2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

“Bayt al-Hikma”
ga 
mudirlik qiladi. 
Xalifa Ma'mun davrida Bag'dodda Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan bir 
guruh yirik olimlar ijod etgan. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Marvdan 
Yahyo ibn Abu Mansur, Ahmad al-Farg'oniy, Habash al-Marvaziy, Xolid ibn 


31 
Abdumalik al-Marvarrudiy, Forobdan Abo`l Abbos al-Javhariy va boshqa olimlar 
ishlagan. 
Bag'dodda Ma'mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz – “Bayt al-
hikma” faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi 
tusini berib, avvaliga tarjimonlik faoliyatini keng ko'lamda rivojlantirdi. Vizantiya, 
Hindistondan ko'plab kitoblar keltirilib, “Bayt al-hikma”ning faoliyati kengaytiriladi, 
uning qoshida ikkita rasadxona: birinchisi 828 yilda Bag'dodning ash-Shammosiya 
mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog'ida 831 yilda barpo etiladi. 
Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar 
boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini ko'zatib 
turadi. 
Xorazmiy davrida bu akademiyada ishlagan yirik tarjimonlar orasida Hajjoj ibn 
Yusuf ibn Matar, Abu Zakariyo Yuhanno ibn al-Bitriq, Hunayn ibn Is`hoq va Kusto 
ibn Luqo al-Ba'albakkiylar bor edi. Bag'dodga kelgan Markaziy osiyolik olimlar 
orasida mashhur astronom 
Ahmad ibn Kasir al-Farg'oniy
ning nomini eslatish 
lozim. Marvlik Yahyo ibn Abu Mansur Bag'dodning ash-Shammosiya mahallasidagi 
rasadxonasining asoschisi va rahbari bo'ldi. Rasadxonadagi ishlar haqida u “Bayt al-
hikma”ning mudiri Xorazmiyga hisobot berib turdi.
Xorazmiy
qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib 
kelgan. Bo`lar “Aljabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” – algebraik asar. 
“Hind hisobi haqida kitob” yoki “Qo'shish va ayirish haqida kitob” – arifmetik asar, 
“Kitob surat-ul-arz” – geografiyaga oid asar. “Zij”, “Asturlob bilan ishlash haqida 
kitob”, “Asturlob yasash haqida kitob”, “Asturlob yordamida azimutni aniqlash 
haqida”, “Kitob ar-ruhoma”, “Kitob at-ta'rix”, “Yahudiylarning taqvimi va 
bayramlarini aniqlash haqida risola”. Bu asarlarning to'rttasi arab tilida, bittasi 
Farg'oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotin tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali 
topilgan emas. 
Muhammad Xorazmiy xalifa Ma'munning topshirig'i bilan (830 yillarga yaqin) 
o'zining 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin