2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

Takrorlash uchun savollar 
1.
Falsafa faninig boshqa fanlar bilan qanday bog’liqlik tomoni bor? 
2.
Ilmlar o’rta asrlarda qanday tasniflangan? 
3.
Sharqda birinchi bo’lib ilmlar tasnifi masalasiga yondashgan va uni hal 
qilishga harakat qilgan olim kim? 
4.
Algebra fanining asoschisi kim? 
5.
Bag’dodda faoliyat yuritgan “Bayt ul-Hikma” Ma’mun akademiyasi 
haqida nimalarni bilasiz? 
6.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning aniq fanlarga qo’shgan ilmiy 
hissasi nimalardan iborat? 
 
7-MAVZU. Markaziy Osiyolik allomalarning bashariyat ilmiy 
taraqqiyotiga qo’shgan ulushi 
REJA 
1.Markaziy Osiyodan еtishib chiqqan Daholar. Fan tarixida “Daholik fеnomеni” 
Buyuk muqaddis allomalar.
2.Hadis ilmi rivojidagi oltin davr. Imom al-Buxoriy va uning “Al-Jomе' as-sahih”, 
“Al adab-al-mufrad” asarlari. Imom Buxoriy hadislari eng ishonchli manba. 3.Abu 
Iso Muhammad at-Tеrmiziy va uning “Al-Jomе'”, “Ash-Shamoil an-Nabaviya” kabi 
asarlari va 
ularning butun musulmon olamidagi ahamiyati.
4.Qaffol ash-Shoshiy buyuk musulmon qonunshunosi
 
 


40 
Tayanch tushunchalar: 
Renessans, IX-XII, XIV-XV asrlardagi, Muhammad 
Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 
Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, 
Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg'iloniy, “Hisob al-Jabr va al-Muqobala», 
«Hind hisobi haqida kitob», «al-Farg'oniy jadvallari», «Oyning Yer ostida va ustida 
bo'lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Alfraganus»
«Najot kitobi», «Tayr qissasi», «Salomon va ipsol», «Quroni Karim»
"Al-Jome' as-Sahix" , «Risola fi-l-xilof va-l-jadal».
 
Adabiyotlar ro’yxati: 
1.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin.-T.:O'zbekiston, 1994 y. 
2.Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat.-T.: O'zbekiston, 1994 y. 
3.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.-T.:Sharq, 1998 y. 
4.Bahodirov R. Abu Abdulloh al-Xorazmiy va ilmlar tasnifi tarixidan.-T.: 
O'zbekiston, 1995 y. 
5.Jalilov S. Imom al-Buxoriy haqida suhbatlar. Fan va turmush.-1998.-№5. 
6.Imom Ismoil al-Buxoriy. Hadislar.-T.: Sharq,1992 y. 
7.Irisov A. Hakim ibn Sino.-T.: 1990 y.
8.Ma'naviyat yulduzlari. Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, 
adiblar.-T.: 1999 y. 
9.Rustamov A. Mahmud Zamahshariy.-T.: Fan, 1979 y. 
10.Saitov YE., Saidov A. Ahmad al-Farg'oniy buyuk matematik. Fan va 
Turmush.-1998.-№5.
11.Sulaymonova F. Sharq va G'arb.-T.: 1997 y. 
12.Xayrullayev M. O'rta Osiyoda ilk uyg'onish davri madaniyati.-T.: Fan, 1994y. 
13.Qodirov A. O'rta Osiyoda medisinaning paydo bo'lishi.-Toshkent: 1990y. 
 
Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar 
sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan 
ulus-elatlar o'rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjihatlik vujudga 
keldiki, buning orqasida o'lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish 
jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik 
o'sdi, aholi farovonligi ko'tarila bordi.
Movarounnahr shaharlarining jug'rofiy nuqtai nazaridan Buyuk ipak yo'lining 
eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda ishlab chiqarilgan, 
yetishtirilgan har turli ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari, 
zargarlik, zeb-ziynat mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida o'lkaning 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti jiddiy yuksalishga yuz tutdi. Buyuk ipak yo'liga 
tutash aholi manzilgohlarida obod va ko'rkam shaharlar vujudga keldi. Jumladan, 
birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida 10 ga yaqin shaharlar mavjud bo'lsa, XI 
asr o'rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi.
Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari 
to'xtovsiz kengayib borgan, ko'plab irrigasiya inshootlari, sug'orish kanallari, suv 
ayirgichlar qurilishi natijasida dehqonchilik madaniyati ancha o'sadi. Somoniylar 
poytaxti Buxoroga har tomondan olimu-donishmandlar, sayyohu-tijoratchilar, 
me'moru-hunarmandlar oqib kela boshlagan.


41 
Somoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar sulolasiga mansub 
ma'rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy rag'bat berishlari 
orqasida ko'plab, iste'dod sohiblarining salohiyati, ijodi o'sib, yuksalib borgan. O'sha 
davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko'rsatgan 
kutubxonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo'lyozmalar to'planganki, 
bo`lardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo'lmoqdalar.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining 
ko'plab tarmoqlari va yo'nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, 
matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, biologiya, geodeziya, jug'rofiya, falsafa 
singari dunyoviy fanlarning ta'mal toshi shu davrda qo'yildi.
Olloh nazari tekkan muborak yurt zaminidan yetishib chiqqan Muhammad Muso 
al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr 
Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Mahmud az-
Zamahshariy, Burhoniddin Marg'iloniy kabi qomusiy bilim sohiblarining ilm-fanning 
turli-tuman sohalaridagi bebaho ilmiy va ma'naviy meroslari to'la ma'noda dunyoviy 
ahamiyatga molikdir.
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy 
(783-850) nomi fan tarixida alohida o'rin tutadi. Olim o'zining «Hisob al-Jabr va al-
Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», 
«Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning 
arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'lib, hozirgi paytda biz 
foydalanayotgan o'nlik hisoblash sistemasining Yevropada tarqalishiga sabab bo'ldi. 
Allomaning «al-Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. 
Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental 
ahamiyatga egaki, u arab tilida ko'plab georafik asarlarning yaratilishiga zamin 
yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan Xorazmiy 
yaratgan «Zij» Ovro'pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanish 
yo'llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi») 
asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo xalklarining VIII-IX asrlarga oid 
tarixini to'laqonli yoritishda muhim qo'llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy 
dunyosining yirik markazi Bag'doddagi Ma'mun akademiyasida ishlagan davrlari 
uning iste'dodining eng barq urgan payti bo'ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida 
ilm ahliga ibrat bo'ldi.
O'rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg'oniy (797-865) nomi 
alohida ko'zga tashlanib turadi. Olimning to'liq ismi Abo`l Abbos Ahmad ibn 
Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy bo'lib aslida Farg'onaning Quva shahrida tavallud 
topgan. Ilm yo'lida zahmat chekib ko'p yurtlarni kezgan. Umrining ko'p qismini 
xorijiy ellarda, xalifalik markazlari o'tkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati 
fan yo'liga bag'ishlangan. Ahmad al-Farg'oniy yetuk astronom, matematik va geograf 
olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko'plab fundamental asarlarning muallifi 
Bag'doddagi Baytul Hikma (akademiya) ning nomdor namoyondalaridan biridir.
U xalifalik poytaxti Bag'dodda yoki Suriya, Misrda bo'lmasin o'sha joydagi ilm 
ahli bilan bahamjihat bo'lib o'sha davr fanining turli yetilgan dolzarb muamolarini hal 
etishda faol ishtiroq etdi. Jumladan, uning Yer shari xaritasini tuzishdagi Suriya 
shimolida, Sinjor sahrosida yer meridiani bir darajasining uzunligini o'lchashdagi 
yohud Misrning qon tomiri-Nil daryosi suvi sathini o'lchashdagi ulkan xizmatlari 
benazirdir. Al-Farg'oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo'lgan «Astronomiya asoslari 


42 
haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «al-Farg'oniy jadvallari», «Oyning 
Yer ostida va ustida bo'lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Yetti iqlimni 
hisoblash haqida», «Al-Xorazmiy», «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash nomli 
kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. Al-
Farg'oniyning fandagi ulkan shuhrati, Sharqu G'arbda ham birdek ulug'lanib kelinadi. 
U g'arb olimlari orasida «Alfraganus» nomi bilan mashhur.
Mustaqil O'zbekiston zaminida bu alloma nomini e'zozlab, 1998 yilda bu zoti 
sharif tavalludining 1200 yilligini shodiyona sifatida nishonlaganimiz tarixiy 
haqiqatning tiklanganligi bo'ldi. «Ahmad al-Farg'oniy,-deb ta'kidlagandi I.A.Karimov 
alloma yubileyi tantanalarida so'zlagan nutqida,-kishilik tarixidagi ilk uyg'onish 
davrining eng zabardast va yorqin namoyondalaridan biri o'z zamonasi fundamental 
fani asoschilaridan edi. 
Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho'qqilariga ko'tarilishiga sababchi bo'ldi 
butun ma'rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo'lib xizmat qildi».
Jahon fani ravnaqiga benazir hissa qo'shgan uyg'onish fani davri daholari orasida 
buyuk yurtdoshimiz Abu Nasr Farobiy (873-950) siymosi yorug' yulduzdek fan 
osmonida charaqlab turadi. O'zining qomusiy bilimlari, ayniqsa, falsafa sohasidagi 
betimsol xizmatlari bilan «Muallim us-soniy» («Ikkinchi Muallim» Aristoteldan 
keyin), «Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir.
Ilmu urfonga oshuftalik, insoniyat baxtu saodati yo'liga o'zini baxshida etishlik 
Forobiy o'z tug'ilgan ona yurti-Farob (O'tror)ni o'smirlik chog'idanoq tark etib, o'sha 
davrning eng mashhur ilm maskanlari hisoblangan Eron va Arabiston shaharlariga 
borib bir umr ilm-fan bilan mashg'ul bo'lishga undaydi. U tabiiy va ijtimoiy fanlarga 
oid 160 dan ziyod asarlar yaratgan. O'rta asrlar davri sharoitida vatanimiz sharafini 
o'zining beqiyos dunyoviy asarlarida ulug'lagan, astronomiya, fizika, matematika, 
geologiya, geodeziya, geografiya, mineralogiya, tarix singari fanlar yo'nalishida 
mislsiz kashfiyotlar qilgan qomusiy bilim sohiblaridan yana biri Abu Rayxon 
Beruniy (973-1048)dir. Asli Xorazm yurtida bo'lgan allomaning butun hayoti 
to'laligicha ilm-fanga bag'ishlangan. Uning qalamiga mansub yuzlab noyob asarlar 
ichida bizning davrimizgacha saqlanib o'z bebaho ahamiyatini yo'qotmay, bugungi 
avlod kishilari uchun o'rganish manbai bo'lib, kelayotganlari ham talaygina. Bo`lar 
jumlasiga «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Xorazmning mashhur 
kishilari», 
«Hindiston», 
«Ma'sud 
qonuni», 
«Mineralogiya», 
«Saydona», 
«Astrologiyaga kirish», «Astronomiya kaliti», «Jonni davolovchi quyosh kitobi», 
«Foydali savollar va to'g'ri javoblar», «Ibn Sino bilan yozishmalar» singari tarixiy 
kitoblarni kiritish mumkin. Beruniy asarlari asrlardan buyon Sharqu G'arbda keng 
tarqalgan bo'lib ular yuksak qadr topgan. «Hindiston» asari to'g'risida so'z yuritgan 
olim V.R.Rozin «Sharq va G'arbning qadimgi va o'rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti 
orasida bunga teng keladigan asar yo'q» deb baho beradi. Beruniyning 
«Mineralogiya» asari ham o'z zamonasi uchun O'rta Osiyo Yaqin Sharq, hatto 
Yevropada ham mineralogiya sohasidagi tengi yo'q asar sifatida e'tirof topgan. 
Alloma merosi uning bugungi mustaqil yurtida minnatdor avlodlari nigohida, doimiy 
e'tiborida, e'zozidadir.
Abu Rayxon Beruniyning zamondoshi va safdoshi Abu Ali Ibn Sino (980-1037) 
ham o'z davrining yetuk allomasi fan fidoyisi sifatida mashhurdir. Buxoroi sharifning 
Afshona qishlog'ida tug'ilib voyaga yetgan ibn Sino 18 yoshlik chog'idanoq el orasida 
yetuk tabib, olim sifatida tan olingan, uning dovrug'i Somoniylar saroyida ham 


43 
ma'lum va mashhur bo'lgan. Taqdir hukmi uni qayerlarda yashashga umr guzaronlik 
qilishga maxkum etmasin, u dunyoviy ilmlarni o'rganishdan, ularni chuqur tadqiq 
etishdan charchamadi. Ibn Sino asarlari umumiy sonining 450 dan oshishi ham bunga 
guvohdir. Biroq bo`lardan 160 ga yaqini bizgacha yetib kelgan, xolos. Alloma nomini 
dunyoga tanitgan narsa, bu uning tibbiyot sohasidagi mislsiz kashfiyotidir. Ibn 
Sinoning arab tilida yaratgan 5 jildli «Tib qonunlari» asari tibbiyotga oid benazir 
dasturul amaldir. Besh mustaqil kitobdan iborat bu majmuani ko'zdan kechirar 
ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni 
davolash borasida maxoratiga, bilimdonligiga tan beramiz. Jumladan «Tip qonunlari» 
ning ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari bayon etilganligi buning 
ayni isbotidir.
Olimning tibbiyotga doir 22 jildan tashkil topgan «Kitob ush-shifo» («shfo 
kitobi») asari ham mavjud. Abu Ali Ibn Sino faoliyatining ko'p qirraligi yana 
shundaki u ilm fanning boshqa sohalarida ham barakali ijod qilgan. Uning 
"Donishnoma ", «Insof kitobi», «Najot kitobi», «Tayr qissasi», «Salomon va ipsol», 
«Xayy ibn yaqzon» kabi falsafiy asarlari, 10 jildli «Arab tili kitobi» buning yorqin 
ifodasidir.
Tarix ilmida benazir bo'lgan Muhammad Narshahiy (899-959) o'zining «Buxoro 
tarixi» («Tarixi Narshahiy») asari orqali o'z davrining katta, ko'lamli masalalarini 
o'rtaga ko'yib, ularni xaqqoniy tarzda yoritib berdi. Kitobda arablarning O'rta Osiyoni 
zabt etib kirib kelishi mashhur Muqanna qo'zg'oloni, shuningdek Somoniylar 
davridagi davlat boshqaruvi tizimi pul munosabatlari, soliq tizimi, Buxoroning 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ko'plab qiziqarli ma'lumotlar aks etgan. 
Buxoro vohasida sug'orish tarmoqlari to'g'risida, shaharsozlik, obodonchilik ishlari 
haqida noyob materiallar berilganligi «Buxoro tarixi»ning qimmatli manba 
ekanligidan dalolat beradi.
O'z zamonasi olimlari orasida peshqadam sanalgan tilshunoslik, qonunshunoslik, 
hadisshunoslik, mantiq kabi kabi sohalarda nodir asarlar yaratgan. Kaffol ash-
Shoshiy (903-976) ijodi ham ko'p qirralidir. Allomaning «Odob al-qozi» («Qozining 
fe'l-atvori»), «Odob al-bahs», («Bahs odobi»), «Xusni jadal», («Dialektika 
go'zalligi») kabi asarlari unga katta shuhrat keltirgan. U she'riyat sohasida ham o'z 
uslubi va yo'liga ega yetuk ijodkor bo'lgan.
Ko'hna Xorazm diyoridan chiqib, o'zining betakror ilmiy ijodiyoti bilan O'rta 
Osiyo Uyg'onish jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsata olgan nuqtadon olim Mahmud az-
Zamahshariy (1075-1144) nomi ham fan osmonidagi yorqin yulduzlardan biridir. 
Buyuk mutafakkir arab grammatikasi, lug'atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug'rofiya, 
tavsir, hadis va fiqh (qonunshunoslik)ka oid 50 dan ziyod noyob asarlar muallifidir. 
Uning «Al Mufassal», «Muqaddimat ul-adab», «Asos al-balog'a», («Notiqlik 
asoslari»), «Xutbalar va va'zlar bayonida oltin shodalar», «Ezguliklar bahori va 
yaxshilar bayoni», «Aruzda o'lchov (mezon)», «Nihoyasiga yetgan masalalar», 
«Nozik iboralar», «Qur'on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so'zlar ko'zlarini osish» 
kabi asarlari butun Sharq va Arab dunyosida e'tirof topgan.
Ismoil Jurjoniy, Mahmud Chag'miniy, Burxoniddin al-Marg'inoniy kabi 
allomalarimiz yaratgan ilmiy-ma'naviy meros ham vatanimiz shuhratini olamga 
taratdi.
Shunday qilib, O'rta Osiyo hududida yuz bergan uyg'onish davrida ko'plab 
favqulodda iste'dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon fanining turli 


44 
yo'nalishlarida betakror kashfiyotlar, chinakam mo'jizalar yaratdilar. Bu bilan ular 
Vatanimiz shonu-sharafini yuksaklarga ko'tardilar. Hamda kelgusi minnatdor 
avlodlar uchun bitmas tuganmas boy meros qoldirdilar. Shu boisdan ham ulug' 
ajdodlarimizning ruhi munavvar siymosi hamisha har birimizning jismu-jonimizda, 
mehrimizda namoyon bo'lib turadi.
IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksalib borishi bilan, shu bilan 
birga islomiy madaniyat va ma'naviyatining shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, bu 
sohada talay yetuk olimu ulomolarining yetishib chiqib, Vatanimiz nomi va sha'nini 
olam aro ulug'langanligi bilan ham tavsiflanadi.
Gap shundaki arablar istilosi va hukmronligi O'rta Osiyo xalklari uchun avvalda 
qanchalik haloqatli oqibatlar, mislsiz vayronagarchiliklar olib kelgan bo'lsa-da, biroq 
shu bilan birga bu yurtga islom dini ham kirib keldi. Yerli aholining asta-sekin islom 
diniga kirishi, odamzod ahli uchun yakka-yu yagona Ollohni tanishi, unga, uning 
rasuli (elchisi ) janobu Muhammad Alayxu Vassalomga e'tiqod bog'lashi, itoat etishi, 
muqaddas kitob-«Quroni Karim»ni qabo`l qilishi, uning ilohiy so'zlari, oyatlariga, 
tamoyillariga amal qilishi, bo`lar pirovardida islom madaniyatining diyorimizda 
shakllanishiga asos bo'ldi. O'sha davrda Yevroosiyo, Afrikaning katta hududlariga 
yoyilgan islom va uning ta'limoti tufayli O'rta Osiyo xalqlari o'zlarining tor, biqiq 
holatidan chiqib, keng musulmon dunyosi bilan tutashdilar. O'lka aholisi arab fani, 
madaniyati, ma'naviyati bilan yaqindan tanishish, ulardan bahramand bo'lish 
imkoniyatlariga ega bo'ldi. Bu hol, shubhasiz, o'lkaning jahonga yuz tutishiga 
imkoniyat yaratdi. Buning orqasida mahalliy xalq orasidan juda ko'p ilm-fanga 
ishtiyoqmand yoshlarning arab va ajam mamalakatlariga borib diniy va dunyoviy 
bilimlarni egallashi, zamonaning har tomonlama yetuk, bilimdon, ma'rifatli olimu-
ulamolari bo'lib yetishishlariga keng yo'llar ochildi. Xuddi mana shunday keng 
ufqlar, imkoniyatlar kashf etilgani bois ham ulug' ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, 
Ahmad Al Farg'oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy, Abu Abdulloh Muhammad 
ibn-Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Mahmud az-Zamahshariy singari 
allomalar jahon kezib, mashaqqatlar ila ilm o'rganganlar, yetuk komil insonlar bo'lib 
sharaf topganlar. 
Shu bilan birgalikda o'lkaga islomning kirib kelishi va u bilan bog'liq xolda 
yakka xudolik g'oyasining g'alaba qozonishi, yagona Olloh nomini e'tirof etilishi o'z 
navbatida mahalliy xalqlar, elatlar birligi, ahilligi va jipsligiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. 
Shuningdek yuksak insonparvarlik, do'stlik, birodarlik, o'zaro mehr oqibatlik, 
muruvvatlik, ma'naviy poklik, rostgo'ylik, bir-birini qo'llab-quvvatlash tuyg'ulari 
bilan sug'orilgan «Quroni Karim» oyatlari, g'oyalari ruhi yurt odamlarining ma'naviy 
kamolotiga katta ijobiy ta'sir o'tkazdi.
Yurtimizda islomiy madaniyatning qaror topib, ildiz otib borishi barobarida 
uning ulug'vor g'oyalari, asl maqsadlarini keng tashviq, targ'ib qilish, ayniqsa, hadis 
ilmini asosli tadqiq etish kuchayib bordiki, bu borda zamonamizdan chiqqan bir qator 
buyuk muhaddis olimlarning xizmati katta bo'ldi. Hazrati payg'ambarimiz 
Muhammad Alayxu Vassalom nomi va u zoti sharifning muborak so'zlari bilan 
bog'liq «Quroni Karim» oyatlari mazmuni moxiyatini teran tushinish va anglab 
yetishga muhim kalit bo'lib xizmat qiladigan hadisshunoslik ilmi IX-asrda jiddiy rivoj 
topdi. Bugun musulmon olamida eng ishonchli manbalar tan olingan 6 ta ishonchli 
hadislar to'plami (as-saxih as-sitta) xuddi shu davrda yaratildi. Ular orasida «Hadis 
ilmida amir al-mo'miniyn» degan sharafli nomga sazovor bo'lgan Imom Ismoil al-


45 
Buxoriy (810-870) nomi yorqin ko'zga tashlanib turadi. Yuksak aql zakovat sohibi Al 
Buxoriy Sharqning yirik ilmiy va ma'rifiy markazlaridan biri-Buxoroi sharifda 
tug'ilib juda erta yoshligidan diniy bilimlarni chuqur egallaydi. 16 yoshlik davridan 
boshlab u musulmon dunyosining ko'plab shaharlarini kezib, hadis ilmining siri 
asrorlarini bilish, ularni to'plash va tadqiq qilish uchun tinimsiz sa'y harakatlarda 
bo'ladi. Bu xaqda uning o'zi: «Misr, Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, 
Basriyaga to'rt marta borganman. Xijozda 6 yil yashaganman, Bag'dod va Kufa 
shaharlariga necha bor borganim hisobini bilmayman», degan ekan.
Imom Buxoriy o'z safarlari davomida turli shaharlardagi 90 yaqin ustozlardan 
ta'lim olgan. Ayni chog'da uning o'zi ham son-sanoqsiz shogirdlarga ustozlik qilgan. 
Imom Buxoriy shogirdlari orasida Isxoq ibn-Muhammad ar-Ramodiy, Muhammad 
al-Masnadiy, Xalaf ibn Qutayba, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-
Marg'oziy, Imom Ahmad ibn Xambal singari zukko olimlar nomi alohida ajralib 
turadi.
Imom Buxoriy go'zal insoniylik sifatlariga ega bo'lishi bilan birga uning Quvai 
hofizasi, xotirasi nihoyatda o'tkir bo'lgan. Manbalarda uning 600 mingga yaqin 
hadisni yod bilganligi qayd etilgan.
Al Buxoriy keyingi nasllar uchun o'zidan katta, boy ilmiy meros qoldirgan. 
Uning qalamiga mansub noyob asarlar ruyxati 20 dan oshadi. Bu asarlar orasida "Al-
Jome' as-Sahix" asari («Sahix Al Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi). O'zining 
mukammalligi, ahamiyatining benihoyaligi bilan ajralib turadi. Alloma ibn Salohning 
ta'kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni 
takrorlanadiganlari bilan birga 7275ta, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan 
iborat. Eng muhimi shundaki, bu sharafli ishni birinchi bo'lib al-Buxoriy boshlab 
bergan bo'lsa, keyinchalik boshqa olimlar unga ergashib, hadislar to'plamini 
yaratganlar.
Allomaning «Al-jome' as-sahih» asari asrlar davomida butun musulmon 
dunyosida yuksak qadrlanib, necha bor nashr etilib, yer yuzi musulmonlari uchun 
dasturilamal qo'llanma bo'lib kelmoqda. Uning 1325 yilda ko'chirilgan 8 jildddan 
iborat mukammal nusxasi hozirda Istanbo`l (Turkiya)da saqlanmoqda. Uning asarida 
ifodalangan mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq ko'ngillik, kattalarga hurmat, yetim 
yesirlarga muruvvat, beva-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, halollik, 
pokizalikka da'vat etuvchi yuksak insoniy fazilatlar, olijanob tuyg'ular, hamisha 
insonlarga ma'naviy kuch-qudrat bag'ishlab kelgan.
Mustaqillik yillarida ulug' bobomizning boy ilmiy merosi xalqimizga yangidan 
to'la nasb eta boshladi. Uning asarlari shu jumladan, «Al-jome' as sahih» asari (4 
jildda) ona tilimizda ilk bor nashr etildi. 1998 yil oktabrida esa alloma tavalludining 
1225 yilligi keng nishonlandi. Al-Buxoriy hoki-poyi dafn etilgan Samarqand 
yaqinidagi Hartang qishlog'ida esa unga bag'ishlab yodgorlik majmua barpo etildi. 
Imom Buxoriy yubileyi marosimidagi nutqida Prezidentimiz I.A.Karimov alloma 
siymosini ta'riflab shunday degandi: «Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz 
ma'naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji-eng ishonchli hadislar to'plami-
«Al-Jome' as-sahix» islom dinida Quroni Karimdan keyin e'zozlanadigan ikkinchi 
manbadir. Butun dunyo musulmonlarining e'tiqodiga ko'ra, u bashariyat tomonidan 
bitilgan kitoblarning eng ulug'idir.
Mana, o'n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan 
munavvar etib, xaq va ezgulik yo'liga chorlab kelmoqda». Imom al-Buxoriyning 


46 
zamondoshi va shogirdi, o'z davrining mashhur allomasi-Abu Iso Muhammad at-
Termiziy (824-892) ham hadisshunoslik ilmini yuksak bosqichga ko'targan yorqin 
siymolardandir. O'rta asrlar davrining yirik madaniy markazlaridan sanalgan Termiz 
shahri atrofida (Bug' qishlog'ida-Hozirgi Sherobod tumani) tavallud topgan bo'lg'usi 
alloma o'z ona yurtida daslabki ma'lumotni olganidan so'ng O'rta Osiyoning 
URGANCH, Buxoro, Samarqand kabi shaharlarida bilimini takomillashtiradi. 
Bundan ham yetarli qanoat hosil qilmagan, hamisha ilmga chanqoq at-Termiziy 
Sharq mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Shu tariqa, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, 
Xuroson, Makka, Madina singari shaharlarda yashab, ilm-fanning turli sohalaridan-
ilm al-Qiroat, ilm al-Bayon, Fikh, tarix va ayniqsa, hadis ilmidan o'sha zamonning 
yirik ustozi buzruklaridan ta'lim oladi. Ayni aytda at-Termiziyning o'zi ham yuzlab 
shogirdlarga mehribon ustoz bo'lib, ularning hadis ilmining bilimdonlari sifatida 
shuhrat topishlariga katta homiylik ko'rsatgan.
At-Termiziydan bizgacha katta ilmiy meros yetib kelgan. Uning asosiy asarlari 
sirasiga «Al-Jomi'» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-l-xadiys»(«Hadislardagi og'ishmalar»), 
«Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va baxslar haqida risola»), «At-
tarix» («Tarix») qabilarni nisbat berish mumkin. 
At-Termiziyning sara asarlaridan «Al-jami'» asari hadis ilmi bobida 6 ta 
ishonchli to'plamlardan biri sifatida nihoyatda noyob asar hisoblanadi. Uning yana bir 
mashhur asari «Ash-shamoil an-nabaviya» («Payg'ambarning alohida fazilatlari») 
bo'lib, bu asar payg'ambarimiz Muhammad Alayhu vassalomning shaxsiy hayotlari, u 
zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 ta hadisu sharifni o'z 
ichiga qamragan. Mazkur asar mustaqilligimiz sharofati bilan 1991 yilda «Shamoiliy 
Muhammadiyya» nomi bilan Toshkentda o'zbek tilida birinchi bor ko'p nusxada chop 
etildi. 
Shunday qilib, hur, ozod yurtimiz kishilari Abu Iso at-Termiziy singari buyuk 
o'tmishdoshlarimiz siymosini o'zlariga yangidan kashf qilib, ularning bebaho merosi 
duru-javohirlaridan tobora to'laroq bahramand bo'lib bormoqdalar.
Temuriylar ma'naviy madaniyati to'g'risida gap borganda dastavval ona yurtimiz 
Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog'lik 
ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu-urfoniga, taraqqiyotiga qo'shgan bebaho 
hissasi haqida har qancha g'ururlansak arziydi.
Ulug'bek o'z davrining taniqli tarixchisi va adibi Davlatshoh Samarqandiyning 
mana bu so'zlari ham xarakterlidir: «Olim, odil, g'olib va himmatli podshoh Ulug'bek 
Ko'ragon.. yulduzlar ilmida osmon qadar yuksalib bordi. Ma'oni ilmida qilni qirq 
yordi. Uning davrida olimu-fozillar martabasi nihoyat cho'qqisiga ko'tarildi..».
Ulug'bek ilmiy maktabining eng katta yutug'i avvalo, astronomiya va 
matematika sohasida yaratilgan muhim kashfiyotlardir. Masalan, Ulug'bek qalamiga 
mansub «Ziji jadidi-Ko'ragoniy» asari o'zining beqiyos to'g'ri ilmiy yechimlari, 
xulosalari bilan hozirga qadar ham olimlar e'tiborini qozonib kelmoqda. Asarda 1018 
yulduzning o'rni va holatini aniqlab bergan. Shuningdek, bu ilmiy maktab 
olimlarining 3 darajali algebrik tenglamalarini yechib, bir darajali yoyning sinusini 
aniqlash borasidagi tadqiqotlari ham matematik tafakkurning katta yutug'idir. 
Ulug'bek davrining fan peshvolaridan Qozizoda Rumiyning «Risola fil-hisob» 
(«Hisobga doir risola», «Sharhi mulaxxas», «Fil-xay'at» (Astronomiya asoslariga 
sharh) «Risolagul jayb» («Sinus haqida risola»); G'iyosiddin Jamshidning qomusiy 
mazmunga molik 5 kitobdan iborat yirik matematik asari-«Miftoxil hisob» («Hisob 


47 
ilmi kaliti»), Ali Qushchining «Risola dar ilmi hisob», «Risola darxandasi», «Risola 
dar falakiyot», «Risolai mantiq» singari asarlari o'z davri ilmiy tafakkurining bebaho 
yutug'i bo'lib qolmay ular ayni chog'da ilm fanning keyingi rivojiga ham samarali 
ta'sir ko'rsatdi. Bu davrning yana bir muhim bir yutug'i-bu ijtimoiy fanlar xususan 
tarixshunoslik sohasida ham katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishning 
kushoyish topishida ham Temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos 
bo'lgan. Jumladan Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus 
tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta'sir 
ko'rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma 
olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Hofizu 
Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa'dain va 
majma' ul bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqishi o'rni va ikki azim daryoning 
quyilishi joyi» ), Ibn Arabshohning «Amir Temurtarixi», Mirxondning yetti jildli 
«Ravzat ul-safo» («Poklik bog'i»), Xondamirning «Makorimur Axloq» («yaxshi 
fazilatlar»), «Habib us-siyar fi-axbor-afrod ul-bashar» («Harbarlar va bashariyat 
odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o'sha zamon tarixshunoslik ilmining 
yuksaklik darajasini o'zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu 
hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid 
ma'lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga tilga olinayotgan davrning barcha 
murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli 
tarzda yoritilganligiga amin bo'lamiz.
Temuriylar davrida hattotlik, tasviriy san'at va musiqa madaniyati rivoj topdi. Bu 
sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junayd Naqqosh, Temuriylar davri 
xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vaqillari Sulton Ali Mashhadiy, Abdu Jamil 
Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mir Ali Qil Qalam, Sulton Muhammad Nur va 
boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, Nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-
Kuttab «(Kotiblar peshvosi ) unvoni sohibi bo'lgan, Sulton Ali Mashhadiy, Alisher 
Navoiy va Xusayn Boyqaroning ko'plab bebaho qo'lyozmalarini kitob xoliga 
keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari, Nizomiy, Farididin, Attor, Xo'ja 
Xofuz, Sa'diy, Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz 
adabiyotimiz daholarning ko'plab asarlari ham uning betinim say'i harakatlari bilan 
ko'chirilib, avlodlarga armug'on etilgan.
Musavvirlik san'atining tengi yo'q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-1537) 
ijodi ham Temuriylar san'atining yuqori cho'qqisi hisoblanadi. Uning mo'yqalamiga 
oid hadsiz, hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning 
«Salomon va ipsol», Sa'diyning «Bo'ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» 
asarlariga ishlangan miniatyura namunalari yohud Hirotdagi «Bog'i Behisht», «Ov 
qilayotgan Bahrom Go'r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o'xshash rassomlik 
asarlari bu tug'ma ijodkor iste'dodining yuksak mahoratidan shahodat beradi. 
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa sanati ham shabhasiz, alohida o'rin 
tutgan. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo'shiqchiligining sakkiz turi 
rivojlanganligini 
qayd 
etadi. 
Bo`lar-tuyuq, 
changchi, 
turkiy, 
orzuvoriy 
muhabbatnoma, mustahzod va shu qabilar. Amir Temurdavrida san'at va musiqa 
olamida mashhur bo'lgan siymolardan biri Abduqodir Go'yanda (1334-1435) bo'lib, 
uning hayotining ko'p qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa 
san'atida Hirot ijodiy muhitining o'rni kattta bo'lgan. Hirot musiqashunoslari o'z 
ijodlarida Navoiyning she'r va g'azallaridan keng foydalanganlar. 


48 
Shunday qilib Amir Temurva Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy 
taqdirida, ularning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishlari 
davomida o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu 
davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardiki, bu zoti sharif va 
uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyatlari tufayli 
Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. Mug'ullarning bir 
yarim asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli 
salatanatga aylanibgina qolmay, ayni chog'da ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ma'naviy 
jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan 
moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, duru-javohirlari mana necha 
asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib. minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib 
kelmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin