2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya


YOqub ibn Ishoh al-Umidiydir (801-866)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

YOqub ibn Ishoh al-Umidiydir (801-866).
Bir vaqtning o'zida 
ilmlarning falsafa, tibb, riyoziyot, ilmu-n-nujum, musiqa kabi ko'pgina jabhalarda 
katta muvaffaqiyatlarga erishgan al-Kindiy o'zidan keyingi mutafakkirlarga 
foydalangan arab tilidagi falsafa atamalarni to'zishga va ilmiy tasnifni kiritishga asos 
soldi. Al-Kindiy ilmlar tasnifi sohasiga oid “Insonning ilmlar tasnifi”, “Arastu 
kitoblarining soni va falsafani o'zlashtirish uchun nima lozim?” kabi bir necha 
asarlarni yozdi. Ammo, taassufki oxirgi qayd qilingan asaridan boshqalari bizgacha 
yetib qelmagan. O'zining tasnifida 
al-Kindiy
falsafaga katta ahamiyat beradi va uni 
“Hamma narsa haqidagi bilim” deb ataydi. U falsafani bilim va faoliyat, nazariy va 
amaliy donishmandlikka ajratadi. Al-Kindiy fikricha, nazariy bilim (yoki 
donishmandlik), riyoziyot, tabiyot va ilohiyotni, amaliy bilim esa ahloq, uy ishlari va 


30 
fuqarolik siyosatini o'zida mujassamlashtiradi. U ilmiy bilim haqida ta'limotni uch 
pog'ona: mantiq va riyoziyotdan, ikkinchi pog'ona tabiatdan, uchinchi pog'ona esa 
metafizikadan iborat. Falsafa vazifalarini aniqlashda al-Kindiyning tutgan o'rni 
Arastu tutgan o'ringa juda yaqin va o'xshashdir. Al-Kindiy fikricha, moddiy olam 
predmetlari, ya'ni “birinchi substansiyalar”ni ularning asosiy xususiyatlari miqdori va 
sifatini o'rganish asosidagina bilish mumkin. Demak, har bir ilm asosini riyoziyot 
tashkil etadi.. Handasa va ilmu-n-nujum sifatga taalluqlidir. Riyoziyotdan so'ng 
mantiq, tibbiyot, psixologiya, metafizika, ahloq, siyosat keladi. 
Shunday qilib, al-Kindiy falsafiy fanlarni o'rganishda riyoziyotga alohida 
ahamiyat beradi. Uning fikricha, falsafa ilm sifatida riyoziyotga asoslangandir. 
Al-Kindiyning fan oldidagi eng muhim xizmati shundaki, u yunon, fors va hind 
olimlari yaratgan boy g'oyaviy meroslarni o'rganib, ularning ilg'or an'anlarini 
rivojlantirish orqali yaqin va O'rta Sharqda ilg'or, tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlarni 
rivojlantirishga asos soldi. Amalda u o'rta asrlar Sharqdagi ilmlar tasnifining ilg'or 
ta'limoti asoschisidir. Ob'yektiv narsalarning xususiyati, tashqi olam predmetlari va 
ularning xususiyatlarini ajratishga asoslangan al-Kindiy tasnifi keyinchalik o'rganish 
va aniqlashda katta rol o'ynadi. 
Al-Kindiyning fikrlari arab tilida ijod qilgan ar-Roziy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-
Beruniy kabi ilm namoyondalari tomonidan rivojlantirildi. 
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy 783 yili 
Xorazmda tug'ilgan. U dunyo faniga katta hissa qo'shgan qomusiy olimlardan biridir.
Xorazmiy “Algebra” fanining asoschisidir. “Algebra” so'zining o'zi esa uning 
“Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l-muqobala” nomli risolasidan olingan. 
Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'lib, hozirgi kunda biz 
foydalanadigan o'nlik pozision hisoblash tizimi va undagi amallarning Ovro'pada 
tarqalishiga sabab bo'ldi. Uning geografiyaga doir asari esa arab tilida o'nlab 
geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Xorazmiyning “Zij”i Sharq va 
G'arb mamlakatlarida ham astronomiyaning rivojlanish yo'lini ko'rsatib berdi.
Xalifalikdagi ilk ilmiy izlanishlar Damashqda boshlanadi. 762 yili xalifalikning 
poytaxti Bag'dodga ko'chiriladi va Bag'dod tezda xalifalikning eng birinchi yirik 
ilmiy markaziga aylanadi. Xalifalardan al-Mansur (754-775) va Horun ar-Rashid 
(786-809) tabiiy fanlar va matematikaning rivojlanishiga xayrihohlik bildiradi. Al-
Mansur o'zi bilan Damashqdagi olimlarni Bag'dodga olib keladi. Horun ar-Rashid 
davrida esa yirik kutubxona ochilib, unga hatto Vizantiyadan ham kitoblar olib 
kelinadi. Bag'dodda o'nlab boshqa kutubxonalar ham ochiladi, ko'plab olimlar va 
xattotlar ilmiy asarlarni yunon va suryon tilidan arab tiliga tarjima qilish hamda 
nusxa ko'chirish bilan band edilar. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Bag'dodda astronomiya bilan shug'ullanishga 
turtki bo'lgan sabablardan biri bag'dodliklar hindlarning bilimidan xabardor 
bo'lganliklaridir.
Ma'lumki, Ma'mun 809 yildan Marvda dastlab xalifa Xorun ar-Rashidning noibi, 
so'ng 813 yildan boshlab xalifa bo'ladi va 819 yili Bag'dodga ko'chadi. Ma'mun 
Marvda bo'lganida Xorazmiyni o'z saroyiga chaqirtiradi. U 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin