lib ketmasligini isbotladi, ya`ni u uz tajribalari bilan 
materiyaning saqlanish qonunini birinchi bor tasdiqladi. Keyinchalik bu xulosalarni 
frantsuz ximigi A.Lavuaz’e ishlab chiqdi va yonish va yonuvchi moddalar ayrim 
qismlarining kislorod bilan birlashuvidan iborat ximiyaviy reaktsiya ekanligini 
isbotladi. 1842 yilda ingliz fizigi F.Joul’ va nemis fizigi R.Mayer tajribalar yo`li bilan 
issiqlikning mexanik ekvivalentligini hisoblab chiqdilar. YOqilg`ining yonishidan 
olinadigan issiqlik energiyasining miqdorining qanday nisbati mexanik ishga 
aylanishini kursatib berdilar. 
Demokrit fikricha moddalar atomdan iborat. 1842 yilda ingliz fizigi D.Joul’ va 
nemis fizigi R.Mayer tajribalari yo`li bilan issiqlikning mexanik ekvivalentini 
hisoblab chiqdilar yoqilg`ining yonishidan olinadigan issiqlik energiyasi miqdorining 
qanday nisbati mexanik ishga ishga aylanishini kursatib berdilar. Ularning tajribalari 
issiqlik energiyasi yo`q bo`lmasligini, balki muayyan nisbatda mexanik (harakat) 
energiyasiga aylanishini isbotladi, ya`ni energiyani saqlanish qonuni isbotladi. 
Ximiyaviy elementlar atom og`irligining ortib borishi tartibida joylashtirilsa, 
ularning xossalari davriy tarzda takrorlanishi aniqlandi. SHu qonunga asoslanib 
buyuk rus olimi D.I.Mendeleev 1869 yilda elementlarning davriy sistemasini tuzdi. 
Er osti foydali qazilmalarning ishlash munosabati bilan er qobigi xossalarini urganish 
zarurati vujudga keldi, ko`pgina tog` jinslarining vujudga kelish jarayoni aniqlandi. 
Bu esa Er haqidagi fan-geologiyani rivojlantirishga turtki berdi. 
Meditsina sohasida muhim kashfiyotlar qilindi. XVII asrda golland olimi 
A.Levenguk 300 marta katta qilib kursatadigan mikroskop yaratdi. Bu esa inson 


86 
tanasi, o`simliklar, hayvonot dunyosi tuzilishini batafsil urganish va juda mayda 
organizmlar-bakteriyalarni aniqlash imkonini berdi. Keyinchalik mikroskop vositasi 
bilan ko`pgina kasalliklarga bakteriyalar sababchi ekanini isbotlandi. Mikroskop 
yordamida jonli to`qima xujayralardan tuzilishi aniqlandi. XVIII asrda ingliz vrachi 
e.Jenner odamga chechak kasali sigirdan yuqsa kasallik engil o`tishini, so`ngra bu 
kishiga chechakka qarshi immunitetga ega bo`lishini, ya`ni uncha chechak kasali 
mutlaqo yuqmasligini aniqladi. Ana shu kuzatishlarga asoslanib Jenner chechakka 
qarshi emlash usulini ishlab chiqdi, bu esa millionlarcha kishilarning hayotini saqlab 
koldi. Hayot to`g`risidagi ta`minotda yangilik va o`simlik va xayvonlar to`g`risida 
insoniyat to`plagan bilimlarni sistemaga solish, ya`ni klassifikatsiya qilish kerak 
bo`lib koldi. 
XVIII asrda klassifikatsiya shved olimi K.Linney tomonidan ixtiro qilindi. 
Uning klasifikatsiyasi u qadar mukammal emas edi, shunday bo`lsada uning ishi 
botanika va zoologiya fanlarini rivojlantirishga turtki bo`ldi.
Bu sohada ingliz olimi CHarlz Darvin katta ishlar qildi. U xayvon turlari asta-
sekin rivojlanish yo`li bilan kelib chiqqanini aniqladi va evolyutsion nazariyani 
yaratdi. YAshash uchun kurash. Darvin «Turlarning tabiiy tanlanish yo`li bilan kelib 
chiqishi to`g`risida»: degan asarini 1859 yilda kashf etdi. 
Badiiy adabiyot odamlarning qarashlariga va yurish turishiga binobarin 
jamiyatning butun hayotiga ham juda katta ta`sir kursatadi. 
Daniel’ Defo va Jonaton Svift. XVII asrning oxiri va XVIII asrning birinchi 
yarmida yashagan mashxur ingliz yozuvchisi Defo Londonlik savdogarning o`g`li 
bo`lib, uzi ham savdogar, sanoatchi jurnalist bo`lib etishdi. Ma`murlarning 
buyrug`iga kura Defoni uch marta sharmandali ustunga bog`lab qo`yishdi, lekin bu 
uning shuhratini orttirdi, xolos. «Robinzon Kruzo» romani (1719 y) D.Defoga juda 
katta muvaffaqiyat keltirdi. XVIII asrning birinchi yarmida yashagan Jonaton Svift 
kambag`al irlandlar oilasidan chiqqan. Ikki tomli «Gulliverning sayoxatlari» (1716) 
romani Sviftga ayniqsa katta shuxrat keltirdi. 
Frantsiyada XVII asrning ikkinchi yarmida buyuk frantsuz dramaturgi ajoyib 
komediya teatrining asoschisi Jan Batist Mol’er (Polen) p’esalari adabiyotida ilg`or 
burjuaziya g`oyalari xalqchilikning erkin ifodasi bo`ldi. U qirol saroyi 
xizmatchisining o`g`li badavlat burjuaziyaga mansub oilaning o`g`li edi. «Don Juan» 
kamediyasiga biror narsani mukaddas deb belgilaydigan xudbin va buzuk obrazini 
saxnada kursatdi. Buyuk burjua revalyutsiyasi arafasida atokli frantsuz dramaturgi va 
badavlat savdogar P’er Bomarshe Inchadi ayniqsa diqqatga sazovordir. U SHimoliy 
Amerika mustaqillik urushida kema yasab, qurol-yaroq jo`natgan Bomarshe 
«Seviliya sartaroshi» (1775) va «Figaroning uylanishi» (1784) komediyalari uning 
qalamiga mansubdir. «Figaroning uylanishi» saxnada namoyish etilishi bilan avtor 
turmaga tashlanadi, lekin un kundan keyin chiqarib yuborishga to`g`ri keladi. 
Germaniyadagi «Tug`yon va shiddat» harakatining XVIII asr oxiri XIX asr 
boshlaridagi atoqli shoiri va dramaturgi Fridrix SHiller bo`lib, u kambag`al oiladan 
chiqqan «Qaroqchilar» pe’sasidan so`ng u qamoqqa olindi. SHundan so`ng 
darbadarlikda yashashga majbur bo`ldi. U kichkinagina Veymar shahrida yashadi, u 
erning gertsogi adabiyot va san`at xomiysi edi. Konvent unga Frantsiya 
respublikasining faxriy fuqarosi unvonini berdi. «Makr va muhabbat», «Vilgel’m 
Gel’», «Orlean qizi», «Mariya Styuart» uning qalamiga mansub. XVIII asr oxiridagi 
ilg`or nemis adabiyotining eng yirik namoyondasi Iogann Vol’fgan Gyote edi. Gyote 


87 
«Erkin shahar» Frankuft-maynda badavlat xonadon oilasida tug`ildi. Universitetni 
tamomladi. YUridik va tibbiyot fanlari meditsinani urgandi. Gyote bir necha chet 
tillarini bilar va uz davrining eng bilimdon kishilaridan biri edi. Gyote insonning 
ijodiy kuchini tarannum qildi. Bu narsa butun dunyoga mashxur bo`lgan va uning 
shox asari bo`lgan «Faust» da ayniqsa namoyon bo`ldi. Gyote ana shu tragediya 
ustida deyarli butun umr mehnat qildi.
Ammo hayot daraxti hamisha barq urib o`sib turibdi. Faust na boylikda, na 
abadiy navqironlikda, na muhabbatda, na dunyoni bilishda baxt topolmaydi. 
Tragediya oxiridagina halok bo`layotganda u: hayotni mohiyati mehnatda, harakatda, 
kurashdadadir degan xulosaga keldi. 1830-1870 yillarda Frantsiyada Viktor Gyugo 
eng atoqli yozuvchi edi «Parijdagi Bibi Maryam sobori», «Xurlanganlar», 
«Gavrosh», «Kuluvchi kishi». Realitlar - Onore De Bal’zak-Frantsuz, ingliz-CHarliz 
Dikens. 
Buyuk kompozitorlar. 
XVIII asr birinchi yarmining eng yirik kompozitori Iogan Sebast’yan Bax 
bo`ldi. Nemis oblasti Tyuringadan kelib chiqqan uning avlodi bir qator ajoyib 
sozandalar va kompozitorlar etkazib berdi. Vol’fang Amadey Motsartning iste`dodi 
juda erta boshlandi. Uning tug`ma iste`dodi va oila muhiti bunga yordam berdi. 
Motsart turt yoshida Klavasinda pe’salar ijro etdi, Olti yoshida kontsertda katta 
muvaffaqiyat qozondi, o`n bir yoshida dastlabki operasini yozdi va o`n turt yoshida 
Boloniya musiqa akademiyasini a`zosi etib saylandi. Motsart kambag`al edi. U 1791 
yilda 35 yoshida vafot etdi: «Don Juan». 
Buyuk kompozitorlardan biri bu nemis kompozitori Lyudvig van Betxoven edi. 
U taqdiridagi eng fojeali kunlarni kechirishga to`g`ri keldi. U qirkq yasharlik paytida 
kar bo`lib koldi. Varshavada tug`ilgan, qalban polyak iste`dod jihatidan dunyo 
grajdani Frederik SHopen ham durdona asarlar yaratdi. Avstriya va Germaniya 
Fransshubert va Rubert SHuman, Vengriya – Ferents List, Italiya, Jokino Rassiniy va 
Juzeppe Verdi, CHexiya, Berjixa Slitanu Rossiya-Glinka, Dorgomijinskiy, Rimskiy-
Kornikov, CHaykovskiy va boshqa kompozitorlar milliy va jahon muzika 
madaniyatiga ulkan xissa qo`shdilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin