2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

Takrorlash uchun savollar. 
1.Arxaik Grek madaniyatining o’ziga xos xususiyati? 
2.Grek madaniyatining rivoji omillari? 
3.Arxaik madaniyatda Grek madaniyati va faninning o’rni? 
4.Qadimgi yunon faylasuflari haqida nimalarni bilasiz? 
 
 
5-MAVZU. Qadimgi Rimda ilmiy bilimlarning taraqqiy etishi. 
REJA 
1.Qadimgi Rimda ilmiy bilimlarning vujudga kеlishidagi tarixiy shart- 
sharoitlar.
2.Rimliklar tomonidan imoratsozlikda ishlatiladigan bеtonning 
kashf etilishi. Sitsеron, Sеnеka, Mark Avrеliy, iyunin Avrеliy va Boetsiylar Rim 
ilmiy dunyoqarashining pеshqadam vaqillaridir.
3.Eramizdan avvalgi I asrning oxiri va eramizning I asri boshlari Rim shе'riyatining 
“oltin asri”. Vеrgiliyning “Enеida” dostoni. Lukrеtsiy dunyoqarashi. Pliniy va uning 
37 kitobidan iborat “Tabiiy tarix”kitobi. 
4. Rimda tеatrlar, kutubxonalar, ko’priklar va vodoprovodlar qurilishida aniq 
fanlarning o’rni. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Qadimgi Rimda ilmiy bilim, imoratsozlik, bеton.
Sitsеron, Sеnеka, Mark Avrеliy, iyunin Avrеliy va Boetsiylar Eramizdan avvalgi 
I asrning oxiri va eramizning I asri boshlari Rim shе'riyatining “oltin asri”. 
Vеrgiliyning “Enеida” dostoni. Lukrеtsiy dunyoqarashi. Pliniy. “Tabiiy tarix”kitobi.
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. «Fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishi kerak». Toshkent: 
Uzbekiston, 1994 yil. 
2. Avdiev G. «Qadimgi SHarq tarixi». T. 1972 yil. 
3. Abdunabiev A. «Vklad v mirovuyu tsivilizatsiyu». T. 1998 yil. 
4. Kotyukova V.T. «Istoriya nauki». T. «Universitet» - 2002 y 
Uyg`onish davri Garbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarining madaniyat 
tarixida urta asr madaniyatidan, yangi davr madaniyatiga o`tish davri (sifati kirgan) 
xisoblanib, XIV-XVI asrlarni uz ichiga oladi. 
«Uyg`onish davri» termini XVI asrda italiyan gumanistlari, xususan rassom va 
tarixchi J.Vazeriy (1511-74) asrlarda uchraydi. «Uyg`onish» termini nemis tilida 
«Reformatsiya», frantsuz tilida «Reneceane», italian tilida «Rinascimento» (yoki 
«chenkvechento») tarzida XVIII asrdan boshlab ishlatiladi. 
Bu yuksalishi Garbiy Yevropa feodalizmni inqirozga uchrashida va yangi 
kapitalistik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy kurtaklarini vujudga kelishi bilan 


25 
xarakterlanadi. 
Qadimgi YUnon-Rim madaniyati buyuk merosi, arablarning natijasiz, tasodifiy 
kashfiyotlari shu davrida uz mevasini beradi. Inson va tabiat urganish va ular 
urtasidagi munosobatlarini tartibga solish g`oyalari, fanda yangi yo`nalishlarni, ilmiy 
kashfiyotlarni kashf etishga olib keldi. Italiya, Frantsiya, Germaniya adabiyoti 
vujudga keldi. 
Davrning iqtisodiy-siyosiy hayoti inson shaxsiyatini birinchi uringa qo`ydi. 
Rassom, filosof, tarixchi kabi turli soha kishilarining asosiy tadqiqot ob`ekti bu inson 
edi. Insonni tabiatning ajralmas bir qismi va uning mukammal mahsuli sifatida 
tushundilar. Inson, uning kechinmasi, ichki dunyosi, hayoti adabiyot va san`atning 
asosiy temasi bo`lib qoldi. SHaxs ijodining garmonik, erkin, har tomonlama 
taraqqiyoti ideali shakllana boshladi. SHuning uchun ham bu davr mutafakkirlari 
insonshunoslar-gumanistlar deb atalgan. 
Gumanistlar yangi dunyoni qaror toptirishdi, antik merosga murojat qildilar. 
Ular qadimgi qo`lyozmalar va antik san`at yodgorliklarini to`plab va urganib, antik 
merosning tiklanishi va taqalishini hususida ko`p ish qildilar. Bunda gumanistlar 
shubxasiz, SHarqning jumladan Urta Osiyoning qadimgi davridagi madaniyatidan 
keng foydalangan. Uyg`onish davrini g`oyaviy jixatdan tayyorlashda arab tilida 
vujudga kelgan. Urta va YAqin Sharq ilg`or falsafi ta`minotlari, Roziy, Tarobiy, Ibn 
Sino, Ibn Rushd asrlari muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu mutafakkirlar asarlari XII 
asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, keng foydalanildi. Ular orqali yunon 
faylasuflari asarlari Yevropaga kirib keldi. Averraizm Yevropada ham hurfikrlilikni, 
ikki haqiqatdan ta`minotining tarqalishida hal qiluvchi ta`sir kursatdi.
Biroq Uyg`onish davridagi madaniyat, shunchaki antik madaniyatga qaytish 
emas, bu bir vosta edi xolos.
Ilmiy tadqiqotda erkinlik huquqi e`lon qilindi. Dunyoviy fan, adabiyot, san`at 
paydo bo`ldi. Ularni bizgacha etkazgan kitob bosish usuli 1447 yil I.Gutenberg kashf 
etdi. Natijada ilmiy bilimlarni ko`payishiga olib keldi. Duyokarash kengaydi. Turli 
oqimlar vujudga keldi. (T.Mor, Kamponella)
Bu davr tabiiy fanlarning eng muhim hususiyati san`t bilan uzviy 
bog`liqligidadir. Urta asr diniy – mistik aqidalarini bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda 
ham fanda, ham san`atda namoyon bo`lar, ko`pincha bir shaxs ijodida uyg`unlashib 
ketar. Ular kamida 3-4 tilni bilishar, hamda 4-5 fan yoki san`at sohalarida ijod 
qilishgan. 
Masalan, Leonardo da Vinchi – buyuk rassomgina bo`lmay mashhur 
matematik, mehanik va injener ham edi. Leonardo da Vinchi (1482-1519)ning 6 ming 
qulyozmasi, «Qoyadagi Madonna», «Madonna», «Maxfiy kechalar», «Avliyo Anna 
Mariyam va go`dak Iso bilan», «Ioan Kristotel’» kabi mashhur asarlari saqlanib 
kelgan. Uning fikricha, «Fan-bilimning oliy shakli bo`lib, xar-bir bilm matematik 
dalillarga asoslanishi shart, aks xolda u bilm emas» deydi. Xatto u inson tanasini 
o`lchash bilan shug`ullanuvchi – Antropometriya nomli fanni yaratgan. Bu bilim 
Yevropaning valyutasi – Yevropada ham uz aksini topgan. 
Albert Dyure (1471-1538) rassom, xaykaltorosh, arxitektor, matematik edi.
Makiavelli – davlat arbobi, tarixchi, shoir, xarbiy, yozuvchi. 
Nikolay Kopernik (1473-1543 y.y.) – koinot tuzilishini urgangan, geliotsentrik 
nazariyasiga asos solgan.
Jordano Bruno (1548-1600 y.y.) o`lim to`shagida ham uz g`oyalariga 


26 
ishonganligi uchun M.Servet inson organizmida qon aylanadi degani uchun o`tda 
kuydirilgan.
Mikelandjelo Buanorotti (1475-1564y.y.) – rassom, haykaltorosh, xarbiy 
muxandis, shoir, 700 yaqin suratlari, eng mashxuri «Dovud» xaykali edi. 
Rafael’ Santi (1483-1520 y.y) – «Mariyaning unashtirilishi», «Madonna Alba» 
kabi mashxur asarlari bor. SHuningdek tabiatshunoslikda, meditsina va biologiyada 
dastlabki amaliy tadqiqotlar o`tkazildi. Meditsinada Vazeliy (italiyan) «inson tuzilishi 
xaqida» asarini yozdi. Nemis olimi V.Paratsel’s inson ruhiyati bilan bog`liq fikrlarini 
bildirdi. 
Ispan olimi vrach M.Servet va angliyalik U.Gervey 
1555 
yil 
birinchi 
murakkab operatsiya o`tkazdilar.
H.Belan inson va qush skeletlari modelini yaratdilar. 1600 yilda golland Vend 
Gelmond fiziologiyaga oid birinchi tajriba o`tkazdi. Ayniqsa, 1590 yil Z.YAntsen 
tomonidan yaratilgan mikroskop kashf etilgandan so`ng, meditsina, biologiya, ximiya 
soxalaridagi ilmiy tajribalarni va kashfiyotlari ko`paydi.
Uyg`onish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va g`oyaviy hayotida 
katta progressiv rol’ o`ynadi. Bu davrda jaxon madaniyatining eng nodir va bebaho 
asarlari yaratildi.
Teleskop, kompas, barometr, termometr, usturlob kabi asboblarining kashf 
etilishi buyuk geografik kashfiyotlar davriga yo`l ochib berdi. Flandiyaliklar 
G.Merkator matematik xaritalar va geografik kartalarni chizishni tartibga soldi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar XV asrdan XVII asrgacha davom etgan.
Kashfiyotlarning birinchi davrasida, shahzoda Genrix Dengizchi (1418 – 
1460)ning tashkilotchiligi natijasida Kanar, Azor Orollari 1437 y. Gvineya, YAshil 
Burun orollarini kashf etdi. 1462 yil portugaliyaliklar S`erra Leonaga etib bordi. 
Afrikani Fil suyagi qirg`og`i, Qullar qirg`og`i, Oltin qirg`oq kabi nomlar ispanlar 
tomonidan berilgan. 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin